O`quv ishlari bo`yicha prorektor A. Soleyev “ ” 2021-yil



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə66/108
tarix30.09.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#150984
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   108
BADIIY TO‘QIMA (ruschadan kalka: “художественний вимисел”) – yozuvchining ijodiy tasavvur va taxayyuli mahsuli, voqelikda real asosi yoki to‘liq o‘xshashi mavjud bo‘lmagan badiiy obrazlar, hayotiy holatlar, voqealar va sh.k.ni yaratishda namoyon bo‘luvchi badiiy ijodning muhim komponyenti. Muhimligidan, antik davrlardan boshlab to XVII – XVIII asrlarga qadar B.t.ga ijodning birlamchi sharti, poeziya (badiiy adabiyot)ning belgilovchi xususiyati deb qaralgan, unga B.t.dan mosuvo asarlar – proza qarshi qo‘yilgan. Hozirda ham B.t. adabiy asar (q. byellyetristika) bilan adabiy badiiy asarni farqlovchi belgiligicha qolmoqda. B.t.ning mohiyati va ahamiyatini tarixiy mavzudagi asarlar misolida tushunish qulay. YOzuvchi tarixiy manbalarni o‘rganadi, faktlar, voqealar, ularning ishtirokchilari haqida ma’lumotlarni yig’adi. Uning endigi vazifasi – o‘rganganlarini badiiy qayta ishlash: badiiy voqelikda faktlar jonlanishi, voqealar yuz berishi, shaxslar yashashi lozim. Xuddi shu narsa – badiiy tasavvurni ishga solgan holda o‘tmish hayotini qayta yaratish ijod bo‘lib, unda B.t.ning roli byeqiyosdir. SHunday yondashilsa, “tarixiy shaxs obrazi” bilan “to‘qima obraz”ni qarshi qo‘yishimizda ham kattagina shartlilik borligi ayon bo‘ladi. Zero, badiiy voqelik unsurlari uyg’un aloqadagi butunlik va unda jonli xaraktyerlar harakatlanar ekan, bu narsa faqat ijodkorning badiiy tasavvur kuchi tufayligina mumkin bo‘ladi va bunda B.t. muhim butlovchi ashyo – “sement” vazifasini o‘taydi.
BADIIYLIK – ijodiy-ruhiy faoliyat mahsuli o‘laroq dunyoga kelgan asarning san’atga mansubligini belgilovchi xususiyatlar majmui. Obrazlilik B.ning birlamchi sharti sanalib, u voqelikni badiiy obrazlar orqali idrok etish, badiiy obrazlar vositasida fikrlash demakdir. Obrazlilik san’atning o‘zak xususiyati bo‘lib, u yo‘q joyda B. ham mavjud emas. B. tarixiy katyegoriya sanaladi, uning talab va myezonlari har bir davrning ma’naviy-estetik ehtiyojlari, badiiy didi bilan bog’liq holda o‘zgarib turadi. SHunga qaramay, B.ning javhari bo‘lgan barqaror shartlar ham mavjud. Jumladan, B.ning muhim shartlaridan biri mazmun va shaklning uyg’un birligi, ularning o‘zaro muvofiqligidir. B.ning mazkur sharti inson uchun (insoniyat uchun) ahamiyatli mazmunning go‘zal shaklda ifodalanishi, badiiy mukammal asarning organik butunlikka aylanishi demakdir. Butunlik esa asarda bironta ham ortiqcha, tasodifiy, ahamiyatsiz unsur mavjud bo‘lmasligi, undagi barcha shakl unsurlari mazmunni, estetik ob’yektni shakllantirishga qaratilishini taqozo etadi. SHu shartga dosh bera oladigan badiiy jihatdan mukammal asarning ortig’i ham, kami ham yo‘q – unga biron narsa qo‘shib ham, olib ham bo‘lmaydi, ikkala holda ham butunlikka putur yetadi. SHunday butunlik asosida irreal olam – badiiy reallik voqe bo‘ladi. Bu voqelik reallikka nyechog’li monand bo‘lmasin, u baribir shartlilik xususiyatini saqlab qoladiki, ayni shu shartlilik B.ning yana bir muhim talabidir. Badiiy voqelik obrazlar vositasida yaralgan irreal olam ekanligini, badiiy shartlilikni qabul qilgan holdagina unga estetik ob’yekt sifatida yondashish mumkin bo‘ladi. YA’ni shu tufayligina badiiy voqelik reallik bilan chalkashtirilmaydi, badiiy asar matn darajasidagina qolib ketmasdan, estetik ob’yekt sifatida tasavvurda qayta yaraladi. Qayta yaratilishning asosi badiiy asarning o‘quvchiga yo‘naltirilganligidirki, bu B.ning yana bir muhim belgisi sanaladi. Badiiy asar avvalboshdanoq muayyan o‘quvchiga mo‘ljallab yoziladi, unda o‘sha o‘quvchi egallashi va shundan turib badiiy voqelikni jonlantirishi kerak bo‘lgan joy hozirlangan. Bu esa o‘quvchini estetik sub’yektga aylantiradi, uni estetik ob’yektni qayta yaratishga undaydi. YA’ni o‘qish – ijodiy jarayon, chunki o‘quvchi yozuvchi yetkazayotgan mazmunning oddiy istye’molchisi emas, u belgilar asosida badiiy voqelikni qayta yaratayotgan ijodkordir. Ijodkorlik haqida esa originallik bor holdagina gapirish mumkinki, u B.ning muhim sharti hisoblanadi. Zero, chinakam badiiy asar betakror, original hodisadir. Unda san’atkorning ijod onlaridagi ma’naviy-ruhiy holati, shu onlarda ayon bo‘lgan MA’NO akslanadi. Ijod onlaridagi ma’naviy-ruhiy holat betakror bo‘lgani dek, o‘sha MA’NO ham betakrordirki, u endi faqat o‘qish jarayonida – qayta yaratish jarayonida voqe bo‘ladi. Garchi MA’NO san’atkor – alohida bir shaxs hayotiy tajribasi, ma’naviy-ruhoniy izlanishlari mahsuli o‘laroq voqe bo‘lsa-da, ijod onlarida u reallikdan uzilib ideal bag’rida, univyersal inson maqomida turgan. Xuddi shu hol MA’NOning univyersalligini ta’min etadiki, univyersallik B.ning yana bir belgisidir. SHu univyersallik tufayli ham chinakam badiiy asar kim haqda yozilganidan qat’i nazar, hamma haqida, qaysi go‘sha haqida yozilishidan qat’i nazar, butun olam haqida bo‘ladi, bashariyatning ma’naviy mulki, qadriyatiga aylana oladi.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin