O‘qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etish va pedagogik mahorat


Faoliyatni tashkil etish prinsipi



Yüklə 57,5 Kb.
səhifə2/4
tarix20.10.2023
ölçüsü57,5 Kb.
#158260
1   2   3   4
Yosh òqituvchilar mehnatini ilmiy asosda tashkil etishning boshlanĝich asoslari

Faoliyatni tashkil etish prinsipi:

  • faoliyat maqsadi va vazifalarini aniqlash, belgilash;

  • faoliyatning maqsadga muvofiq shakl va usullarini tanlash;

  • rejalashtirish;

  • normalash(me’yorlash).

  1. Uyushtirish o‘lchovlari prinsipi:

  • hisob- kitob;

  • nazorat;

  • istiqbolni ko‘zlash;

  1. Umum tashkiliy belgilash prinsipi:

  • natija;

  • umumlashtirish;

  • rag‘batlantirish; Mehnatni ilmiy tashkil etishning mazkur qonuniyat va prinsiplari o‘z navbatida pedagogik faoliyatga ham ta’luqlidir.

Pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etish fan va texnika taraqqiyotining obyektiv ehtiyojlari bilan bog‘liqdir. Chunki, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar ijtimoiy voqelik bilan hamnafas bo‘lib, har bir yangilik, o‘zgarishlar bilan yaqindan tanishib borishlari, amaliyotga ularni tadbiq etib boradilar.
Pedagogik mehnat o‘z navbatida ikki tomonlama, ya’ni o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari mehnatning bu turi aniq vaqt birligi bilan chegaralanmaydi ham. Demak, o‘qituvchi faqatgina dars davomidagina mehnat qilib qolmasdan, balki darsdan tashqari vaqtlarda, dam olish daqiqalarida faoliyatini davom ettiradilar.
Hozirgi zamon maktablarida o‘qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etish o‘ta muhimdir. Chunki, undan ko‘zlanadigan maqsad maktablardagi o‘quv – tarbiya jarayonini yanada takomillashtirishdan iborat. U o‘z navbatida quyidagi omillarga egadir:

  • o‘qituvchining ijodkorligi, taraqqiyot darajasi;

  • pedagogik mahoratni takomillashtiri;

  • o‘z stida ishlash va malakasini oshirish;

  • maktabning moddiy – texnik ta’minoti;

  • pedagogik mehnatni rag‘batlantirilishi;

  • mehnatni va dam olishni to‘g‘ri uyushtirish (rejalashtirish, tartiblash).

Bu o‘rinda shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, har bir o‘qituvchi pedagogik mehnatini ilmiy tashkil etish bo‘yicha quyidagilarni bilishlari zarur:

  • pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etishlishi nazariyasi va amliyoti muammosining dolzarbligi;

  • pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etishning hozirgi kundagi darajasi;

  • pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etishning kelajakdagi istiqboli.

Pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etishda tomonlar, xususan o‘qituvchi va maktab ma’muriyatining majburiyatlari ham muhim o‘rin tutadi.
O‘qituvchining majburiyatlari:

  • har bir dars va tarbiyaviy tadbirga puxta tayyorlanish;

  • ish tartibiga qat’iy rioya qilish;

  • me’yoriy xujjatlarni o‘z vaqtida yuritish;

  • maktabdagi har bir tadbirlarga o‘z vaqtida qatnashish;

  • texnika vositalari, ko‘rgazmalardan unumli foydalanish;

  • ma’muriyatning topshiriqlarini vaqtida bajarilishi.

Ma’muriyatning majburiyatlari:

  • o‘quv xonalarini zaruriy vositalar bilan ta’minlash;

  • mashg‘ulotlarni jadval asosida o‘tilishligini ta’minlash;

  • topshiriqlarning aniqligi;

  • dam olishni uyushtirish;

  • o‘qituvchilarning o‘z ustida ishlashlariga sharoit yaratish;

  • pedagogik faoliyatni rag‘batlantirish.

Ma’lumki, pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etish har bir o‘qituvchidan o‘z o‘z shaxsiy mehnatini ta’minlashga ham ega bo‘lishni taqozo etadi. Shaxsiy mehnat o‘qituvchining asosan maktabdagi faoliyatidan keyingi mehnat turi bo‘lib, unga uy yumushlari (dam, olish, madaniy xordiq, bolalar tarbiyasi, tamorqadagi ishlar kabi) kiradi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, shaxsiy mehnatni to‘g‘ri tashkil etilmasligi o‘z navbatida pedagogik faoliyatda muvafaqqiyatsizlikni yuzaga keltiradi.
Bu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, shaxsiy mehnat ham o‘z me’yorida bo‘lmog‘i kerak. Me’yorga ega bo‘lmagan yoki unga amal qilmaslik har qanday kishida charchash, toliqishga olib keladi. Ayniqsa, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi kishilar bu masalaga alohida ahamiyat berishlari zarur. Chunki, pedagogik faoliyat aqliy zo‘r berishni talab etadi. Aqliy yoki jismoniy jihatdan toliqqan o‘qituvchi dars jarayonida o‘zini xorg‘in his qiladi. Natijada darsni shunchaki xolatda tashkil qiladi. Buni esa kechirib bo‘lmaydigan xol hisoblanadi. Vaxolanki, dars jarayoni har bir o‘qituvchidan teran fikrlash, dars mavzusida ilgari surilgan g‘oya mazmuni, qo‘yilayotgan muammoning yechimini aniqlashda faoliyat ko‘rsatmog‘i lozim. Shunday ekan, o‘qituvchi ma’lum muddat davomida dam olishi, kelgusi kundagi pedagogik faoliyat uchun kuch ham to‘plamog‘i zarur.
Kitob bilan ishlash pedagogik faoliyatda muhim o‘rin tutadi. Darhaqiqat, tajribali o‘qituvchi har bir darsga tayyorgarlik ko‘rar ekan, faqatgina darslikning o‘zi bilangina kifoyalanmasdan, balki mashg‘ulot materialining mazmunini boyitish, o‘quvchilarga keng tushuncha, ma’lumotlar berish maqsadida ilmiy, ilmiy-ommabop kitoblarni ham mutoala qiladilar. O‘z – o‘zidan ravshanki, bunday o‘vqituvchilarning har bir dars mazmunli, qiziqarli bo‘lib, undan o‘quvchilarda qoniqish hissi paydo bo‘ladi. Qo‘shimcha manbalar ustida ishlash esa bir muncha vaqtni talab etadi. Kitob bilan ishlash texnikasiga ega bo‘lish ortiqcha vaqt sarflanishining oldini olishga qo‘l keladi. Kitob bilan ishlash texnikasi – tegishli kitobni tanlash, ularning bibliografiyasini tuzishni taqazo etadi. Bibliografiyani quyidagicha shaklda tuzilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.




Yüklə 57,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin