Ona plata (inglizcha: motherboard, MB, yoki mainboard — ona plata,
MB, asosiy plata) — shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalari — tezkor xotira,
qattiq disk va boshqa qurilmalar oʻrnatiladigan plata.
Aynan ona plata bir-
biridan farq qiluvchi qurilmalarni birlashtiradi va boshqaradi. Tizimli plata ona
plata yoki asosiy plata deb ham ataladi. Lekin ko‘p manbalarda ona plata
deyilgan. Mobil kompyuterlarning ona platasi
stol kompyuterlarining ona
platasidan ancha farq qiladi va ularda koʻproq qurilmalar oʻrnatilgan boʻladi.
Bu, oʻz navbatida, noutbuklarning oz quvvat ishlatishga va xajmini kichikligini
taʼminlaydi.
Tizimli plata nimalardan tashkil topgan?
1. Bir yoki bir nechta mikroprotsessor o'rnatilishi mumkin bo'lgan protsessor
soketlari (yoki protsessor slotlari). Soket so‘zi ba‘zi
manbalarda razyom deb
ham keltirilgan.
2. Tizimning asosiy xotirasi o'rnatilishi kerak bo'lgan xotira slotlari,
odatda
DRAM ( Dynamic Random Access Memory — Dinamik operativ xotira )
chiplarini o'z ichiga olgan DIMM (Dual In-line Memory Module — Ikki qatorli
xotira moduli ) modullari ko'rinishida DDR3, DDR4 yoki DDR5 bo'lishi
mumkin.
3. Markaziy protsessor, asosiy xotira va periferik shinalar o'rtasidagi interfeysni
tashkil etuvchi chipset.
Chipset — protsessor, xotira va tashqi qurilmalar o'rtasidagi ma'lumotlar
oqimini boshqaradigan "Ma'lumotlar oqimini boshqarish tizimi" deb
nomlanuvchi integral mikrosxemadagi elektron komponentlar to'plamidir.
4. Tizimning dasturiy ta'minoti yoki BIOS-ni o'z ichiga olgan xotira chiplari.
Ko‘pincha SATA turidagi HDD, SDD va OPTIK DISKLAR uchun ulagichlar.
5. Turli komponentlarni sinxronlashtirish uchun tizim
soati signalini ishlab
chiqaradigan soat generatori.
6. Turli komponentlarni sinxronlashtirish uchun tizim soati signalini ishlab
chiqaradigan soat generatori.
7. Kengaytirish kartalari uchun slotlar (chipset tomonidan qo'llab-
quvvatlanadigan shinalar orqali tizimga interfeys).
8. Kompyuter quvvat manbaidan elektr quvvatini oladigan
va uni protsessor,
chipset, asosiy xotira va kengaytirish kartalariga tarqatuvchi quvvat ulagichlari.
2007 yildan boshlab, ba'zi grafik kartalar (masalan, GeForce 8 va Radeon R600)
ona plata ta'minlay oladigan quvvatdan ko'proq quvvat talab qiladi va shuning
uchun ularni to'g'ridan-to'g'ri quvvat manbaiga ulash
uchun maxsus ulagichlar
joriy etilgan.
Dostları ilə paylaş: