O`quv ishlari bo`yicha prorektor A. Soleyev “ ” 2021-yil


GLOSSARIY ARXITEKTONIKA



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə64/108
tarix30.09.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#150984
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   108
GLOSSARIY

ARXITEKTONIKA (yun. architektonike – qurilish san’ati, mye’morlik) – adabiyotshunoslikda adabiy asarning tashqi qurilishi, uning asosiy qismlari (boblar, fasllar; parda, ko‘rinish)ni bir butunga birlashtirish ma’nosida qo‘llanadi; ba’zan kompozisiya terminiga sinonim tarzida ham ishlatiladi, lyekin bu ma’nosida termin ommalashgan emas. CHunki hozirda adabiy asar turli sathlardan tashkil topishidan kelib chiqib, kompozisiyaning turli aspektlari (matn kompozisiyasi, sujet kompozisiyasi va sh.k.) haqida gapiriladi, shunga ko‘ra A.ga shu aspektlardan biri sifatida qaraladi. YA’ni kompozisiya termini A. tushunchasini ham qamrab oladi.
ARXETIP (yun. archetypon – obrazning ilk asosi, modyel) – inson tafakkuri, ijodiy tasavvuriga xos bo‘lgan turg’un “sxema”, fikriy konstruksiya va qoliplar, motivlar va ularning turli kombinasiyalari. A. tushunchasi shvyeysariyalik ruhshunos K.YUng ta’limoti bilan bog’liq holda ommalashdi. Unga ko‘ra, A.lar kishilik jamiyatining eng qadimgi davrlaridan boshlab insoniyat xotirasida “kollektiv ongsizlik” sifatida yashaydi va ijod jarayonida turli shakllarda o‘zini namoyon etavyeradi. Ya’ni A.lar univyersal xaraktyerga ega bo‘lib, ularning izlarini eng qadimgi davrlardan boshlab to hozirgi adabiyotgacha ko‘rish mumkin. A. konstruksiya va sxemalardan o‘ziga xos “sujet va sujet holatlari” jamg’armasi hosil bo‘ladiki, ular asardan asarga, davrdan davrga ko‘chib yuradi. K.YUngga ko‘ra, A. avvalo shakl hodisasi bo‘lib, muayyan davrda yashayotgan ijodkor ongida uyg’onganidagina uning hayotiy tajribasi bilan boyitiladi va konkryet mazmun kasb etadi. Mas., yer yuzidagi birinchi qotillikdan naql qiluvchi “Qobil va Hobil” qissasida hasad, ko‘rolmaslik qotillikni keltirib chiqargan bo‘lsa, xuddi shu motiv turli kombinasiyalar ko‘rinishida jahon adabiyotida qayta-qayta jonlanavyeradi (Shekspir. “Otyello”; A.Pushkin. “Mosart va Solyeri”).
ATRIBUSIYA (lot. attribution – nisbat bermoq) – matnshunoslik sohasi oldida turuvchi asosiy ilmiy muammo (vazifa)lardan biri, adabiy asarning muallifi, yozilgan vaqti yoki joyini aniqlash, evristika. Bu muammo turli manbalardan (mas., tazkiralar, tarixiy asarlar, arxiv matyeriallari, xotiralar va b.) hujjatli dalillar topish; muallifi noma’lum asarning g’oyaviy-badiiy, til va uslub xususiyatlarini shak-shubhasiz nisbat berilayotgan ijodkor qalamiga mansub asar bilan qiyosiy o‘rganish; asarning yozuvi (kotibi, xattotlik maktabi, xat va uning ommalashgan davri), kitobat qilinish xususiyatlari (qog’oz, siyoh, muqova, bezaklar va b.)ni tadqiq etish kabi yo‘llar bilan hal qilinadi. Shularning barini e’tiborda tutgan holda komplyeks yondashuv asosida amalga oshirilgan A.gina ilmiy sanaladi.
AFORIZM (yun. aphorismos – ta’rif, ixcham ifoda) – muallifi ma’lum bo‘lgan, ixcham shaklda va ta’sirli ifoda etilgan umumlashma fikr. A.ga berilgan ta’riflarda turlichalik mavjud: ayrim manbalarda A. aniq muallifga ega bo‘lishi shart va shu narsa uni maqollardan farqlovchi asosiy jihat dyeyilsa, boshqalarida bu shart qo‘yilmaydi (q. aforistika). A.lar paydo bo‘lishi jihatidan turlicha. Ayrim hollarda A. maxsus yaratiladi, bu holda uni tom ma’noda janr deb hisoblash mumkin (mas., A.Qahhorning mashhur “Adabiyot atomdan kuchli, lyekin uning kuchini o‘tin yorishga sarf qilish kerak emas”, degan gapi). Mas., A.Muxtorning “Tundaliklar”, O‘.Hoshimovning “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”idan shu janrning ko‘pgina yaxshi namunalari joy olgan. Biroq ko‘p hollarda u yoki bu asardan olingan ixcham ibratli fikr ham A. sifatida ommalashadi (mas., “Sinchalak”dan: “To‘kilgandan tomchilagan yomon...” yoki “CHalasavod kishi o‘zidan past, nima dyesa “hikmat” deb turadigan odamlar bilan ulfatchilik qilishga moyilroq bo‘ladi”).

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin