ADABIYOTLAR: 1. Белуе А. Символизм как миропонимание.-М.,1994.
2. Борев Ю. Эстетика.-М.,1987.
3. Бретон А. Сюреализм манифести //Жаҳон адабиёти.-2000.-№5.-Б.160-174.
4. Литературне энциклопедический словарь.-М.,1987.
5. Норматов У.,Қуронов Д. Романнинг янги умри//Жаҳон адабиёти.-2001.-№9.
6. Поспелов Г.Н. Проблеме исторического развития литературе.-М.,1972.
Adabiyotshunoslik metodologiyasining adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari bilan munosabati.
Adabiyotshunoslik metodologiyasi uchun badiiy asar, ijodkor, ilmiy-nazariy asarlar, adabiyot tarixiga doir tadqiqotlar, adabiy-tanqidiy asarlar obyekt bo‘lishi.
Metodologiya bilan boshqa fanlarning o‘zaro aloqadorligi.
Tayanch tushunchalar:adabiyotshunoslik obyekti, adabiyotshunoslik metodologiyasining obyekti, mafkuraviy asos, ilmiy asos, nazariy asos.
Metodologiya faqat metodlar va uning nazariyasi haqidagi ta’limot bo‘lib qolmay, balki ilmiy konsepsiyani yangilovchi, ilmiy g’oyalar tizimini shakllantiruvchi, muammolarni belgilovchi, yo‘nalishlarni aniqlovchi va shu asosda fundamental tadqoqotlarga yo‘l ochuvchi, nazariy umumlashmalar hosil qilishga asos soluvchi faoliyat hamdir. Chunki metodologiya ma’lum qoliplar asosida qotib qolgan nazariyalar yig’indisi bo‘lmay, inson tafakkuri, dunyoqarashidagi evrilishlar, yangilanishlar bilan to‘yinib boradigan amaliy jarayon. Zero, inson tasavvuri va tafakkuri, dunyoqarashi yangilanmay turib, ilm-fanda ham yangilanish bo‘lishi qiyin. Bu hol, ayniqsa, ijtimoiy fanlar uchun, jumladan, adabiyotshunoslik metodologiyasi fani uchun ham xarakterli. Shunga ko‘ra, eng avvalo, har bir sohaning, jumladan, adabiyotshunoslik metodologiyasining ham asoslarini aniqlash, uning nazariy va amaliy faoliyatini o‘rganihdagi muhim bosqichdir.
Bizningcha, adabiyotshunoslik metodologiyasining asosi quyidagilardan tashkil topadi: