Opratsion tizimlari
43
o‘tkazish, chiqarib tashlash va hokazolarni bajarish mumkin bo‘lgan
fayllar yoki kataloglar
guruhini tanlashga imkon beradi.
Tanlab olingan fayllar va kataloglar rangli displeyda sariq rangda,
monoxromda esa
oshirilgan yoruqlik bilan tasvirlanadi. Panelning pastida ajratilgan fayllarning umumiy soni va
hajmi haqidagi ma’lumotlar paydo bo‘ladi.
Faylni tanlash. Alohida faylni yoki katalogni tanlash (ya’ni uni guruhga joylashtirish)
"Insert" tugmachasini bosish bilan amalga oshiriladi. "Esc" tugmachasini bosish faylni yoki kat-
alogni tanlashni bekor qiladi.
Fayllar guruhini niqobga qarab tanlash. Fayllar guruhini
niqobga qarab tanlash uchun
"+" tugmachasini (plyus klaviaturaning o‘ng qismida) bosing va tanlash uchun niqob bering.
Niqobda * va ? simvollaridan foydalanish mumkin, ularning ma'nosi bu yerda ham xuddi DOS
buyruqlaridagidek bo‘ladi.
Fayllar guruhini niqobga qarab tanlashni bekor qilish uchun "-" tugmachasini (minus
klaviaturaning o‘ng qismida joylashgan) bosing va tanlashni bekor qilmoqchi bo‘layotgan
fayllarning niqobini bering.
Dostları ilə paylaş: