O’quv materiallari ( ma’ruzalar t o’plami )


-mavzu.Oila – demokratik jamiyat qurishning asosiy bo’g’ini



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə23/30
tarix25.12.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#194224
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30
1-mavzu. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va-fayllar.org

10-mavzu.Oila – demokratik jamiyat qurishning asosiy bo’g’ini 

Reja. 
1.Demokratik jamiyat shakllanishida oilaning roli. 
2.Mustaqillik yillarida oilaga bo’lgan munosabatning kuchayishi.
3.Fuqarolik jamiyatida oilaning takomillashuvi. 
Sunggi yillarda iqtisodiyotda globallashuv jarayonlarining faollashuvi, ma’naviyat va axloqiy 

tarbiyada g’arb ma’naviyatiga xos bo’lgan individualizmning kuchayishi hayotimizning barcha


jabhalariga va ayniqsa oila muhitiga sezilarli ta’sir ko’rsatmoqda. Darhaqiqat, oila barcha islohotlar, 
o’zgarishlar, tanazzul va taraqqiyotlarning ibtidosi va intihosi hisoblanadi.
Mamlakatimizning ertangi porloq istiqbolini ta’minlashda boshqa ijtimoiy institutlar bilan bir 
qatorda oila omiliga ham katta e’tibor qaratilayotganligi barcha sohalarda amalga oshirilayotgan
islohotlarning mantig’i ham shundan iboratdir. Shunday ekan, oila muhitida mamlakatimizning 
umumiy rivojlanishiga munosib hissa qo’sha olishga qobil va tayyor shaxslarni shakllantirish uchun
birinchi galda nimalar qilishimiz lozim va qaysi jihatlarni rivojlantirishimiz uchun jiddiy e’tiborni 
qaratishimiz zarur? Dastavval, o’sib kelayotgan yosh avlod ongi, shuuri, ma’naviyatida Vatan
tuyg’usini mustahkam qaror toptirish ishi xalqimiz uchun taqdirilomon vazifa sanaladi. Negaki, 
qadim-qadimdan oila - muqaddas Vatan sanalgan. Zero, oilaga sadoqat, ota-onaga oqibat, aka-
ukalarga mehrlilik vatan tuyg’usining debochalaridir. Oilaga samimiy sadoqat bo’lmagan joyda, 
farzandlar oldida ota-ona hurmati yo’q. Bunday holatda na qarindoshlarga, na mahallaga va na
vatanga muhabbat tarkib topadi. Shu boisdan ham Prezidentimiz I.A.Karimov “oilaga e’tiborimizni 
tubdan o’zgartirish, oilalarni avvalo ijtimoiy jihatdan himoyalash, e’zozlash, qo’llab quvvatlash-
bugungi kunimiz uchun va ertangi istiqbolimiz uchun naqadar muhim va dolzarb ekanligini yaxshi 
tushunishimiz va anglashimiz darkor”
16
, deya alohida qayd etganliklari bejiz emas. 

Oila omilining mustahkamlanishi bir tomondan, oilaga davlat va jamiyat e’tiborining


kuchayishiga bog’liq bo’lsa, ikkinchi jihatdan, oilaning sub’ektiv, ya’ni, ichki imkoniyatlarini 
to’laroq yuzaga chiqazish bilan bog’liqdir. Oilaning ichki imkoniyatlari deganda oila tarkibi, oila
a’zolarining ijtimoiy mo’ljallari, o’z oldilariga qo’yayotgan maqsadlari, farzandlar tarbiyasi, ta’lim, 
shaxsning individual taraqqiyoti, axloqiy tarbiya, mehr, sadoqat, sabr, muhabbat omillarining oila
muhitida amal qilishi tushuniladi. 
16
1998 йил – Оила йили, -Т.: Ўзбекистон, 10-бет

Dastavval, oila tarkibi va farovonligi masalasiga to’xtalsak. BMTning YuNISEF tashkiloti


tomonidan o’rganilgan holatlar natijasiga ko’ra, O’zbekiston aholisining yarmidan ko’prog’i, ya’ni 
11 millioni 18 yoshgacha bo’lganlarni tashkil etib, har bir oila boquvchisi o’zi bilan o’rtacha 5,2
kishini boqish mas’uliyatini zimmasiga olib yashaydi. Taqqoslash uchun mamlakatimizga aholi 
nufuzi bo’yicha birmuncha yaqinroq bo’lgan Ruminiya yoki Polshani misol qilib olsak, bu
davlatlarda har bir boquvchi zimmasiga 0,5 bolani boqib, o’stirish to’g’ri kelmoqda. Polshaning 35 
million aholisining 22 millioni, Ruminiyaning 23 million aholisidan 16 millioni moddiy, yoki
nomoddiy ishlab chiqarish sohalarida mashg’ul bo’lib kelayotgan bo’lsalar, O’zbekistonning 25 
million aholisidan 5 millionga yaqini ishlab chiqarish, boshqaruv tijorat, maorif, tibbiyot singari
sohalarda faoliyat yuritmoqdalar. Tabiiiyki, bunday holat vaqtincha muayyan iqtisodiy 
qiyinchiliklar tug’dirsa-da, har o’tgan yil moddiy va nomoddiy ishlab chiqirishga millionlab yangi
ishchi kuchlarining kelib qo’shilishiga va pirovard natijada mamlakatimizning umumiy salohiyati 
darajasini uzluksiz ravishda oshuviga olib keladi.
Bil’aks, istiqlol sharofati bilan ma’naviy tiklanish jarayonlari dadil kechayotgan mamlakatimizda 
oila instituti ijtimoiy hayotda tobora mustahkamroq o’rin egallab bormoqda. Bu borada
yurtboshimiz I.A.Karimov asoslab bergan oila omilini mustahkamlash kontsepsiyasi e’tiborga 
sazovordir.
“Oila hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf-
odatlarimizni saqlaydigan, kelajak nasllar qanday inson bo’lib etishishiga bevosita ta’sir
ko’rsatadigan tarbiya o’chog’idir”
17
.

Oila mustaqil ijtimoiy institut bo’lib shakllanganidan to istiqlol davrigacha ko’p


qirrali va murakkab yo’lni bosib o’tdi. Har bir tarixiy davrda oila a’zolarining o’zaro


munosabatlari xilma-xil mazmun bilan boyib bordi hamda oila davrning chigalli sinovlaridan omon 
o’tib, jamiyatning negizi sifatidagi xususiyatini saqlab qoldi. Oilaning jamiyatdagi muhim ijtimoiy
institut sifatidagi o’rni xususida mutafakkirlarimiz ibratli nuqtai-nazarlar bayon etishgan. 
Xususan bu borada, ya’ni oila va oilaviy tarbiyaga oid fikrlar Abu Nasr Farobiyning “Fozil
odamlar shahri”, Abu Rayhon Beruniyning “Mineralogiya”, “Geodeziya”, “Hindiston”, “O’tgan 
avlodlar obidalari”, Abu Ali ibn Sinoning “Axloq”, “Axloq fani”, “Oila xo’jaligi”, Alisher
Navoiyning “Hayrat-ul abror” va “Mahbub-ul qulub” asarlarida o’z ifodasini topgan. 
Ayniqsa XX asr boshlaridagi milliy ozodlik kurashchilari bo’lgan jadidlar oila instituti orqali
jamiyatni isloh qilish uchun astoydil kirishganlar.
Oilaning huquqiy asoslari mamlakatimiz Konstitutsiyasining 66-bandida “voyaga etgan,
mehnatga layoqatli farzandlar o’z ota-onalari haqida g’amxo’rlik qilishga majburdilar”, deb maxsus 
qayd etiladi. Shu o’rinda qayd etish joizki, dunyo konstitutsiyalarining birortasida ham bunday
mazmundagi huquqiy modda alohida ajratib ko’rsatilmagan bo’lib, masalaning bu tarzda, qo’yilishi 
O’zbekistonda ota-ona va farzand munosabatlari umumdavlat darajasidagi favqulodda muhim
masala ekanligidan dalolatdir. 
Jadidlar harakatining yirik nazariyotchisi professor A.Fitrat o’zi yashagan davr hayotning
barcha sohalarida chuqur inqirozga yuz tutganligi tufayli u xonliklarning ayanchli ahvoli, ularning 
umumjahon jarayonlaridan ancha orqada qolganligi, ma’naviy qashshoqlanish yuz berganligi
haqida kuyinib yozadi. Bu tasodifiy emas edi. Negaki o’tgan asrning boshida, ya’ni A.Fitrat 
yashagan davrda sharq oilalariga g’arb turmush tarzi singdirila boshlagan edi. U o’zining “Oila
yoki oilani boshqarish tartiblari” asarida oila asosini to’g’ri qurish, oilada yosh avlodga jismoniy, 
aqliy va axloqiy tarbiya berish orqali mana shu turg’unlikdan qutilish, jamiyatni isloh qilish
mumkinligini bayon qilgan. “Millat taqdiri mana shu millat vakillari yashagan oilaning holatiga 
bog’liqdir... Qaerda oila munosabati kuchli intizomga tayansa, malakat va millat ham shuncha
kuchli va tartibli bo’ladi”
18
, deb yozadi u mazkur asarda. 

