O’qituvchi: Mardonov R. Reja: Kirish



Yüklə 474,36 Kb.
səhifə1/3
tarix15.10.2023
ölçüsü474,36 Kb.
#155970
  1   2   3
biokimyo alkogoldegidrogenaza

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Biologiya fakulteti Biologiya yo’nalishi 20-01-guruh talabasi Rametjanova Shaxnozaning Biokimyo va molekulyar biologiya fanidan Mustaqil ishi. Mavzu: Alkogoldegidrogenaza

O’qituvchi: Mardonov R.

Reja:

Kirish

Fermentlar va ularning inson hayotidagi ahamiyat

Asosiy qism 1. Fermentning funksiyasi 2. Organizmda tarqalishi 3. Keltirib chiqaradigan kasalliklari 4. Organizmga zarari

Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar


Mavzu: Alkogoldegidrogenaza

Fermentlar inson hayotida ahamiyati

Fermentlarning inson hayotidagi ahamiyati

  • Fermentlar (lot. fermentum — achitqi), enzimlar — hayvon, oʻsimlik va bakteriyalarning tirik hujayralaridagi oqsilli katalizatorlar. F. maxsus xususiyatlari va kimyoviy reaksiyalarni tezlashtirishi bilan odatdagi katalizatorlardan farqlanadi. Ular katalizatorlar kabi kimyoviy reaksiyalarning faollanish energiyasini pasaytiradi
  • Har qanday organizmning hayoti undagi kechayotgan modda almashininish jarayonlarining natijasidir.Bu ta'sirlanishlarni tabiiy katalizator,yoki fermentlar boshqaradi. Bu moddalarning boshqa nomi-enzimlar. «Ferment» atamasi lotincha fermentum,ya'ni «achitqi» degan ma'noni bildiradi.Tushuncha tarixiy tarzda,achish jarayonlarini o'rganilganda paydo bo'lgan. Insoniyat bu fermentlarning foydali xususiyatlaridan ancha vaqtdan beri foydalanib kelmoqda.Masalan,asrlar davomida shirdon fermenti yordamida sutdan pishloq ishlab chiqariladi.
  • Fermentlarning katalizatorlardan farqi shundaki, ular tirik organizmda tа'sir qiladi,katalizatorlar esa-jonsiz tabiatda.Biokimyoning,hayot uchun o'ta muhim bo'lgan bu moddalarni o'rganuvchi yo'nalishi, enzimologiya deb ataladi.

Fermentlarning umumiy xususiyatlari
Fermentlar,turli xil moddalar bilan o'zaro ta'sirlashib,ularning ma'lum yo'l bo'yicha kimyoviy o'zgarishini tezlashtiruvchi,oqsil tabiatli molekulalardir.Bu holda ular sarflanmaydi.Har bir fermentda,oziqlantiruvchi muhitga qo'shiluvchi,faol markaz va bu yoki boshqa kimyoviy ta'sirlanishni ishga tushiruvchi katalitik qismi bor.Bu moddalar organizmda kechadigan biokimyoviy ta'sirlanishlarni haroratni ko'tarmagan tarzda tezlashtiradi.
Fermentlarning asosiy xususiyatlari:
  • o'ziga xosligi: fermentning faqat o'ziga xos ozuqa muhitiga ta'sir qilish qobiliyati, masalan, lipazalar-yog'larga;
  • katalitik samaradorligi: fermentativ oqsillarning biologik ta'sirlanishlarni yuz va ming baravar tezlashtirish qobiliyati;
  • tartibga solish qobiliyati: har bir hujayradagi fermentlarning ishlab chiqarilishi va faolligi,bu oqsillarning qayta sintezlanish qobiliyatiga ta'sir qiluvchi, o'ziga xos o'zgarishlar zanjiri bilan aniqlanadi.

  • Fermentlarning inson organizmidagi o'rnini ortiqcha baholab yuborishning iloji yo'q. DNKning tuzilishi endi aniqlangan paytda,bir gen,qandaydir aniq bir alomatni aniqlashtiruvchi,bitta oqsilning sintezi uchun javob beradi,deb aytishardi.Hozirgi kunda bu so'zlar bunday tarzda aytiladi: «Bir gen – Bir ferment – bir alomat».Ya'ni hujayradagi fermentlarning faolligisiz,hayot mavjud bo'la olmaydi.

Tirik organizmdagi barcha fermentlar ichki- va tashqihujayralilarga bo'linadi. Ichkihujayralilarga,misol uchun,qon bilan kelib tushadigan,turli xil moddalarni zararsizlantirishda ishtirok etadigan,jigar fermentlari kiradi.Ular organga shikast yetganda qon tarkibida aniqlanadi,va bu o'z o'rnida uning kasalliklarini aniqlashda yordam beradi.
Ichki organlarning shikastlanganligini belgilab beruvchi,ichkihujayrali fermentlar:
  • jigar-alaninaminotransefraza, aspartataminotransferaza, gamma-glyutamiltranspeptidaza, sorbitdegidrogenaza;
  • buyrak - ishqorli fosfataza;
  • prostata bezi - nordon fosfataza
  • yurak mushagi - laktatdegidrogenaza

  • Tashqihujayrali fermentlar bezlar tomonidan tashqi muhitga ajralib chiqadi.Ularning asosiylari so'lak bezlari,oshqozon devorlari, oshqozonosti bezi,ichak hujayralaridan ajraladi va hazm qilishda faol ishtirok etadi

Hazm qilish fermentlari
Hazm qilish fermentlari- bu ovqat tarkibiga kiruvchi yirik molekulalarning parchalanishini tezlashtiruvchi,oqsillardir.Ular bu molekulalarni o'zlashtirilishi yaxshi bo'lishi uchun, kichikroq bo'laklarga bo'ladi.Hazm qilish fermentlarining asosiy turlari- proteazalar,lipazalar,amilazalar.
Asosiy hazm qiluvchi bez-oshqozonosti bezidir. U DNK va RNK ni parchalaydigan,ko'pgina fermentlar, hamda nukleazalarni va erkin aminokislotalarni hosil qilishda ishtirok etadigan,peptidazlarni ajratib chiqaradi.Hosil bo'ladigan fermentlarning oz miqdori ham,katta oziq hajmiga «ishlov» bera oladi.
Ozuqaviy moddalarning fermentativ parchalanishi natijasida,hayot faoliyati va moddalar almashinuvi jarayonlariga sarflanadigan quvvat ajralib chiqadi. Fermentlarning ishtirokisiz,bu jarayonlar juda sekin o'tardi va organizmni yetarli quvvat bilan ta'minlay olmasdi.
Bundan tashqari,fermentlarning hazm qilish jarayonidagi ishtiroki,molekulalarni ichak devorlarining hujayralaridan o'tib,qonga singib ketishiga imkon beruvchi darajagacha parchalanishini ta'minlaydi.


Yüklə 474,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin