Opratsion tizimlari
40
bo‘lgan buyruq bajariladi. Bu buyruq xuddi DOS taklifiga javoban kiritilgandek bajariladi.
Agarda buyruq qatori hech qanday simvollarga ega bo‘lmasa, unda Norton Commanderning
harakatlari panelida faylning yoki katalog nomining qaysi biri alohida ajratib ko‘rsatilganiga
bog‘liq bo‘ladi:
• agar katalogning nomi ajratib ko‘rsatilgan bo‘lsa, unda Enter tugmachasi bosilganida
Norton Commander bu katalogga kiradi va uning mundarijasiga chiqaradi;
• agar arxiv faylining (ZIP, ARJ, ARC, LZH, PAK va ZOO kengaytmali faylning) nomi
ajratib ko‘rsatilgan bo‘lsa va ikkala panelda diskdagi katalog boblarining nomlari tasvirlangan
bo‘lsa, unda Norton Commander panelga ajratilgan arxiv fayl boblarining nomlarini chiqaradi;
• boshqa hollarda Norton Commanderning Enter tugmachasi bosilgandagi harakatlari ajratib
ko‘rsatilgan faylning kengaytmasiga bog‘liq. Masalan:
COM, EXE, BAT - bu faylning bajarilishini bildiradi;
DOC - bu faylni tahrir qilish uchun Microsoft Wordga kiriladi;
PAS - Turbo-Poskal chaqiriladi;
C - Turbo - C chaqiriladi;
ZIP - arxivning boblarining nomlari chiqariladi.
"Enter" tugmachasini bosganda shu kengaytmali fayl uchun bajariladigan harakatlar NC.EXT
fayli bilan beriladi. Bu fayl Norton Commander yoki istalgan boshqa matn muharriri tomonidan tah-
rir qilinishi mumkin. NC.EXT fayli yo‘q bo‘lganida va NC.EXT faylida eslab o‘tilmagan ken-
gaytmali fayllar bo‘lmagan hollarda hech qanday harakat bajarilmaydi.
Axborot paneli
Norton Commander paneliga boshqa paneldagi disk va katalog haqidagi yig‘ma axborotni
chiqarish mumkin. Axborot panelini ekranga chiqarish Ctrl+L tugmachasini bosish bilan amalga
oshiriladi. Bunda joriy bo‘lmagan panel axborot paneliga aylanadi. Bu panelda yana katalogning
mundarijasi tasvirlanishi uchun yana Ctrl+L tugmachasini bosish kerak.
Dostları ilə paylaş: