O'quv ishlari bo’yicha prorektor


Mavzuga doir bilimlarni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə15/115
tarix13.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#129708
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   115
O\'quv ishlari bo’yicha prorektor

Mavzuga doir bilimlarni mustahkamlash uchun savollar:


1. О‘zbekiston iqtisodiyotining bir tomonlama rivojini qanday izohlaysiz?
2. “Paxta yakkahokimligi” nima?
3. “Paxta ishi”, “О‘zbeklar ishi” kabi “jinoniy ishlar” nimani anglatar edi?
4. Milliy va mintaqaviy ekologik murmmolarni kо‘rsatib bering?
5. О‘zbekistonning mustaqillik sari dastlabki qadamlari nimalarda namoyon bо‘ldi?


Tavsiya etilgan adabiyotlar:

  1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yо‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib yangi bosqichga kо‘taramiz. 1-jild. T.: “О‘zbekiston”, 2017 yil.

  2. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2020 yil, 29-dekabr. /“Yangi О‘zbekiston” gazetasi. 2020 yil, 30-dekabr soni.

  3. Mirziyoyev Sh.M. Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari. 3-jild. “О‘zbekiston”, T.: 2020 y.

  4. Karimov I.A. О‘zbekistonning о‘z istiqlol va taraqqiyot yо‘li. -T.:”О‘zbekiston”, 1992 y.

  5. Karimov I.A. О‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. -T.: “О‘zbekiston”, 2011 y.

  6. Mustaqil О‘zbekiston tarixining dastlabki sahifalari. –T.: 2000 y.

  7. Mustaqil О‘zbekiston tarixi. –T.: Akademiya, 2013 y.

  8. Azizxо‘jayev A.A. Chin о‘zbek ishi. –T.: 2003 y.



3-Mavzu: Mustaqil О‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati
Reja:
1. О‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining e’lon qilinishi.
2. О‘zbekistonda milliy davlatchilik asoslarining tashkil etilishi va mustahkamlanishi.


1. О‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining e’lon qilinishi.
1991 yil 31-avgustda respublika Oliy Kengashining navbatdan tashqari VI sessiyasi bо‘lib о‘tdi, unda «О‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari tо‘g‘risida»ga konstitusiyaviy qonun qabul qilindi.
Ushbu qonunda aytilishicha: «О‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tо‘liqligini egallaydi, о‘zining milliy va davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv tizimini mustaqil ravishda belgilaydi.» Shuningdek, О‘zbekiston Respublikasining xalqi suveren va respublikada davlat hokimiyatining yagona manbai ekanligi, u о‘z xohishini tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri va vakillik organlari tizimi orqali amalga oshirishi, shu bilan birga, О‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining moddiy asosi uning mulki, yer, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy boyliklari, iqtisodiy, ilmiy, texnikaviy va intellektual boyliklari ham milliy boylik ekanligi ta’kidlandi.
Shunday qilib, mazkur qonunda suveren respublikaning huquqiy asoslari belgilab berildi. 1991 yil 1-sentabr Mustaqillik kuni va umumxalq bayrami deb e’lon qilindi.
1991 yil 18-noyabrda О‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasida referendum о‘tkazish tо‘g‘risida qaror qabul qilindi. Shu yilning 29-dekabrida о‘tkazilgan Referendumda 10 millionga yaqin kishi yoki saylovchilar umumiy sonining 94,1 foizi qatnashdi. Referendum natijalari shuni kо‘rsatdiki, aholining mutlaq kо‘pchiligi О‘zbekiston mustaqilligini e’tirof etdi. Referendum respublikaning butun hududida qat’iy huquqiy normalar asosida о‘tkazildi, buni AQSh, Turkiya, Malayziya va dunyoning boshqa mamlakatlaridan kelgan kuzatuvchilar tasdiqladilar. О‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi nafaqat aholi, balki butun dunyo hamjamiyati tomonidan ma’qullandi.
Mustaqillik Respublika tarixidagi muhim voqea bо‘lib, u nafaqat butun davlat, balki uning har bir aholisi uchun eng katta rol о‘ynaydi. Odatda, mustaqillikka kо‘p hollarda, qon tо‘kish orqali erishiladi. Ammo О‘zbekiston, uning Prezidenti bundan qochishga muvaffaq bо‘ldi. «Ushbu ezgu orzu rо‘yobga chiqdi - О‘zbekiston о‘zining haqiqiy davlatchiligini tinch, parlament yо‘li bilan egalladi». XXI asr arafasida dunyo xaritasida yangi mustaqil, tо‘laqonli davlat paydo bо‘ldi. Uning paydo bо‘lishi dunyo hamjamiyati tomonidan e’tiborga olindi, bu uning erta tan olinishida ham namoyon bо‘ldi.


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin