O`quv ishlari bo`yicha prorektor A. Soleyev “ ” 2021-yil



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə67/108
tarix30.09.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#150984
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   108
BALLADA (fr. ballade – raqsbop qo‘shiq) – 1) o‘rta asrlar fransuz adabiyotidagi qat’iy she’riy shakl, bir xil qofiyalanish tartibidagi (ababbcbc) har biri sakkiz misradan tashkil topgan uchta band, bandning oxirgi misrasi tarjye’ sifatida takrorlanadigan, o‘quvchiga murojaat qilingan yarim band (to‘rt misralik – bcbc) bilan yakunlanuvchi she’r; 2) keyingi davrlar Yevropa adabiyotlarida keng tarqalgan B. ingliz-shotland xalq she’riyatidan kelib chiqadi. Agar fransuz B.si qat’iy she’riy shakl bo‘lsa, ingliz B.sida shakliy talablar ancha erkin (qofiyalanish tartibi qat’iy emas, tarjye’ning bo‘lishi shart qilinmaydi), u bir xil, odatda, to‘rt misrali bandlardan tashkil topadi. Ingliz B.sining belgilovchi xususiyatlari sifatida tarixiy, tarixiy-afsonaviy, ba’zan esa maishiy mavzuda yozilishi, kichik voqeaband sujet asosiga qurilgan epik xaraktyerdagi she’riy asarligini ko‘rsatish mumkin. Xuddi shu xususiyatlar yozma adabiyotdagi B.larga ham xosdir. Urush yillarida yozilgan M.SHayxzodaning “Kapitan Gastyello”, H.Olimjonning “Jangchi Tursun” kabi asarlari B.ning o‘zbek adabiyotidagi yaxshi namunalari sanaladi.
BELLETRISTIKA (fr. belles letters – so‘z san’ati, nafis so‘z) – keng ma’noda umuman so‘z san’ati, badiiy adabiyot ma’nosini bersa-da, termin turlicha ma’nolarda ishlatiladi. 1) nasriy yo‘lda yozilgan adabiy asarlarni bildiradi; 2) so‘z san’ati ma’nosidagi adabiyotga taalluqli asarlarni badiiy qimmatiga ko‘ra darajalash maqsadida klassika bilan ommaviy adabiyot orasidagi hodisa ma’nosida qo‘llanadi. Bu ma’noda B. badiiy jihatdan mukammal klassik asarlarga ham, badiiy nochor ommaviy adabiyot namunalariga ham qarshi qo‘yiladi. SHunga ko‘ra, mavjud adabiy asarlarning aksariyati (jumladan: sarguzasht, dyetektiv, fantastika kabilar) B.ga mansub etiladi. Mutaxassislar B.ning paydo bo‘lishini yozuvchilikning profyessional faoliyat turiga, kasbga aylanishi bilan bog’laydilar; 3) adabiyot tushunchasi qamrab oluvchi asarlarni tabiatiga ko‘ra farqlash maqsadida ishlatiladi. Bunda adabiy asarlarni B. deb atab, ular adabiy-badiiy asarlarga qarshi qo‘yiladi. YA’ni bu ma’noda B. badiiy obraz vositasida fikrlamaydigan adabiy asarlarni bildiradi va bir qator adabiy janrlarni qamrab oladi: ochyerk, safarnoma, essye, myemuarlar, maktublar, aforistika va b.; 4) adabiyotning yaxshi namunalariga qarshi qo‘yiluvchi “yengil adabiyot” ma’nosida qo‘llanadi. Bu ma’noda B. dyeyilganda, hozirgi kunda matbuotda tijoriy maqsadni ko‘zlab chop etilayotgan yengil-yelpi bitiklar, ommaviy adabiyot tushuniladi.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin