Ajratishni invertlash (o‘rin almashtirish). Joriy panelda o‘rin almashtirish uchun
(ajratilmagan fayllarni ajratgan, ajratib ko‘rsatilganlarini ajratilmagan qilish uchun) "*"
tugmachasini bosing (yulduzcha klaviaturaning o‘ng qismida). Ostki kataloglar "*" tugmachasi
bosilganidan so‘ng ajratilmagan bo‘lib qoladilar.
Tanlangan fayllar bilan harakatlar. Funksional tugmachalar yordamida fayllarning yoki
kataloglarning tanlangan guruhi bilan quyidagi harakatlarni bajarish mumkin:
Fayllarni ko‘rib chiqish. "F3" tugmachasi bosilganida Norton Commander kursor ajratgan faylni ko‘rib chiqish im-
konini beradi. Matn fayllarini, turli xildagi matn muharrirlari yordamida tayyorlangan hujjatlarni,
arxiv fayllarni, ma’lumotlar bazasini va jadvallar protsessorlarining, masalan, Microsoft Word,
Dbase va Lotus 1-2-3 fayllarini ko‘rib chiqish mumkin.
Ko‘rib chiqilayotgan fayl bo‘yicha harakatlanish uchun "
", "
", "PgUp", "PgDn", "→",
"
") tugmachalaridan foydalanish mumkin. "Home" va "End" tugmachalari faylning
boshlanishi va oxiriga harakatlanishiga yordam beradi. Hujjatlar ma’lumotlar bazasi va jadval
protsessorlarini ko‘rib chiqishda, siz shuningdek, "F7" tugmachasini simvollar qatorini (faylning
joriy joydan faylning oxirigacha) izlash uchun va "Shift"+"F7" tugmachalarini xuddi shu
simvollar satri (qatori)ni izlashni takrorlash uchun ishlatishingiz mumkin.
Matn fayllari va hujjatlarni ko‘rib chiqish. Bu fayllarni ko‘rib chiqishda, quyidagi
qo‘shimcha imkoniyatlar bor:
Opratsion tizimlari
44
"F2" - hujjatlarni uzun qatorlarini keyingi qatorga o‘tkazish kerak yoki yo‘qligini hal qilish;
"F4" - faylni o‘n oltilangan shaklda chiqarish;
"F8" - hujjatni ko‘rib chiqish rejimini tanlash.