BIBLIOGRAFIYA (yun. biblion – kitob, grapho – yozmoq) – 1) kitoblar, vaqtli nashrlarda e’lon qilingan asarlar ro‘yxatini tuzish, ularni tematik yoki boshqa (fan sohalari bo‘yicha, mualliflar ismi-sharifi bo‘yicha va h.) jihatlarga ko‘ra tasniflash, qisqacha annotasiyalar yozish kabi vazifalarni o‘z oldiga qo‘yuvchi ilmiy-amaliy soha; 2) adabiyotshunoslikning yordamchi sohasi. Adabiyotshunoslik B.si adabiyotshunoslik bo‘yicha tadqiqot ishlari olib borish uchun zarur ma’lumotlarni – badiiy asarlar, adabiyotshunoslikka oid kitoblar, maqolalar, ilmiy tadqiqotlar ro‘yxatlarini tuzish, muayyan tematik yo‘nalishdagi yoki xronologik asosdagi bibliografik ko‘rsatkichlar tayyorlash bilan shug’ullanadi. Bunday ko‘rsatkichlar biron-bir mavzu bo‘yicha izlanayotgan tadqiqotchining vaqtini tyejaydi, ilmiy faoliyati samarasini oshiradi, shu bilan birga, mavzu bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan to‘liq tanishish imkonini beradi, demak, ilmiy xulosalarning ob’yektiv va ahamiyatli bo‘lishiga ham zamin hozirlaydi. O‘zbek adabiyotshunosligida B. sohasida ham birmuncha ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, O‘zR FA Bosh kutubxonasi xodimlari tomonidan tayyorlangan “Adabiy hayot” bibliografik ko‘rsatkichi; Fitrat, A.Qodiriy, CHo‘lpon, G’.G’ulom, A.Qahhor kabi ijodkorlar, M.Qo‘shjonov, O.SHarafiddinov, U.Normatov, N.Karimov kabi qator olimlar faoliyatini yorituvchi bibliografik ko‘rsatkichlarni bunga misol qilib keltirish mumkin.
BIOGRAFIK METOD (yun. bios – hayot, grapho – yozmoq) – adabiyotshunoslikdagi kontekstual tahlil metodlaridan biri. Ushbu metod XIX asrning ikkinchi yarmida shakllangan bo‘lib, asoschisi sifatida fransuz olimi SH.Sent-Byov e’tirof etiladi. B.m. badiiy asarni muallifining hayot yo‘li kontekstida o‘rganishni nazarda tutadi. Zero, badiiy asarda ijodkor shaxsiyati akslanadi, shunday ekan, uning ko‘p qirralari muallif biografiyasi kontekstida anglashiladi. Boshqacha aytganda, B.m. asarga muallif yuklagan mazmunni anglashda yetakchi ahamiyat kasb etadi. Mas., A.Qahhorning “Dahshat” (1960) hikoyasi o‘tmishdan bahs yuritadi, biroq uni biografik kontekstda olinsa, hikoyada adib asar yaratilgan davr muammolarini badiiy idrok etarkan, o‘z ruhiyatida va qarashlarida ro‘y bergan burilishni aks ettirganini ko‘rish mumkin. B.m.ning qanchalik samarali bo‘lishi ko‘p jihatdan tadqiqotchi qo‘l ostidagi biografik matyerialga bog’liqdir. Tadqiqotchi ixtiyoridagi biografik matyerial asar gyenyezisi (yaratilishiga turtki bo‘lgan omillar, obrazlar va sujet chiziqlarining real ildizlari, unda ifodalangan g’oyalar mohiyati va sh.k.)ni o‘rganish imkonini beradi. Biografik matyerial (yozuvchi hayoti va faoliyati bilan bog’liq hujjatlar, u harakat qilgan muhit va shu muhit kishilari bilan o‘zaro aloqalari haqidagi ma’lumotlar, uning yozishmalari, u haqdagi xotiralar va b.) qancha boy bo‘lsa, metodni qo‘llash shuncha samarali natijalar beradi. Albatta, biografik matyerial mutlaq to‘liq bo‘lmaydi, ya’ni yozuvchining hayotini kunma-kun hujjatli asosda tiklash mahol. SHuning uchun ham B.m. muallif hayotiga oid faktlarni jonlantirish, yetishmagan o‘rinlarni to‘ldirishni ham taqozo etadiki, bu hol unga gipotyetik unsurlarni ham olib kiradi. Mas., CHo‘lponning “Qalandar ishqi” she’ri biografik kontekstda olib qaralsa, uning yangi-yangi mazmun qirralari ochiladi. She’r 1920 yilda yozilgan. CHo‘lpon o‘smir paytidan boshlab fyevral inqilobi yuzaga keltirgan sharoitda “yurtim uchun dyemokratik yo‘l bilan ozodlikka erishish imkoni tug’ildi”, degan ishonch bilan qaynoq ijtimoiy faoliyatga sho‘ng’igan bo‘lsa, keyinroq bu yo‘ldagi harakatlari zoye ketib, umidlari chilparchin bo‘ldi. YA’ni she’r CHo‘lpon “asrlik tosh yanglig’ bu xatarli yo‘lda qotgan”, umidsizlikka tushgan davrda yozilgan. SHoir kayfiyati “Karashma dyengizin ko‘rdim na nozlik to‘lqini bordir, Halokat bo‘lg’usin bilmay qulochni katta otdim-ku”, “Qalandar dek yurib dunyoni kyezdim topmayin yorni, YAna kulbamga qayg’ular, alamlar birla qaytdim-ku” kabi satrlarda o‘z ifodasini topadi. She’rdagi “Bu dunyo deb u dunyoni bahosiz pulga sotdim-ku” misrasi shoir iztiroblarining cho‘qqisini ifoda etadiki, uning mazmunini biografik kontekstdan tashqarida anglash qiyin. Avvalo, o‘zbek tili uchun g’alizroq “bahosiz pul” birikmasiga e’tibor qilish kerak. She’r yozilgan davr kishilariga “bahosiz pul” deganda, Kyeryenskiy hukumati muomalaga kiritgan va tyezda o‘ta qadrsizlangan pulni nazarda tutilgani aniq bo‘lgan. SHundan kelib chiqsak, CHo‘lpon bu bilan fyevral inqilobiga ishonib “u dunyoni bahosiz pulga sotdim-ku”, dyeya iztirob chyekayotgani ma’lum bo‘ladi. Iztirobning asosi shuki, tahlikali zamonda shoirning otasini o‘g’lining siyosiy faolligi tashvishlantirgan, tabiiyki, u yolg’iz o‘g’lining o‘z yonida, xavf-xatardan yiroq bo‘lishini istaydi. Biroq “karashma dyengizi”ga oshufta o‘g’il otani tashvishga qo‘yib, norozilantirib bo‘lsa-da, o‘z bilganidan qolmaydi. YA’ni milliy ruhda tarbiya topgan CHo‘lpon endi otasini norozilantirganiga o‘kinadi, bu holni “u dunyoni bahosiz pulga sotmoq” deb biladi.
Adabiy asar tahlilida B.m. nyechog’li muhim bo‘lmasin, uni mutlaqlashtirish to‘g’ri emas. Bu hol adabiyotshunoslik tarixida kuzatilgan. Jumladan, XX asr boshlarida B.m.ni sof holda (ya’ni yozuvchi biografiyasini davrning ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy shart-sharoitlaridan uzib) qo‘llash, ijodkor qalbining suratini yaratishga intilish (fransuz olimi R.dye Gurmon, rus olimi YU.Ayxenvald) kuzatiladi. Tabiiyki, bu badiiy ijod tabiatini jo‘nlashtirish bo‘lib, muqarrar ravishda biryoqlamalikka olib keladi. Adabiy asar tahliliga komplyeks yondashish, B.m.ni boshqa metodlar bilan aloqada qo‘llash ilmiy jihatdan to‘g’riroq bo‘lishi va yaxshiroq samara berishini unutmaslik lozim.
VERLIBR (fr. vers – she’r, libre – ozod, erkin) – muayyan o‘lchov asosidagi vazn va qat’iy qofiyalanish tartibiga ega bo‘lmagan she’r. V. nasrdan faqat muayyan nutqiy bo‘lak (misra)larga bo‘lingani bilan farqlanib, bo‘linish yozuvda har bir misrani alohida satrga yozish, talaffuzda esa intonasiya (ritmik pauza va ritmik aksentlar) hisobiga ta’kidlanadi. Yevropa xalqlari she’riyatiga V. o‘rta asrlardagi liturgik she’riyat, diniy marosimlarda ijro etilgan qo‘shiqlar orqali yaxshi tanish bo‘lgan. V.ning dunyoviy adabiyotga kirib kelishi nyemis romantizmi bilan, faollashuvi esa fransuz simvolist shoirlari ijodi bilan bog’liq. XX asrda V. jahon she’riyatida, jumladan, o‘zbek she’riyatida ham keng ommalashdi (q. sarbast).
GERMENEVTIKA (yun. hermeneuo – tushuntirmoq, talqin qilmoq) – tushunish nazariyasi, matnni talqin qilish tamoyillari haqidagi ta’limot, gumanitar fanlarning metodologik asosi. G.ning ildizlari qadim G’arb va SHarq madaniyatiga borib taqalsa-da, XIX asrga kelibgina alohida fan sohasi sifatida shakllangan bo‘lib, nyemis faylasuflari F.SHlyeyyermaxer va V.Diltyeylar faoliyati bilan bog’liq. Ta’limotning keyingi rivojida M.Xaydyeggyer, G-G.Gadamyer, P.Rikyor, M.Baxtin singari olimlarning xizmati katta bo‘ldi. G.ning markazida TUSHUNISH masalasi turadi. Jumladan, F.SHleyermaxer G.ni umuman yozma manbalarni “tushunish san’ati haqidagi ta’limot”, deb biladi. Unga ko‘ra, har qanday yozma manba (matn) ikkiyoqlama tabiatga ega: bir tomondan, u til tizimiga nisbatan qism, ikkinchi tomondan, muayyan bir individning ijod mahsulidir. SHuning uchun G. oldida bir-biriga bog’liq ikkita vazifa turadi: birinchisi – matndagi lisoniy ifodani muayyan til tizimining uzvi sifatida o‘rganish (“grammatik” talqin), ikkinchisi – uning ortida turgan betakror sub’yektni anglash (“psixologik” talqin). V.Diltyey o‘zining “hayot falsafasi”da G.ga bilish nazariyasining xususiy tomoni emas, balki gumanitar fanlar (“ruh haqidagi fanlar”)ning asosi sifatida qaradi. Zero, unga ko‘ra, tushunish hayot atalmish butunlikni a dekvat ifodalashning yagona vositasi bo‘lib, u tufayli hayotni idrok etish mumkin bo‘ladi. Diltyeyning ta’kidlashicha, har qanday individning ijod mahsuli hayotni ob’yektivlashtirishdan boshqa narsa emas; inson o‘zga shaxsda ham o‘zida tushuna olgan narsani tushunadi. SHu tariqa hayot (tarixiy-ruhoniy olam) idrok etuvchi (tushunayotgan shaxs)ga nisbatan izomorfdir, monanddir.