17
Каримов И.А. Оила фаровонлиги – миллат фаровонлиги. «Маърифат», 1997. 10 декабрь.


18
Абдурауф Фитрат. Оила. Т.: Маънавият, 1998, 8 - бет



Fitrat o’z fikrini davom ettirib, “Agar bir mamlakat aholisi axloqsizlik va johillik bilan oilaviy


munosabatlarni zaiflashtirib yuborsa va intizomsizlikka yo’l qo’ysa, shunda bu millatning saodati 
va hayoti shubha ostida qoladi”
19
, deb yozadi. 

Muallif oilaviy hayot o’z qonun va qoidalariga ega ekanligini, bu qonunlarga rioya qilish


orqaligina odamlarni jaholatdan qutqarish mumkinligini bayon etadi.
Oila institutining barqarorligi jamiyatning barcha sohalariga o’z ta’sirini o’tkazadi G’arb olimlari
tadqiqotlarida oilaning inqirozi xususidagi nuqtai-nazarlar keng bayon etilmoqda. Xususan, 1859 
yilda “Boston Kuaterli Revyu” jurnali shunday deb yozgan edi: “Eski ma’nodagi oila hayotimizdan
yo’qolmoqda va bu nafaqat institutlarimizning erkin xarakteriga xavf ostida qoldiradi”. Bunday 
fikrlar ko’pgina G’arb mamlakatlari bo’ylab aks-sado berib o’tdi. 1980 yilda Britaniyada
konservatorlar partiyasi oila tushunchasini siyosiy jihatdan muhokama qildi. 1986 yilda Angliyada 
bosh vazir lavozimida ishlagan Margaret Tetcher konservatorlar partiyasi konferentsiyasida:
“Bizning siyosatimiz oiladan, uning erkinligidan va uning xotirjamligidan boshlanadi”
20
dedi.

Boshqa tomondan, oilaning tanqidchilari oila institutining tushkunligini va hatto bora-bora yo’qolib


ketishini bashorat qiladilar.
Oilaning yo’qolishi to’g’risida hali asoslanmagan holda shunchalik ko’p gapirildiki, bunday
umumiy mulohazalarga tanqidiy yondoshish lozim.
21

Tabiiyki, oila instituti bugungi kunda fundamental o’zgarishlarni boshdan kechirmoqda. Ammo, 


G’arb dunyosida yuz berayotgan ijtimoiy o’zgarishlarni o’z holicha Sharq olamiga, xususan


O’zbekiston turmush tarziga aynan ko’chirib talqin etish to’g’ri emasdir.

Oila millat sharafini yuqori martabaga ko’taradigan mehr-muruvvat va madaniyat


o’chog’i ham hisoblanadi. Mohiyat e’tiboriga ko’ra esa, oila ikki jinsga mansub
insonlarning ya’ni, erkak va ayolning o’zaro hamjihatlikda yashay boshlashi, muhabbati, bir-
birlarini anglagan holda turmush kechirishi va ko’payish istagining, jamiyatni to’ldirish, avlodlarni
muntazam yangilab turish, eng muhimi, “uni ham iqtisodiy, ham ma’naviy – axloqiy jihatdan 
mukammallashtirish yo’lida birgalikda qiladigan harakatining hosilasidir”.
22

Oilaning mustahkamligi jamiyat va davlat barqarorligi bilan mantiqiy uyg’un hodisa sanaladi.


Xalqimizning murakkab tarixiy-madaniy tajribasi mobaynida yuz bergan voqea-hodisalar 
mohiyatini
jamiyatning ilk bo’g’ini bo’lgan oiladan izlash tendentsiyasini ko’plab 
mutafakkirlarimiz asarlarida uchratamiz.
Millatimiz boshiga tushgan ko’pgina achchiq qismatlar dastavval oila tarbiyasidagi kamchiliklar 
okibati ekanini ma’rifat ahillari yaxshi anglashgan. Bundan xalos bo’lishda oila tarbiyasi hal
kiluvchi ahamiyat kasb etadi, deb umid qilishgan. Fitratning “Oila yoki oilani boshqarish tartiblari” 
asarida bu haqda ibratli mulohazalar ilgari suriladi.

Har bir millatning saodati va izzati, albatta, shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog’liq, 




Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin