ATRIBUSIYA (lot. attribution – nisbat bermoq) – matnshunoslik sohasi oldida turuvchi asosiy ilmiy muammo (vazifa)lardan biri, adabiy asarning muallifi, yozilgan vaqti yoki joyini aniqlash, evristika. Bu muammo turli manbalardan (mas., tazkiralar, tarixiy asarlar, arxiv matyeriallari, xotiralar va b.) hujjatli dalillar topish; muallifi noma’lum asarning g’oyaviy-badiiy, til va uslub xususiyatlarini shak-shubhasiz nisbat berilayotgan ijodkor qalamiga mansub asar bilan qiyosiy o‘rganish; asarning yozuvi (kotibi, xattotlik maktabi, xat va uning ommalashgan davri), kitobat qilinish xususiyatlari (qog’oz, siyoh, muqova, bezaklar va b.)ni tadqiq etish kabi yo‘llar bilan hal qilinadi. Shularning barini e’tiborda tutgan holda komplyeks yondashuv asosida amalga oshirilgan A.gina ilmiy sanaladi.
AFORIZM (yun. aphorismos – ta’rif, ixcham ifoda) – muallifi ma’lum bo‘lgan, ixcham shaklda va ta’sirli ifoda etilgan umumlashma fikr. A.ga berilgan ta’riflarda turlichalik mavjud: ayrim manbalarda A. aniq muallifga ega bo‘lishi shart va shu narsa uni maqollardan farqlovchi asosiy jihat dyeyilsa, boshqalarida bu shart qo‘yilmaydi (q. aforistika). A.lar paydo bo‘lishi jihatidan turlicha. Ayrim hollarda A. maxsus yaratiladi, bu holda uni tom ma’noda janr deb hisoblash mumkin (mas., A.Qahhorning mashhur “Adabiyot atomdan kuchli, lyekin uning kuchini o‘tin yorishga sarf qilish kerak emas”, degan gapi). Mas., A.Muxtorning “Tundaliklar”, O‘.Hoshimovning “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”idan shu janrning ko‘pgina yaxshi namunalari joy olgan. Biroq ko‘p hollarda u yoki bu asardan olingan ixcham ibratli fikr ham A. sifatida ommalashadi (mas., “Sinchalak”dan: “To‘kilgandan tomchilagan yomon...” yoki “CHalasavod kishi o‘zidan past, nima dyesa “hikmat” deb turadigan odamlar bilan ulfatchilik qilishga moyilroq bo‘ladi”).
BADIIY TAHLIL (ar. ???? – tekshirish, hal qilish) – adabiy asarning mazmun-mohiyatini idrok etish, uning yaxlit estetik hodisa sifatidagi mavjudligini turli aspektlarda o‘rganib, o‘ziga xosligini ochib berish va qimmatini belgilashga qaratilgan hissiy-intellektual faoliyat. Tahlil atamasi ilmda keng qo‘llanuvchi analiz (yun. analysis – qismlarga ajratish) terminining sinonimi sifatida ishlatiladi. Har ikki atama ham butunni anglash uchun uni qismlarga ajratishni, qismning butun tarkibidagi mohiyatini, uning boshqa qismlar bilan aloqasi va butunlikning yuzaga chiqishidagi o‘rnini o‘rganishni ko‘zda tutadi. Ayrimlar badiiy asarni tirik organizmga qiyos etishadi-da, “uni qismlarga ajratish jonsiz tanaga aylantirishdan boshqa narsa emas”, degan qarashga tayanib, tahlilga qarshi chiqadilar. Biroq bu xil qarash asossizdir. Zero, birinchidan, adabiyotshunoslikdagi tahlil ham – o‘qish, faqat bunda badiiy asarni tadqiqotchi sifatida o‘qish tushuniladi. YA’ni tadqiqotchining asarni qismlarga ajratishi maqsad emas, bir vosita – asarning badiiyat hodisasi sifatidagi mavjudligini, undagi o‘quvchi ongi va ruhiyatiga ta’sir qilayotgan, uning u yoki bu tarzda tushunilishiga asos bo‘layotgan omillarni o‘rganish vositasidir. Ikkinchidan, B.t. jarayonida har vaqt talqin amali ham majud (bu o‘rinda talqin “intyerpryetasiya”ning sinonimi). Keng ma’noda “talqin” so‘zi o‘zga tomonidan aytilgan gap yoxud yozilgan asar (ilmiy, falsafiy, diniy, badiiy va h.) mazmunini anglash, uni ma’lum yaxlitlikda tushunish va tushuntirish (adabiyotshunosning maqsadi tushunishning o‘zigina emas, tushuntirish hamdir) ma’nolarini anglatadi. Boshqacha aytganda, talqin badiiy asardagi “obrazlar tili”ni “mantiq tili”ga o‘girmoq, obrazlar vositasida ifodalangan mazmunni tushunish va tushuntirmoqdir. SHunday ekan, chinakam ilmiy bo‘lishi uchun talqinning tahlilga tayanishi shart qilinadi. Zero, agar talqin qiluvchi shaxs badiiy matnni chuqur bilmasa, asar qismlarini, ularning o‘zaro aloqalarini yetarli tasavvur qilolmasa, uning talqini ilmiylikdan yiroq sub’yektivlik kasb etadi. Boshqa tomondan, badiiy adabiyotning obrazlar orqali fikrlashi, obraz esa assosiativ tafakkur mahsuli ekanligi e’tiborga olinsa, talqin sub’yektsiz mavjud emasligi ham ayon. CHunki ijodkorning assosiativ fikrlashi mahsuli o‘laroq yaratilgan va asarda aks etgan obrazning mazmun qirralari faqat sub’yekt ongidagina (ya’ni uning ham assosiativ fikrlashi asosida) qayta tiklanishi mumkin bo‘ladi. Bular badiiy asarni tushunish jarayonida tahlil va talqin har vaqt hozirligiga yorqin dalildir. Oddiy o‘quvchidan farq qilaroq, adabiyotshunos badiiy asarni talqin qilishda tahlilga tayanadi, uning talqini tahlil asosida yuzaga kelgani uchun ham ilmiy sanaladi. SHu ma’noda tahlil talqinning ilmiy asosi, badiiy asarni tadqiqotchi sifatida o‘qish va uqish demakdir.