O'quv ishlari bo’yicha prorektor


Milliy va mintaqaviy muammolar



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə12/115
tarix13.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#129708
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   115
O\'quv ishlari bo’yicha prorektor

Milliy va mintaqaviy muammolar.

Inson faoliyati oqibatlarining о‘sishi va murakkablashishi bilan ekologik muammo yanada kuchayib, misli kо‘rilmagan jiddiylikni yuzaga keltirdi. Respublikada xavfli ekologik vaziyat vujudga keldi. Orol dengizi mintaqasidagi vaziyat deyarli inson nazorati ostida emas edi. Paxtachilikni rivojlantirishga yо‘naltirilgan mavjud irrigatsiya- melioratsiya siyosati jiddiy oqibatlarga olib keldi.
Markaz tomonidan yerlarni о‘zlashtirishga qaratilgan noxolis va noilmiy yondashuvlar, Amudaryo va Sirdaryo suvlarining nazoratsiz ishlatilishi tufayli Orol dengiziga о‘rtacha yillik suv oqimi 1961-1970 yillarda 42,9 kubometrga, 1981-1984 yillarda 4,2 kubometrgacha kamaydi.
1960 yilga qadar dengizda qurish holatlari deyarli bо‘lmagan. 80-yillarga kelib, suv resurslaridan noqobil foydalanish oqibatida dengiz maydoni deyarli ikki baravarga qisqarib, suv sathi 13 metrga pasaydi.
Bu yillar davomida Sirdaryo va Amudaryo suvlari О‘zbekiston hamda qо‘shni О‘rta Osiyo respublikalari hududida qurilgan suv omborlarida tо‘planib bordi. Suv bilan qilingan barcha manyovrlar paxta yakkahokimligini saqlab qolish maqsadiga bо‘ysundirildi. Sibir daryolari, Ob va Yeniseylar hisobidan suv balansini tо‘ldirish haqidagi chuqur о‘ylanmagan takliflar ham va’daligicha qolib ketdi.
Bugungi kunda dunyoning turli mamlakatlarida ekologlar Orol dengizi muammolari bilan shug‘ullanmoqdalar va ehtimol, birgalikdagi say-harakatlar bilan ushbu muammoni hal qilish va Orol dengizining avvalgi holatiga qaytarishning iloji bо‘lmasa-da, uni hozirgi holatini hech bо‘lmaganda saqlab qolish mumkin bо‘lar.
О‘sib borayotgan ekologik noqulaylikning asosiy sababi - bu odamning irratsional iqtisodiy faoliyatidir. Bu kо‘plab sanoat va korxonalar joylashgan joylardagi xatolar, qurilishdagi gigantomaniya, markazning nojoiz buyruqlari, davlat hokimiyati va iqtisodiy boshqaruv apparatlarining birlashishi, ishlab chiqarish maqsadlarining о‘zgarishi, tabiiy resurslarga iste’molchilarning munosabati hamda atrof-muhitiga bо‘lgan e’tiborning pasayishi bilan bog‘liq.
Inqirozdan oldingi jamiyat bizni yangi yо‘llarini izlashga majbur qildi. Tizimni modernizatsiya qilish ijtimoiy rivojlanish modelini о‘zgartirmasdan boshlandi. Islohotlar majmuasi va ular bilan bog‘liq jarayonlar «qayta qurish» deb nomlanadi. Uning birinchi bosqichi 1985 yil bahorida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sur’atlarini «jadallashtirish» ga urinishlar bilan bog‘liq bо‘ldi.


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin