yurib bog’ga kirdi, bir qoziq yonida to’xtadi. O’sha yerdan choh qazib, oltinni ko’mib qo’ydi. Har kuni yo’lakka borar va xazinasining butun turganidan xabar olardi. Xasis odamning ishchilaridan biri uning bu yoqqa serqatnov bo’lib qolganini sezib qoldi va tez orada ishchi ko’milgan xazinaning sirini bilib oldi. Yerni kovlab, oltinni o’g’irlab ketdi. Ertasi kuni xasis qozig’i yoniga kelib qarasa, oltin yashirilgan chuqur bo’m-bo’sh. U baqirib sochlarini yuldi, odamlarni qarg’ay boshladi. Xasisning ahvolini ko’rgan qo’shnisi: “Iltimos, bunchalik qayg’urma. Borgin-da, tosh olib o’sha chuqurga tashla. Oltinning har doimgidek o’sha yerda yotganini tasavvur qil: oltining chuqurda bormi-yo’qmi, undan senga hech bir naf yo’q edi-ku”,- dedi. (Ezop masallaridan) Qo’yilgan muammo: Xasisning ishi to’g’rimi? Muammoning turi: Muammoni kelib chiqish sabablari Muammoning yechim yo’llari Xasisning ishi to’g’rimi? Xasis odamning ishchilaridan biri uning bu yoqqa serqatnov bo’lib qolganini sezib qoldi va sababini bilmoqqa qaror qildi Qo’ldan ketgan narsaga achinmaslik. Nafi tegmagan oltinning toshdan farqi yo’q Matnni diqqat bilan o’qing.Matnga qo’yilgan noto’g’ri fikrni toping. 1.Xasis oltinni bog’ga ko’madi. 2.Xasis oltinni qoziq yonida yashiradi. 3.Oltinni qo’shnisi o’g’irlaydi. 4.Donishmand maslahat beradi. Tarbiyasi og’ir o’smir. Biroq kimningdir darsida u jim o’tiradi, hamma narsani vaqtida bajaradi. Biroq sizning darsingizda esa, o’zini tartibsizligini namoyish etadi. Siz mazkur vaziyatdan qanday chiqishingiz mumkin? Siz sinfxonaga dars o’tishga kirdingiz. Biroq xona iflos. Qog’ozlar sochilib yotibdi. Siz sinfdagi bir o’quvchi qizga qog’ozlarni terib olishni aytdingiz. Lekin qiz sizga qog’ozni u tashlamaganligi, shuning uchun olishga majbur emasligini bildirdi. Siz mazkur vaziyatda qanday yo’l tutardingiz?. O’zingiz tutadigan yo’lni ilmiy jixatdan asoslab bering.