Mavzu: Fe’l haqidagi bilimlarni mustahkamlash
Maqsad: Kompetensiyalarning shakllanganligini aniqlash.
Nazorat shakli:Diktant
Quyosh sevgan yurt Quyosh moviy tog‘lar ortidan bosh ko‘taribdi. Bog‘dagi rangorang gullar unga salom berishibdi. Daraxtlar shoxida qushlar chuldirab sayrabdi. Yaproqlar quyoshni olqishlabdi. Butun olam uning saxiy nuridan bahramand bo‘libdi.
Ko‘hna Turonzaminda insonlar qalbini yorituvchi quyoshlari bor. Bular Amir Temur, Ibn Sino, Imom al-Buhoriy, Ahmad Yassaviy, Ulug‘bek, Navoiylar!
Bu yurt mustaqil yurt! O‘ziga xon, o‘ziga bek yurt! Bu yurtning odamlari juda mehnatkash! Ular har yili umid bilan nihol ekishadi. Men ularni parvarishlayman. Qizil olmalarda o‘z aksimni ko‘rganday bo‘laman. (80 so‘z)
16-NI Mavzu:Mustahkamlash
Maqsad: Kompetensiyalarning shakllanganligini aniqlash
Nazorat shakli:Test-sinovi
Alifboning 24-tartibidagi harfni toping
J:_________________________________________________
Alifboning y, o, u harflarning tartibini ko‘rsating
J:__________________________________________________
Men kitobni o‘qiyman. Qaysi kelishikda qo`llanilganligini yozing.
J:__________________________________________________
5.Kelishik qo`shimchalarini yozing.
J:__________________________________________________
6.Qaysi kelishikda qo`shimcha yo`q?
J:__________________________________________________
7.Harakatning bajarilganini bildirgan fe’lni toping.
Kelmadi B) aytmadi C) bordi D) olmadi
8.Hozirgi zamon fe’lini aniqlang.
Yozganman B) boryapman C) bormoqchi D) keldi
9.Ikki yoki undan ortiq fe’l qanday fe’l deyiladi.
A) fe’l B) sodda fe’l C) qo‘shma fe’l D) to`g`ri javob yo`q
10 Fe’l zamonlari nechta?
A) 3 ta B) 4 ta C) 6 ta D) 2 ta
11. “O‘qiyapsan” fe’li qaysi zamonda?
A) o‘tgan zamon B) kelasi zamon C) xozirgi zamon D) to`g`ri javob yo`q
12. Undalma nima?
A)gapning uyushiq bo‘lagi B) so‘zlovchi nutqi qaratilgan shaxsni bildirgan so‘z
C) predmetning harakatini bildirgan so‘z D) to`g`ri javob yo`q
13.Undalma qaysi so‘z turkimi bilan ifodalanishini topishing.
A)ot so‘z turkumi bilan B) fe’l so‘z turkumi bilan C) son so‘z turkumi bilan
14.Qaysi so‘zlar bog‘lovchilarga kiradi?
A)men, sen, u B) va, lekin, ammo, biroq C) qizil, sariq, oq D) to`g`ri javob yo`q
15.Nuqtalar o‘rniga bog‘lovchining mosini qo‘ying. Qor yog’di … charaqlab chiqqan quyosh muzlarni eritdi.
A)va B) ammo C) bilan D) to`g`ri javob yo`q