Pedagogik nizolar, ziddiyatlarni, to‘qnashuv, qarama-qarshilik mojorolarni pedagoglar va o‘quvchilar o‘rtasida yuzaga kelmasligi uchun o‘qituvchi ziddiyatlarini oldini ola bilishi lozimdir. Zamonaviy tarzda biz nizolarni boshqarishimiz ziddiyatlarni munosabatlarini to‘g‘ri echimini topishimiz kerak. Birinchi prezidentimiz Islom Karimov aytganidek: “Ilm” ma’rifat biz uchun bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q, yo‘qolmaydi ham. Aql zakovatli yuksak ma’naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo‘ygan maqsadlarimizga erisha olamiz. Mustaqil O‘zbekistonning kelajagi bo‘lgan sog‘lom avlodni tarbiyalash nozik, nihoyatda katta diqqat e’tiborni talab qiladigan, ichki ziddiyatli jarayondir. SHunday ekan o‘qituvchi, o‘quvchi va talabaning shakllanish jarayonini zo‘r havas va sinchkovlik bilan kuzatish lozim. U pedagogik jarayonni barqaror ekan, pedagogik bilim va mahorat egasi bo‘lishi kerak.
Pedagogik nizolarni hal etishda bir qator yo‘l tutiladi. Ular orasida eng samarali yo‘llar quyidagilar sanaladi:
Qulay echimlarni taklif qilish.
Man etilgan usullarni qo‘llamaslik, shakllardan foydalanmaslik
SHikoyatlar sonini qisqartirish
Ikkinchi darajali masalalarni ham uzviy ravishda hal qilib borish
Nizoning ta’sir doirasini kengaytirmaslik
Pedagogik jarayondagi muhim hodisalardan biri nizo bo‘lib, ular yuzaga kelgan vaziyatlarda ijtimoiy munosabatlardagi yakkahokimlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Odatda pedagogik nizolar ikki usul: 1) pedagogik usul; 2) ma’muriy usul bilan hal qilinadi. O‘qituvchining imidji atrofdagilarga uning shaxsi to‘g‘risida “ma’lumot” berish bilan birga talabalarga samarali ta’sir ko‘rsatadi. SHu sababli pedagogning imidjida soddalik, tartiblilik, bejirimlik aks etishi kerak.