O`quv ishlari bo`yicha prorektor A. Soleyev “ ” 2021-yil



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə71/108
tarix30.09.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#150984
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   108
DADAIZM (fr. dada – yog’ochdan ishlangan o‘yinchoq ot, ko‘chma ma’noda bolalarga xos byetartib nutq) – Birinchi jahon urushi davri Yevropa adabiyoti va san’atidagi avangardistik oqim; Birinchi jahon urushida qatnashayotgan yurtlardan byetaraf SHvyeysariyaga kelib, muhojirlikda yashayotgan anarxistik kayfiyatdagi ijodiy ziyolilar muhitida shakllangan, Syurixda chop etilgan “Kabarye Voltyer” (1916 – 1917) jurnali tyevaragida uyushgan. D. mohiyat e’tibori bilan urushga, jahon urushini keltirib chiqargan muhitga qarshi isyon edi. Ularning isyoni mavjud tartibotlarni inkor qilish, ularni ma’nisiz (absurd) deb hisoblashda, anarxizmni bunday sharoitda eng maqbul mavqye deb bilishda namoyon bo‘ladi. SHulardan kelib chiqib, D.ning san’at va adabiyotdagi isyonkorlik mavqyei belgilangan: ular badiiy ijodda irrasionalizm tarafdori bo‘lganlar, adabiy-badiiy an’analarga nisbatan nigilistik antiestyetizm mavqyeini egallaganlar. Ularning ijod amaliyotidagi isyoni adabiyotda so‘z va tovushlarni ma’nosiz biriktirish, tasviriy san’atda narsalarni o‘zaro mazmuniy-mantiqiy aloqasiz, tasodifiy tarzda jamlab tasvirlash kabilarda namoyon bo‘ladi. D. vakillari adabiyot va san’atning ijtimoiy funksiyalarini inkor qilganlar, chinakam san’at ijtimoiylikdan xoli bo‘ladi, deb hisoblaganlar. Adabiy-badiiy oqim sifatida D. uzoq yashamadi: o‘tgan asrning 20-yillari boshidayoq barham topdi, uning qatorida bo‘lgan ijodkorlarning bir qismi syurrealistlar, boshqa bir qismi esa ekspryessionistlar safini to‘ldirdilar.
DEVON (ar. ??? – yozish, ro‘yxatga olish, to‘plam) – SHarq mumtoz adabiyotidagi she’riy to‘plamlarning asosiy turi. D.ga shoirlarning o‘zlari yoki boshqa shaxslar (kotiblar, shogirdlar, muxlislar va sh.k.) tomonidan tartib berilgan. SHarq adabiyotda D. tartib berish an’anasi shakllangan bo‘lib, bu an’anaga qat’iy amal qilingan. D.ga kiritilgan she’rlar, bir tomondan, janriga ko‘ra, ikkinchi tomondan esa alifbo (bu talab asosan g’azallarni joylashtirishga qo‘yiladi) tartibiga ko‘ra joylashtiriladi. D.lar, asosan, g’azal janri bilan, ba’zan esa qasida bilan boshlanadi. Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” kulliyoti tarkibiga kiruvchi “G’aroyib us-sig’ar” D.iga g’azal, mustazod, muxammas, musaddas, tarji’band, masnaviy, qit’a, ruboiy tarzida tartib berilgan bo‘lsa, “Badoyye’ ul-vasat” D.i g’azal, mustazod, muxammas, musaddas, tarji’band, qasida, qit’a, chiston, tuyuq tarzida tartiblangan. Ko‘rinib turgani dek, she’riy majmuaning D. sanalishi uchun uning tarkibiga mumtoz lirikaga xos barcha janrlardagi she’rlarning kirishi shart emas, adabiyotimizda faqat g’azallardan tartiblangan D.lar ham mavjud (Navoiy. “Navodir un-nihoya”; Atoyi D.i.). G’azallar D.dan qofiyalanuvchi misralarining qaysi harf bilan tugayotganiga qarab o‘rin egallaydi.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin