O’quv materiallari ( ma’ruzalar t o’plami )


Qadriyatlarning eng muhim turlaridan biri - milliy qadriyatlardir



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə17/30
tarix25.12.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#194224
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30
1-mavzu. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va-fayllar.org

Qadriyatlarning eng muhim turlaridan biri - milliy qadriyatlardir.
Umuminsoniy va milliy qadriyatlar tushunchalarining demokratik uyg’unligi dialektikasining 
qiyosiy tahlili jarayonida Amir Temur siyosiy-huquqiy qarashlarini o’rganish zarur. Amir Temur
siyosatining bu g’oyasi “Kuch-qudrat, iqtidor-adl-insofda”, deganidir. Saltanatni boshqarishida 
uchragan har qanday voqe’a va ishni to’ra va tuzuk asosida boshqardim
2
degan fikrlari 

umuminsoniy demokratik va milliy qadriyatlar tushunchasining ijtimoiy-falsafiy, ilmiy nazariy va


metodologik ildizlarini tashkil etadi. Binobarin birma-bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini odamlar 
ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarini rivojlantirmay hamda mustaxkamlamay turib o’z
istiqbolini tasavvur eta olmaydi. 
Xalqlarning madaniy qadriyatlari ma’naviy merosining ming yillar mobaynida sharq xalqlari
uchun qudratli ma’naviyat manbai bo’lib xizmat qildi. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov bu 
borada fikr yuritib shunday deb ta’kidlaganlar: “Uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa
qaramay, O’zbekiston xalqi avloddan avlodga o’tib kelgan o’z tarixiy va madaniy qadriyatlarini 
hamda o’ziga xos an’analarini saqlab qolishga muvaffaq
bo’ldi”

1
Binobarin, har bir qadriyatning 


mohiyati va ahamiyati tabiat, jamiyat va ruhiy olam hodisalarini bilish, ilmiy umumlashtirish,
ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyotga ta’sir etish imkoniyatlari asosida belgilanadi. 
Demokratik jamiyatni umuminsoniy va milliy qadriyatlarsiz barpo etib bo’lmaydi. Qadriyatlar
haqida fikr yuritganda uning ikkita tarkibiy qismini nazarda tutmoq kerak. Bunda, eng avvalo, 
insonning ob’ektiv olamga nisbatan bo’lgan aktiv faoliyatini alohida tahlil qilish zarur.
Umuminsoniy qadriyatlar tushunchasiga moddiy va ma’naviy muhit, yashash shart-sharoitlarining 
rivojlanishi va vorislik sodir bo’lib, yangi-yangi qadriyatlarning shakllanishiga o’tishdan meros
bo’lib qolganlari esa davr ruhi, yangi ijtimoiy ehtiyoj va taraqqiyot uchun asos bo’lgan 
qadriyatlarga kiradi. Umuminsoniy qadriyatlarning asosiy vazifasi olamni bilish va uni amaliy
o’zgartirishning muhim omilidir.
Umuminsoniy va milliy qadriyatlar tamoyillar uyg’unligi qiyosiy tahlili uning inson ma’naviy
kamolatining muhim omili ekanligidan kelib chiqishi zarur. Bunga: Yurtboshimizning 
“Mustaqillikka erishganimizdan keyingina biz buyuk ajdodlarimizning hurmatini o’rniga qo’ya
oldik. Bizning bu intilishlarimizni Markaziy Osiyodagi qo’shnilarimiz, madaniy xalqaro 
hamjamiyat qo’llab-quvvatladi. Bu hol tasodifiy emas — sohibqiron Amir Temur shaxsi uning
avlodlari bo’lmish faqat bizning emas, balki mintaqamizdagi barcha xalqlarning, butun ma’rifiy 
insoniyatning boyligidir” degan fikrlari har bir millat rivojlanishidagi tarixiy voqealar, unga ijobiy
hissa qo’shgan shaxslar ham milliy qadriyatlar jumlasiga kirishini anglatadi. Shu nuqtai nazardan 
Amir Temur shaxsi buning yorqin isbotidir. Binobarin, Amir Temur qanchalik taqvodor, asl
musulmon bo’lmasin, qonunchilikning turli tizimlari — diniy va dunyoviy tomonlari borligini, 
1
Каримов И.А. Хавфсизлик ва барқарор тараққиёт йўлида. Т. 6. –Т.: «Ўзбекистон», 1998, 126-б. 

2
Темур Тузуклари. -Т, Ғофур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа бирлашмаси, 1991, 57-бет. 


1
Каримов И.А. Ўзбекистон ХХI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт 

кафолатлари. -Т.:Ўзбекистон, 1997, 141 б.



ularni hisobga olish kerakligini juda to’g’ri anglagan. Amir Temur qonunchilik deganda faqat


Shariat qonunchiligini emas, balki boshqa xalqlar qadriyatlari, urf-odatlarini ham tushungan. 
“Milliy qadriyatlar — millat uchun muhim va jiddiy ahmiyatga ega bo’lgan jihat va xususiyatlar.
O’z milliy qadriyati bo’lmagan millat yoki elat yo’q. Millatning tanazzuli — milliy qadriyatlarning 
tanazzulidir. Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, kelajagi, uni tashkil etgan avlodlar,
ijtimoiy qatlamlar, milliy ong, til, ma’naviyat hamda madaniyat bilan uzviy bog’liq holda namoyon 
bo’ladi”.
1
Negaki, milliy qadriyatlar nafaqat mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlaydigan 

ma’naviy asoslardan biri, balki demokratik, adolatli, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati


qurishning asosiy manbai hamdir. Markaziy Osiyo xalqlarining asrlardan asrlarga meros bo’lib 
kelayotgan milliy qadriyatlari uzoq tarixiy jarayonda shakllangan va ko’plab og’ir sinovlarni
boshdan kechirgan. Darhaqiqat, mintaqamiz xalqlari 3000 yildan ortiq davrni o’zida 
mujassamlashtirgan Markaziy Osiyo tsivilizatsiyasini yaratdi.
Markaziy Osiyo xalqlarining milliy qadriyatlardagi xos jihatlariga quyidagilarni kiritish mumkin: 
tug’ilgan makon va ona yurtga ehtirom;
ajdodlar xotirasiga sadoqat; 
kattalarga hurmat, yoshlarga izzat
insoniy muomalada mulozamat; 
hayo, andisha, vazminlik, sabr-toqat kabilarning ustuvorligi bilan ham xarakterlanadi.
Ma’lumki, demokratik qadriyatlar muayyan sharoitlarda shakllanadi. Shu sababli ular: 
— mahalliy
— milliy 
— mintaqaviy
— umuminsoniy mazmunda namoyon bo’ladi. 
Milliy muhit demokratik qadriyatlarni yaratish va saralashning asosiy manbasidir. Aynan milliy
muhit mahalliy qadriyatlarning ustuvorlarini o’z darajasiga ko’taradi va ularni voyaga etkazib, 
umuminsoniy qadriyatlar darajasiga olib chiqadi. Umuminsoniy qadriyatlarni har bir kishi o’zining
boyligiga aylantirgandagina milliy tamoyillar o’z kuchini ko’rsatadi. “Shu bilan birga o’tmish 
qadriyatlariga, an’analarga va turmush tarziga betartib ravishda orqa-ketini o’ylamay qaytish
boshqa bir keskinlikka — hozirgi davrni qabul qilmaslikka, jamiyatni yangilash zaruriyatini inkor 
etishga olib kelishi mumkin”
2
deb ta’kidlaydi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov. 

Biz bugungi kunda haqiqiy qadriyatlarimizni:


— tadrijiylik, andishalilik asosida;
— buhron paytida sabr-toqat, maromiylik va vazminlik asosida
— mulozamatda sertakalluflik, keksalarga munosabatda hurmat-izzat asosida;
— ijtimoiy-siyosiy hayotda bosiqlik, sipolik va boshqa asoslarda asrab-avaylab
rivojlantirmoqdamiz. 
Milliy qadriyatlar ham qandaydir o’zgarmas hodisalar emas. Millat taraqqiyoti bilan bog’liq
bo’lgan ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotning takomillashib borish, yashash va mehnat qilish 
sharoitlar o’zgarishi bilan milliy qadriyatlar ham rivojlanib borishiga imkon yaratiladi. Har bir
qadriyat ma’lum konkret davr, sharoit va ehtiyojlarning mahsuligina emas, balki uning ko’zgusi 
hamdir. Shu nuqtai nazardan qadriyatlarning demokratik tamoyillar bilan qaror topishidagi o’rniga
baho berishdan oldin ulardan foydalanishda ikki omilga alohida e’tibor berish kerak: birinchisi— 
qaysi bir qadriyatlarning yuzaga kelgan aniq tarixiy sharoitlar, ikkinchisi o’sha davrlarga xos
bo’lgan imkoniyat va ehtiyojlarni ham bilish kerak. Shuningdek, umumbashariy demrokratik 
qadriyatlarmi, mintaqaviy qadriyatlarmi, milliy qadriyatlarmi uning qaysi zamin ehtiyoji asosida
vujudga kelganligini, ular o’rtasida qanday uyg’unlik mavjud bo’lganligi, vorisiylik masalalarini 
ham o’rganish zarur. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurishning muhim shartidir.
Ayni paytda, fikrimizcha, muayyan milliy, sinfiy, mintaqaviy, shaxsiy va boshqa xususiy 
1
Мустақиллик изоҳли илмий-оммабоп луғати ( А.Жалолов ва ª.Хоназаров умумий таҳририда) — Т.:”Шарқ“, 

19998, 141 б.


2
Каримов И.А. Ўзбекистон ХХI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт 

кафолатлари. -Т.:Ўзбекистон, 1997, 138 б.




qadriyatlar tizimi ham umuminsoniy qadriyatlar tizimining o’rnini bosa olmaydi.


Fuqarolik jamiyatini barpo etishda umuminsoniy qadriyatlarning namoyon bo’lish xususiyatlari 
nisbiy xarakterga ega bo’lib, uning bu xususiyati, ya’ni nisbiylik har doim ham ko’zga
tashlanavermaydi. Shunga ko’ra demokratik tamoyillarni milliy qadriyatlar bilan uyg’unlashtirishda 
uning quyidagi namoyon bo’lish shakllarini alohida ta’kidlash zarur.
a) demokratik jarayonlarning uzviyligi asosida milliy qadriyat sifatida shakllantirish; 
b) odamlarning tafakkuri va ijtimoiy-siyosiy saviyasi bilan demokratik o’zgarishlar darajasini
mutanosib bo’lishiga erishish orqali; 
v) jamiyatdagi turli xil guruhlar qarashlarini yagona maqsad – «O’zbekiston kelajagi buyuk
davlat» degan milliy g’oya asosida hamjihatlilik, millatlararo totuvlik ijtimoiy-iqtisodiy 
barqarorlikni ta’minlash asosida;
g) demokratik jarayonlar xalqimizning qonunni hurmat qilishi, qonunga itoat etish kabi 
fazilatlariga mos ravishda rivojlanishini ta’minlash;
d) siyosiy munosabatlarda ham axloqiy, ma’naviy, milliy qadriyatlar ustuvorligiga erishish orqali 
umumbashariy demokratik tamoyillarni mamlakat fuqarosining turmush ehtiyojiga aylantirish va
boshqalar. 
Demokratik adolatli jamiyat barpo etishda umuminsoniy qadriyatlar tushunchasiga xos bo’lgan
kundalik muloqotlardagi mazmun bilan falsafiy aksiologik ma’no o’rtasidagi farqqa e’tibor berish 
lozim. Shu nuqtai nazardan bizning fikrimizcha, umuminsoniy qadriyat deganda eng avvalo,
jamiyat va odamzod nasli uchun eng qadrli va uning ma’naviy kamoloti uchun xizmat qiluvchi 
umummjtimoiy ahamiyat kasb etuvchi narsalar, xodisalar, faoliyat va boshqalarning nomi, ularning
ijtimoiy ifodalash uchun ishlatiladigan falsafiy aksiologik tushunchalarni nazarda tutiladi. Demak, 
umuminsoniy qadriyat deganda jamiyat a’zolarining hammasi uchun umumiy ahamiyatga ega
bo’lgan va har bir shaxsning hayotida ro’y berayotgan o’zgarishlarga ijobiy ta’sir etadigan, 
kishilarning xatti harakati, amaliy faoliyati, yashash tarzi, boshqalarga munosabati ham
umuminsoniy qadriyatlarning mezoni sifatida baholanadi. Shu bilan xam umuminsoniy qadriyatlar 
tizimida demokratik tamoyillarning o’zi uning shakllanishi uchun keng maydon ochib beradi. Biroq
bu degani milliy qadriyatlarning o’rni ana shu tizimda passiv holatda ekan-da degan xulosani 
chiqarmaslik kerak. Negaki, qadriyatlar tizimida millat, unga xos bo’lgan belgilar, jihatlar,
xususiyatlar, ularning vujudga kelish jarayoniga bevosita ta’sir ko’rsatadigan hudud, makon va u 
bilan bog’liq tuyg’ular demokratik jamiyatni barpo etishda muhim o’rin egallaydi. Milliy
qadriyatlar shaxs qadriyatlarini umuminsoniy qadriyatlar bilan bog’lovchi zanjirning muhim va 
asosiy bo’g’ini hisoblanadi. Shunga ko’ra, millat xar qanday milliy qadriyatning ob’ekti, uni
yaratuvchisi va milliy qadriyatlar tizimida asosiy tayanadigan ijtimoiy tayanch hamdir. Millat bir 
tomondan, o’zininng qadriyatlarini mutassil vujudga keltirib turganligi bilan ham u yashovchanlik
xususiyatiga ega bo’ladi. Demak, milliy qadriyatlar o’tmishdan kelajakka rivojlanish jarayonida 
ularni doimiy takomillashtirib yangi-yangi qirralarini vujudga keltiradi. Aynan ana shu jarayon
adolatli va demokratik jamiyatning shakllanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Demak, 
birinchidan milliy qadriyatlarsiz demokratiya tamoyillarini hayotga joriy etish, uni har bir shaxsning
turmush tarziga aylantirish mumkin emas. Demokratiya nafaqat shaxs faoliyati, balki u millatning 
ruhiyati hamdir.
Ikkinchidan, demokratik jarayonlar davomida mavjud qadriyatlar tizimining o’zi ham rivojlanib 
va o’zgarib boradi. Uchinchidan, millat milliy qadriyatning xaqiqiy egasi. Demak, millat uning
makon va zamondagi harakati ham, o’tmishdan kelajakka tomon yashashi ham, avloddan avlodga 
etkazib beruvchisi ham, uning asosiy ob’ekti ham aynan shu millatdir. To’rtinchidan, milliy
qadriyatlarning takomillashmaganligi millatning yo’q bo’lib ketishiga va oxir oqibatda egasiz bo’lib 
qolishining boshlanishidir. Sobiq sho’rolar davrida millatga bo’lgan hujum eng avvalo, uning
qadriyatlariga bo’lgan hujumdan boshlanganligini tasodifiy hol emas edi. Buning bir qator 
misollarini ko’hna tarixdan ham, hozirgi davrdan ham ko’plab keltirish mumkin. Beshinchidan,
milliy qadriyatlarning saqlanib qolishi bu faqat ularning o’zini o’zi asrab qolishining asosiy 
masalasi deb qarash kerak emas. Balki har qanday millatning saqlanib qolishi uchun har bir
millatning o’zi javobgar, mas’ul bo’lishi shart. Ana shu javobgarlik, mas’ullik darajasi milliy 

rivojlanish jarayonida alohida ahamiyat kasb etadi. Bu haqda qozog’istonlik professor, faylasuf G’.


Qodirjonov xalqaro konferentsiyalarning birida o’zi tan olib, shunday fikrni bildirdi: “Qozoq 
ziyolilarining o’z ona tillarini o’rganishlari, o’zlashtirishi va o’z tillarida ilmiy falsafiy, siyosiy
kitoblarni yozishi o’ta mushkul bo’lib qolayotganligining sababi - ular milliy ruhining erkinligiga 
nisbatan uzoq yillar xukmron bo’lgan “qizil imperiyaning” mafkuraviy tazyiqining natijasidir.
Bunday holatni Qirg’iziston va O’zbekiston ziyolilari o’rtasida ham kuzatish mumkin”.
1

Milliy qadriyatlarning adolatli demokratik jamiyatni barpo etishdagi o’rnini tahlil etish 


jarayonida eng avvalo, millatning o’zini ijtimoiy qadriyat sifatida qarash zarur. Negaki, millatning


o’zi milliy qadriyatlarning ham ob’ekti va ham sub’ektidir. 
Demak, mamlakatimizda demokratik jamiyat barpo etishda milliy va umumbashariy
qadriyatlarning uyg’unlashuvi taraqqiyotning zaruriy qonunidir. Umumbashariy tamoyillar va 
qadriyatlar qandaydir o’zgarmas, aqidaviy tushunchalar emas. Davrlar o’tishi, sharoit, talab va
ehtiyojlarning o’zgarishi bilan ularning mazmuni, baholash mezonlari ham o’zgarib boradi. Lekin 
bu o’zgarishlardan qat’iy nazar, umuminsoniy qadriyatlar odamlarni jipslashtiruvchi, ma’lum
maqsadlar, ijtimoiy, ma’naviy kamolotining muayyan yo’llari uchun birgalashib kurashishga, 
harakat qilishga chorlovchi ijtimoiy hodisalardir. Umuminsoniy qadriyatlar turli davlatlar, xalqlar
o’rtasidagi ko’prik vositasini o’tab, odamlarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi, hamjihatlik va 
hamkorlikka chorlovchi kuch vositasini o’taydi. Ma’naviyat borasida ham umuminsoniy qadriyatlar
xalqlarning barcha madaniyatini yaqinlashtiradi va ularning tezroq kamol topishga imkon yaratib 
beradi.
O’zbekistonda erkin, demokratik jamiyat qurish vazifasini amalga oshirish jarayoni 
demokratiyaning umuminsoniy va milliy-ma’naviy qadriyatlari uyg’un ekanligi e’tirof etiladi.
Demokratiyaning asosiy belgisi aniq olgan u yoki bu mamlakatda xalqni oliy hokimiyatning amalga 
oshiruvchi manbai ekanligini e’tirof etishdir. Ayni paytda turli xalqlar xalq hokimiyatining shakli
va mazmunini turli davrlarda turlicha talqin etishlari mumkin. Masalan demokratiyaning antik 
davrdagi talqini bilan Evropadagi hozirgi zamon talqini ham aynan bir xil emas. Qaysiki, muhim
demokratik milliy va umuminsoniy qadriyatlar va tamoyillar turli xil siyosiy rejimlarda, unga mos 
ravishda shu mamlakat va mintaqadagi xalqlarning milliy-madaniy, tarixiy va boshqa an’analarida
o’zining hayotiy ifodasini topgan.



Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin