O’quv materiallari ( ma’ruzalar t o’plami )


 – Mavzu. Fuqaro erkinligi va faolligini ta’minlash – demokratik



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə20/30
tarix25.12.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#194224
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30
1-mavzu. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va-fayllar.org

8 – Mavzu. Fuqaro erkinligi va faolligini ta’minlash – demokratik 

jamiyat qurish omili. 

REJA: 
1.Fuqaro erkinligi va faolligi tushunchasi va uning inson ijtimoiy-siyosiy 
tafakkuri tarixidagi talqinlari.
2.Fuqaro erkinligi va faolligining asosiy mezonlari. 
3.Fuqaro erkinligi va faolligi demokratik jamiyat qurishning zaruriy
sharti. 
Fuqarolik tushunchasi jamiyatning hozirgi davr demokratik, huquqiy davlat tomon 

rivojlanishida katta yo’lni bosib o’tdi. U jamiyatning demokratik rivojlanishida


qo’lga kiritilgan ulkan yutuqlardan biri. 
Fuqarolik tushunchasi qadimiy Yunonistonda va Rimda mavjud bo’lsa-da, asosan
feodalizm inqirozga uchrab, jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayot 
demokratiya va bozor munosabatlari zaminiga o’ta boshlaganda, hozirgi shaklida
paydo bo’la boshladi va ilk bor «shaharli» (frantsuzcha «situayyan», inglizcha 
«sitezen», ruscha «gorojanin-grajdanin») degan ma’nolarni anglatgan. Mustaqillik
e’lon qilingandan so’ng, o’zbek tilida o’tmishdagi «grajdanlik» so’zi o’rniga 
«fuqarolik» degan atama qabul qilindi
1

1
Мустақиллик: Изоҳли илмий-оммабоп луғат. -Т.: Шарқ, 1998. 225-б. 



Mustaqillik yillarida fuqaro erkinligi va uning faolligi masalasi demokratik jamiyat


barpo etishning muhim shartlaridan biri sifatida qabul qilingan qoidalardan asosiysini 
tashkil etadi.
Shu o’rinda erkinlik tushunchasini aniqlash ham zarurdir. Negaki, fuqaro erkin 
bo’lgan taqdirdagina, jamiyat taraqqiyotga erishadi.
Ijtimoiy-siyosiy falsafada individlar erkinligi va ular irodasining erkinligi bir-
biriga o’xshash tushunchalar deb qabul qilinadi. Buning asosiy sabablaridan biri,
huquqning o’zi odamlar erkinligi shakli, ya’ni ular irodasining erkinligi ekanligi bilan 
belgilanadi. Shu nuqtai nazardan «fuqaro erkinligi» tushunchasi ham politologik, ham
huquqshunoslik fanlarining umumiy kategoriyalari sifatida o’rganiladi. Demokratiya 
asosiy inson erkinligini qonunlar orqali kafolatlaydi. Demak, demokratiyaning o’zi
ochiq muhokama, ijtimoiy ziddiyatlarni ifoda etish va bartaraf qilish usuli sifatida, 
fuqarolik va siyosiy huquqlar deklaratsiyalarida qayd qilingan erkinliklarsiz mavjud
bo’la olmaydi. Bu erda so’z erkinligi va o’z fikrini erkin ifodalash huquqi, erkin 
uyushmalar tuzish huquqi, hayot tarzini o’zgartirish erkinligi va shaxsning
xavfsizlikka bo’lgan huquqi to’g’risida ketmoqda. Ushbu huquqlar demokratiyaning 
asl mohiyatini tashkil qilgani bois, ular himoya qilinishi kerak.
Hozirgi davr ijtimoiy-siyosiy fanlarida «inson» deganda Erda yashayotgan
mavjudot turlaridan biri tushuniladi. Inson alohida olingan tur (Homo sapiens)
vakilini ifodalovchi umumiy tushunchadir. Inson, umuman zotning yig’iq obrazi 
sifatida bioijtimoiy mavjudot bo’lib, u bir vaqtning o’zida ham tabiatga, ham
ijtimoiy hayotga mansubdir. Individ - inson zotining alohida olingan nusxasi, uning 
vakillaridan biri. Shaxs esa u yoki bu inson sifatida namoyon bo’lib, u ma’lum va
betakror individuallikka ega bo’ladi. Individning jamiyatga kirish jarayonlari uning 
ijtimoiylashuvini ta’minlaydi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishish natajasida
individning jamiyatdagi qadriyatlar va me’yorlarni o’zlashtirib borishi uchun zamin 
yaratiladi. Bu jihatdan yondashganda, u ijtimoiy ta’sir ob’ektidir. Shuningdek, individ
ijtimoiylashuv oqibatida jamiyatdagi turli munosabatlarda faollashadi va bunda u
ijtimoiy munosabatlar sub’ekti sifatida harakatlanuvchi shaxsga sub’ektga, kuchga
aylanadi. 

Insonning paydo bo’lishi, uning jamiyatdagi o’rni va mohiyati doimo ijtimoiy


fanlarning muhim va bahstalab sohalaridan biri bo’lib keldi. Aristotelning 
ta’kidlashicha, «inson - tabiatan (mohiyatan) ijtimoiy»
1
ekanligini ta’kidlash bilan 

birga, «umumiy ma’noda kimda-kim hokimiyat yuritish va bo’ysunishga taalluqli


bo’lsa, o’sha fuqarodir; har bir davlat tuzumida fuqaroning mohiyati o’zgaradi. 
Davlat tuzumining eng yaxshi turida kimda-kim ma’naviy qadriyatlar talablariga mos
hayotni nazarda tutgan holda bo’ysunish va hokimiyat yuritishni xohlasa va unga 
qobil bo’lsa, ana o’sha fuqarodir»
2

Insonning mohiyatini dastlabki o’rgangan olimlardan biri Xitoydagi Konfutsiy va


uning izdoshlari edi. Eramizdan ilgari 298-238 yillarda yashagan Konfutsiyning 
izdoshi bo’lgan olim Sen-tszi shunday deb yozgan edi:«Tug’ma xususiyatlar - bu
samoviy munosabatlar hosilidir. Ularga ta’lim yoki odamning o’zini yaratuvchilik 
ijodi vositasida erishib bo’lmaydi. Inson yovuz tabiatga ega. Insondagi ezgulik
manfaatlar uchun orttirilgan fazilatdir. Hozirgi inson tug’ilishidan boshlab foyda 
olishga intiladi. Bu shunga olib keladiki, kishilar o’zaro raqobatlashadilar va bir-
birlariga yon bermaydilar. Shuning uchun ham tarbiya yo’li bilan inson tabiatini 
o’zgartirish, yaratilgan qoidalar asosida ta’lim berib, ularni adolatlilikka va
mas’uliyatlikka o’rgatish lozim»
1
. Ko’rinib turibdiki, insonni jamiyatga uyushishi 

yoki uning jamiyat a’zosiga aylanishi va faollashuvi uchun u ma’lum darajada tashqi


ta’sirga va hayotdagi ijtimoiylashuvga ehtiyoj sezadi. 
Insonning muhim xususiyatlaridan biri - uning ijtimoiy mavjudot ekanligidir.
Inson o’zining ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida o’zi kabi insonlar bilan 
birlashishga intiladi. Insonning ijtimoiylashuvi sun’iy xarakter kasb etib, u shaxs
sifatida boshqa insonlar o’rtasidagi muhitdagina shakllana oladi. Agar u insoniy 
munosabatlardan holi bo’lsa, o’zidagi yovuzlik yoki hayvoniy tabiatidan xalos
bo’la olmaydi. Insondagi jamiyatga uyushishga intilishning tabiiy tarzda kechishini 
Abu Nasr Forobiy quyidagicha ifodalaydi:«Har bir inson o’z tabiati bilan shunday
tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi etuklikka erishmoq uchun ko’p narsalarga 
1
Аристотель. Соч. в 4-х т. -М.: Мысль,1984,с.63. 

2
Ўша жойда, 471-бет. 


1
Антология мировой философии. В 4-х т. М.: 1969. Т.1. стр.230-231.

muhtoj bo’ladi. U bir o’zi bunday narsalarni qo’lga kirita olmaydi, ularga ega


bo’lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug’iladi… Shu sababli yashash uchun
zarur bo’lgan, kishilarni bir-birlariga etkazib beruvchi va o’zaro yordamlashuvi
orqaligina odam o’z tabiati bo’yicha intilgan etuklikka erishuvi mumkin. Bunday
jamoa a’zolarining faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va etuklikka
erishuv uchun zarur bo’lgan narsalarni etkazib beradi. Shuning uchun inson shaxslari
ko’paydilar va erning aholi yashaydigan qismiga o’rnashdilar, natijada inson
jamoasi vujudga keldi»
2
.

An’anaviy jamiyatlarda insonning yaratuvchilik ijodiy qobiliyati ancha


chegaralandi. Chunki an’anaviy jamiyatlarda mehnatning tabiiy taqsimoti va


ixtisoslashuvi adolat printsiplariga asoslanmadi. Shuningdek, bu jamiyatlarda 
shaxslararo munosabatlarning o’ta tabaqalashuvi, o’zaro harakatlar va
munosabatlarni norasmiy muvofiqlashtirilishi, jamiyat a’zolarining bir-biriga tobelik, 
urug’chilik va qon-qarindoshlik munosabatlari bilan bog’liqligi natijasida shaxs
erkinligi ham ta’minlanmadi. Boshqaruvdagi primitiv tizimlar imtiyozsiz jamiyat 
a’zolarining faolligini pasaytirib, bu holat shaxsning ijodiy faoliyat ko’rsatish va
fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga imkon bermas, natijada o’zaro munosabatlar
biqiq tarzda ro’y berar edi.
Zamonaviy jamiyatning paydo bo’lishi bilan insonning ijtimoiy va siyosiy
munosabatlardagi o’rni yuksalib bordi. Bu jamiyatlarda o’zaro munosabatlarning
bir-biriga ta’sir etish darajasi va mehnat taqsimotining chuqurlashuvi ro’y berdi. 
Bu jarayonlarning sekinlik bilan yuksak ta’lim va tajribaga, shuningdek, yuqori
kasbiy malakaga asoslanishi, ijtimoiy munosabatlarning qonunlar, me’yorlar, 
shartnomalar asosida muvofiqlashtirishning rasmiy tizimini yaratilishi zamonaviy
jamiyatlarni xalqchil bo’lishiga zamin yaratdi. Dinni davlat va boshqaruvdan 
ajratilishi, ijtimoiy institutlarning ko’payishi va rivojlanishi kabi omillar natijasida
insonlararo munosabatlar yuksalib, siyosiy institutlarni nazorat etish, inson huquq va 
erkinliklarini himoya etish, jamiyatda tenglik o’rnatish imkoniyatlari paydo bo’ldi.
2
Абу Наср Форобий. Фозил одамлар шаіри. Т.:А.Кодирий номидаги «Мерос» нашриёти, 1993, 186-бет.

XX asrga kelib eng takomillashgan va zamonaviy kishilik birliklarini fuqarolik


jamiyati, deb atash rusumga kirdi.
Fuqaro huquqlarini ta’minlashda insonning tabiiy huquqlarini e’tiborga 
olish muhim ahamiyatga egadir. Qadimgi antik faylasuflar talqinicha, tabiiy huquq
tabiatiga bog’liq holda insonlar tug’ilishlaridanoq bir xildirlar. Ijtimoiy shartnomalar 
asosida qonun va davlat paydo bo’ldi. Aristotelning fikricha, insonni tug’ilishidayoq
paydo bo’lgan xususiy mulkka bo’lgan tabiiy huquqi insonning tabiati va uning 
dastlabki o’zini o’zi sevishiga asoslanadi. Qolaversa, ana shu tabiiy huquqni
ta’minlashga intilish, xususiy mulk jozibasi, uni saqlash va ko’paytirish manfaatlari 
insonni jamiyatda tezlik bilan ijtimoiylashuviga va faollashuviga olib keladi.
Tor ma’noda inson huquqlari tushunchasiga faqat davlat himoya qiladigan va 
kafolat beradigan huquqlar kirib, xozirgi davrda ularni konstitutsion-huquqiy asoslar
yoki va davlat chegaralari bilan cheklab qo’yish oson vazifa emas. Bu huquqlarga 
barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi, yashash va jismoniy daxlsizlik huquqi,
inson qadr-qimmatini hurmat qilish, o’zboshimchalik va noqonuniy ushlash yoki 
qamash, vijdon va din erkinligi, ota-onalarning o’z bolalarini tarbiya qilish huquklari,
zulmkorlarga qarshilik qilish huquqi va boshqalar kiradi. Keng ma’nodagi inson 
huquqlari esa o’zida shaxs erkinligi va huquqlarining keng majmuasi va turlarini
ifodalaydi.
Barcha inson huquqlarini negativ va pozitiv yo’nalishlarga bo’lishga doir
tasniflash keng tarqalgan. Mazkur huquqlarni bu kabi bo’linishi erkinlikni negativ va 
pozitiv jihatlarini ifodalashga asoslanadi. Ma’lumki, erkinlikning negativ ahamiyati
nuqtai nazariga binoan shaxsga nisbatan majburlash va cheklashlarning yo’qligi 
tushuniladi. Pozitiv nuqtai nazardan esa tanlash erkinligi, asosan, insonning o’z
maqsadlariga erishish qobiliyati, uning individual rivojlanishi va umuman, uning 
qobiliyatlarini paydo bo’lishi tushuniladi. Erkinliklarning mazkur bo’linishidan kelib
chiqib, negativ huquqlar deganda, davlat va boshqa insonlarning individga nisbatan u 
yoki bu harakatlardan o’zini tiyib turishi tushuniladi. Bu huquqlar shaxsni noxush
ta’sirlardan, uning erkinligini buzishi mumkin bo’lgan aralashish yoki cheklashlardan 
himoya qiladi. Bu huquqlar asos bo’luvchi, muhim va mutlaq huquqlar sirasiga


kiradi. Mazkur huquqlarni ta’minlash davlat resurslari yoki mamlakatning ijtimoiy-


iqtisodiy rivojlanish darajalariga bog’liq emas. Negativ huquqlar esa shaxs 
erkinligining asosidir.
Negativ huquqlardan farqli o’laroq, pozitiv huquqlar fuqaroga uni u yoki bu 
ne’matlar bilan ta’minlash, uning ma’lum harakatlarini amalga oshirishi uchun
davlat, shaxslar va tashkilotlar majburiyatlarini ifodalaydi. Bu - masalan, ijtimoiy 
yordam olish, ta’lim olish, sog’liqni saqlashni himoya qilish, munosib yashash
darajasini ta’minlanishi huquqlari kabilardir. 
Insonning fuqarolik (shaxsiy), siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy
huquqlari amalga oshish yo’nalishlaridan kelib chiqib, negativ va pozitiv huquqlar
sohalariga bo’linadilar. Ularning ichida fuqarolik huquqlari insonning tabiiy, asos
bo’luvchi va ajralmas negativ huquqlari doirasiga kiradi.
Mustaqillik davrida O’zbekiston jamiyatida inson huquqlarini himoya qilish va
ularni ta’minlashning huquqiy asoslari rivojlangan mamlakatlar tajribasi va milliy 
qadriyatlar talablari darajasida shakllandi. Shuningdek, Konstitutsiya va qonunlar
inson huquklari va erkinliklarini ta’minlashning fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat 
talablari darajasidagi mezonlari va me’yorlarini yarata oldi. Konstitutsiyaning 24-
moddasidagi «Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga 
suiqasd qilish eng og’ir jinoyatdir», 25-moddasidagi «Har kim erkinlik va shaxsiy
daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki 
qamoqda saqlanishi mumkin emas», 27-moddasidagi «Har kim o’z sha’ni va
obro’siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va 
turar joyi daxlsizligi huquqiga ega. Hech kim qonun nazarda tutgan hollardan va
tartibdan tashqari birovning turar joyiga kirishi, tintuv o’tkazishi yoki uni ko’zdan 
kechirishi, yozishmalar va telefonda so’zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin
emas», 29-moddasidagi “Har kim fikrlash, so’z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega...”, 
32-moddasidagi “O’zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini
boshqarishda bevosita hamda o’z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. 
Bunday ishtirok etish o’z-o’zini boshqarish, referendumlar o’tkazish va davlat
organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo’li bilan amalga oshiriladi”, 36-

moddasidagi «Har bir shaxs mulkdor bo’lishga haqli. Bankka qo’yilgan omonatlar sir


tutilishi va meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi», 43-moddasidagi “Davlat 
fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va
erkinliklarini ta’minlaydi”
1
kabi fuqarolik jamiyati qurishning demokratik 

qadriyatlari va tamoyillari shakllanishini ta’minlaydigan qonun va qoidalarning


kiritilishi O’zbekistonda demokratik jamiyat barpo etishning kelajak istikbollarini 
belgilab berdi.
Fuqaro erkinligini ta’minlash uning burchlari bilan mustahkam bog’langandagina, 
real voqelikka aylanishi mumkin. Rivojlangan mamlakatlarda fuqaro burchlariga
qonunlarga amal qilish, boshqa shaxslar huquq va erkinliklarini hurmat qilish, 
soliqlarni to’lash, harbiy majburiyat, tabiat, atrof-muxit, tarixiy yodgorliklarni asrash
kabilar kiradi. Ba’zi mamlakatlarda esa davlat hokimiyati organlariga saylovlarda 
ovoz berish ham muhim fuqarolik burchlaridan biri hisoblanadi. Demokratik jamiyat
qurish tajribalari ko’rsatdiki, qaysi bir jamiyatda mansabi, irqi, jinsi va boshqa 
ijtimoiy darajasi qanday bo’lishidan qat’iy nazar, fuqarolar konstitutsiya va qonunlar
bilan mustahkamlab qo’yilgan o’z burchlarini amalda bajarganlaridagina, o’zlari 
uchun tegishli bo’lgan erkinliklari va huquqlaridan foydalana olishlari mumkin. Aks
holda, bu demokratik qadriyatlar qo’pol ravishda buzilib kelgan. Shuning uchun ham 
O’zbekiston Konstitutsiyasining IX bobidagi 6 ta modda maxsus ravishda
fuqarolarning burchlarini mustahkamlab qo’ygan. Xususan, Konstitutsiyaning 48-
moddasi quyidagicha ifodalanadi: «Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya
etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat 
qilishga majburdirlar».
Demokratik jamiyat barpo etishda fuqarolarning ijtimoiy jarayonlarda faol
ishtirok etishi eng muhim omillardan biridir. Bu haqda mamlakat Prezidenti
I.A.Karimov quyidagi fikrni bildiradi: “Hokimiyat tuzilmalarining demokratik 
mazmuni ko’p jihatdan davlatni boshqarishda fuqarolarning ishtirok etish masalasi
qanchalik hal qilinganligi bilan belgilanishi ma’lum. O’zbekistonda ushbu huquqning 
amal qilishi uchun qonun asoslari yaratilgan. Biroq hali jamiyat va fuqarolar davlatni
1
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. –Т.: Ўзбекистон, 2000, 10-14-бетлар. 

boshqarishda ishtirok etish, o’zlari qanday boshqarilayotganligi haqida ma’lumot


olish huquqini anglay boshlashiga va bu huquqdan foydalana oladigan bo’lishlariga 
erishish kerak. Shunday sharoitdagina davlat va uning institutlari, mansabdor shaxslar
jamiyat va fuqaro oldidagi o’z mas’uliyatlarini his qiladilar. Buning uchun 
fuqarolarning siyosiy faolligini oshirish zarur. Barqaror, mustahkam tizimlarda, agar
fuqarolarning siyosiy manfaatlarini ro’yobga chiqarish uchun hamma huquqiy, 
demokratik shart-sharoitlar yaratilgan bo’lsa, aholining o’zi ixtiyoriy ravishda,
professional asosda mamlakatning siyosiy hayotida tobora keng ishtirok etadi”. 
Mustaqillik davrida yoshchlarning ijtimoiy faolligini oshirishga ham muhim
e’tibor berildi. Mamlakatda O’zbekiston yoshlarining «Kamolot» ijtimoiy harakati 
jamiyatning barcha yo’nalishlarida keng faoliyat olib bormoqda. Harakat
faoliyatining asosiy maqsadi - yoshlarni birlashtirish, sog’lom turmush talablari 
asosida tarbiyalash, ularning manfaatlarini himoya qilish, yosh yigit-qizlarning o’z
aql-zakovati, kuch-g’ayratini to’la namoyon etishi, jamiyatda munosib o’rin 
egallashlari uchun shart-sharoit yaratib berishdan iborat, deb belgilangan. Harakatga
Vatan taraqqiyoti, yurt tinchligi, xalq farovonligi yo’lida mehnat qilish va kurashishni 
o’zi uchun hayotiy e’tiqod deb biladigan, o’qishda, mehnatda, harbiy xizmatda,
jamoatchilik ishlarida boshqalarga o’rnak bo’ladigan o’n to’rt yoshdan yigirma 
sakkiz yoshgacha bo’lgan O’zbekiston yoshlari a’zo bo’lishi mumkin. Harakatning
viloyat, shahar va tuman bo’limlari, maktablar, litsey hamda kollejlar, oliy o’quv 
yurtlari, mehnat jamoalari, harbiy qismlarda bo’lim va boshlang’ich tashkilotlari
faoliyat olib boradi. Mamlakatda 14 yoshdan 28 yoshgacha bo’lgan yoshlarning soni 
7 milliondan ortiqroqni tashkil etadi. Hozirgi davrda harakatning boshlang’ich
tashkilotlari soni 20 mingdan ortiqroqni tashkil etib, ular 4 milliondan ortiqroq 
yoshlarni birlashtiradi. Shuningdek, harakat tarkibida uning homiyligi asosida
ishlaydigan 7 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan o’quvchilarni birlashtirgan Bolalar 
tashkiloti o’z faoliyatini tarbiyaning o’ziga xos yondashuv va usullaridan
foydalangan holda, bolalar dunyoqarashiga vatanparvarlik, ijtimoiy tadbirlarda faol 
ishtirok etish, o’zini o’zi boshqarishni o’rganishni singdirish kabi yo’nalishlarga
qaratgan.

Ijtimoiy-siyosiy faollikni oshirishda saylovlar muhim o’rin tutadi. Unda avvalo,


saylovchilarning ixtiyoriy bergan ovozlariga binoan siyosiy institutlar legiòèmligi 
oshadi. Qolaversa, saylovlarda jamiyatdagi turli xil guruhlarning tinch
raqobatdoshligi kutilganligi sababli ham saylash jarayonlari siyosiy ziddiyatlarni hal 
etishga olib keladi. Shuningdek, saylovlar aholi siyosiy manfaatlarini ifoda etuvchi
siyosiy partiyalar, boshqa siyosiy tashkilotlarning faol harakatlari tufayli turli 
ekstremistik harakatlarni cheklab turadi. Shu bilan birga saylovlar fuqarolaðning
ijtimoiy-siyosiy ijtimoiylashuviga ko’maklashadi. Saylovlardagi turli kampaniyalar, 
ularni ommaviy axborot vositalarida yoritish kabi tadbirlar saylovchilar siyosiy va
huquqiy madaniyatlarini yuksaltiradi. Shuningdek, saylovlar fuqarolarning siyosiy 
jarayonlarda faol ishtirok etishiga qulay imkoniyatlar yaratadi.
Mamlakatda o’tkazilgan saylovlarni tahlil etish ko’rsatdiki, fuqarolarning ijtimoiy-
siyosiy faolligi yildan-yilga o’sib bormoqda. Mamlakat fuqarolari hozir mamlakatda
amalga oshirilayotgan siyosiy jarayonlar va islohotlarga nisbatan befarq emaslar. 
Ayniqsa, fuqarolarning o’z manfaatlarini ijtimoiy faollik va guruhiy nodavlat
tashkilotlar vositasida ifoda etish, ularni qondirishga intilishlari rivojlanib bormoqda. 
Lekin, shu bilan birga, fuqarolarning qarorlar qabul qilishdagi faolligini oshirish
uchun ular dunyoqarashida demokratik tamoyillar asosidagi siyosiy va huquqiy 
ongni singdirish ehtiyojlari sezilmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri, iqtisodiy va
siyosiy hayotni erkinlashtirishdir. 
O’z-o’zidan ravshanki, siyosiy tuzum to’la-to’kis amal qilishini va uning yanada
erkinlashuvini ta’minlash uchun uni tashkil etuvchi hamma tuzilmalar, ya’ni mavjud 
sub’ektlar - shaxs, siyosiy institutlar, aholining ijtimoiy guruhlari hamda qatlamlari
va xokazolar to’laqonli faoliyat ko’rsatishiga erishish zarur”. 
Xulosa qilib aytganda, insoniyat borliqni va ijtimoiy hayotda erkinlikni
ifodalashning huquqdan tashqari boshqa biron-bir shaklini hozirgacha kashf etmagan. 
Bu mantiqan ham, amalda ham mumkin emas. Odamlar o’z tengligi darajasida
erkindirlar va erkinligi darajasida tengdirlar. 





Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin