O`quv ishlari bo`yicha prorektor A. Soleyev “ ” 2021-yil



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə74/108
tarix30.09.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#150984
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   108
IJROVIY LIRIKA (ruschadan kalka: “rolyevaya lirika”) – lirikaning sub’yektiv shakllantirilishiga ko‘ra farqlanuvchi ko‘rinishlaridan biri, lirik kyechinma o‘zga shaxs tilidan ifoda etiluvchi she’r. YA’ni bunda shoir go‘yo o‘zga shaxsga evriladi, uning “roli”ni ijro qiladi, natijada I.l. qahramoni lirik kyechinmaning yagona sub’yekti bo‘lib qoladi. I.l.ning ildizlari kurtak holida xalq og’zaki ijodida (mas., kelin tilidan, yetim tilidan, ho‘kiz tilidan), mumtoz she’riyatimizda kuzatilsa-da, uning keng ommalashishi XX asrga to‘g’ri keladi. Jumladan, CHo‘lponning “Myen va boshqalar” she’ri I.l.ning yangi o‘zbek she’riyatidagi ilk va sara namunalaridan biri sifatida ko‘rsatilishi mumkin. O‘tgan asrning 20 – 30-yillarida keng tarqalgan “Qo‘shchi qo‘shig’i”, “Kolxozchi qiz qo‘shig’i”, “Suvchi qo‘shig’i” tarzida yaratilgan she’rlarning aksariyati I.l.ga mansub etilishi mumkin. She’rning bu ko‘rinishi 60-yillardan boshlab, ayniqsa, keng tarqaldi: “Hamza” (A.Oripov), “Abdulla Nabiyev” (E.Vohidov). 70 – 80-yillar she’riyatida yanada faollashgan I.l.ning asosiy qahramonlari tarixiy shaxslar bo‘lib qoldi: mavjudlikning mangu muammolari, millat va yurt taqdiri masalalari, jamiyatning joriy holati ularning ko‘zi bilan ko‘rildi va baholandi. X.Davronning “To‘marisning ko‘zlari” she’riy to‘plami, U.Azimning “Tushlaringizga kiradigan ko‘zlar” turkumi aksar shunday she’rlardan tarkib topgan bo‘lib, ular milliy o‘zlikni anglash jarayonida muhim ahamiyat kasb etdi.
ILHOM (ar. ????? – yedirmoq, ruhlantirmoq) – san’atkor ruhiyatida yuzaga keluvchi ijodiy-ruhiy holat, ijodiy faoliyatning yuksak zavq bilan, ko‘ngilli va yengil kyechishini ta’min etuvchi ko‘tarinki ishchan kayfiyat. Ijodkor kishilarda kuzatiluvchi mazkur holat odamlarga qadimdayoq ma’lum bo‘lganki, uni turlicha izohlashga harakat qilganlar. Jumladan, qadimgi yunonlar I. muzalar – ayol qiyofasidagi ilohiy mavjudotlar tomonidan beriladi deb hisoblaganlar, SHarqda ham I.ni g’aybdan dyeyishga moyillik kuchli bo‘lgan: hozirda ham tyez-tyez tilga olinadigan “ilhom parisi” qabilidagi gaplar shuning izlaridir. Albatta, I. onlarini, uning yuzaga kelishini mantiqiy izchillikda tushuntirib berish qiyin. Biroq shunisi aniqqi, I. ijodiy qobiliyatga ega shaxsning ijodiy-ruhiy faoliyatidagi muayyan bir bosqich bo‘lib, ushbu onlarda bunga qadar pishib-yetilib kelgan jarayon tyezlashadi; ijodkorning umumiy ruhiy quvvati ortadi: aqliy va hissiy mushohada tyezligi oshadi, xotira maksimal jonlanadi, narsa-hodisalar orasidagi assosiativ aloqalarni ilg’ay olish qobiliyati, nigoh o‘tkirligi, ta’sirchanlik kuchayadi, ijodiy tasavvur ko‘lami kengayadi. Ayni shu damlarda ijodiy jarayon ko‘ngilli, oson va mahsuldor kyechadi – asar go‘yo “quyulib” keladi. Demak, I.ni g’aybdan kelgan narsa sifatidagina emas, balki san’atkor ongiyu qalbida kyechgan ijodiy-ruhiy jarayonning eng yuksak nuqtasi, tug’ma imkoniyatlari o‘ta kuchaygan, bir nuqtaga yig’ilgan holda estetik ob’yektga yo‘nalgan palla sifatida ham tushunish mumkin.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin