O’quv materiallari ( ma’ruzalar t o’plami )


– mavzu. Jamiyat iqtisodiy hayotini erkinlashtirish va demokratlashtirish



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə21/30
tarix25.12.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#194224
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30
1-mavzu. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va-fayllar.org

9– mavzu. Jamiyat iqtisodiy hayotini erkinlashtirish va demokratlashtirish. 

REJA: 
1.Jamiyat iqtisodiy hayotini erkinlashtirish va uning mohiyati. 
2.Jamiyat iqtisodiy hayotini erkinlashtirish taraqqiyot omili.
3.O’zbekistonda iqtisodiy hayotni erkinlashtirish va uning xususiyatlari.
Iqtisodiy hayot kishilik jamiyati hayotining muhim sohalaridan biri bo’lib, inson 

rivojlanishi manbaini tashkil qiladi. Unda insonlar o’zlarining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini


qondirish maqsadida tirikchilik ne’matlarini va vositalarini ishlab chiqaradilar. Shuningdek, ular 
taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilishga qaratilgan faoliyatlarida o’zaro iqtisodiy
munosabatlarga kirishadilar. 

Iqtisodiy hayot kishilarning ijtimoiy, madaniy, siyosiy hayot sohalarining moddiy asosini tashkil


etadi va ularning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Ayni paytda, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va 
davlat tizimi iqtisodiyotga jiddiy ta’sir etadi.
Sobiq totalitar, ma’muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitida iqtisodiy hayot soxta siyosat, 
mafkuraviy maqsadlarga bo’ysundirilgan edi. Mafkura iqtisodiyotdan ustun bo’lib, uning
rivojlanish yo’nalishlarini belgilab berardi. Bu tuzumning iqtisodiy negizini davlat va kolxoz-
kooperativ mulk shakllaridan iborat umumxalq mulki deb atalmish, egasiz mulk tashkil etardi.
Davlat asosiy ishlab chiqarish fondlarining 90 foizdan ortig’iga ega bo’lib, iqtisodiyotda yakka 
hokimlikni o’rnatgan edi. Buning oqibatida davlat iqtisodiyotni, iqtisodiy hayotni bir markazdan
ma’muriy-buyruqbozlik asosida boshqarib, nimani, ya’ni qanday mahsulot va xizmatlarni qancha 
miqdorda, qanday texnologiyadan foydalanib, kimlar uchun ishlab chiqarishni rejalashtirib,
belgilab berar edi.
Jamiyat a’zolari ijtimoiy mulkka egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish mulkdorlik
huquqidan mahrum edilar. Tadbirkorlik, biznes bilan shug’ullanish qonun bilan man etilgan edi. 
Bunday faoliyat bilan shug’ullanganlar chayqovchi, yot unsur sifatida jinoiy javobgarlikka tortilar
edilar.
Kishilarning mulkdan, uning natijalarini tasarruf etishdan begonalashganliklari tufayli, mehnat
motivatsiyasi va ijtimoiy adolat tamoyillari buzilgan edi. Pirovard natijada sobiq ittifoq chuqur 
tanazzulga uchrab, tarqab ketdi.
Ma’lumki, shaxsning mulkdor bo’lish, erkin kasb tanlashi, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash, 
o’zi istagan iqtisodiy faoliyat turi bilan erkin shug’ullanish hamda shunga muvofiq cheklanmagan
daromad olish va yaxshi yashash imkoniyatlariga ega bo’lish kabi demokratik ijtimoiy-iqtisodiy 
huquqlarini amalga oshirishni faqat ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotigina ta’minlashga
qodirdir. 
Mustaqillikka erishgan O’zbekiston, xalq turmush farovonligini, iqtisodiy faoliyat tadbirkorlik
erkinliklarini, eng muhimi, mulkdor bo’lish imkoniyatlarini ta’minlaydigan ijtimoiy yo’naltirilgan 
bozor iqtisodiyotiga asoslangan insonparvar demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini
barpo etish maqsadida tub islohotlarni amalga oshirmoqda. 
Shuning uchun ham O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida «bozor munosabatlarini
rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil 
etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va
mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining ting huquqligini va huquqiy jihatdan bab-
baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi»
1
deb belgilab qo’yilgan. 

Ushbu islohotlarning asosiy maqsadi haqida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov:


«Biz tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga kirishar ekanmiz, bozor munosabatlariga 
asoslangan iqtisodiyotni barpo etish quruq maqsad emas, degan aniq-ravshan xulosaga kelganmiz.
Barcha islohotlarning-iqtisodiy, demokratik, siyosiy islohotlarning asl maqsadi insonga munosib 
turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat»
1
, - deb ta’kidlagan. 

Erkin ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotining eng muhim belgisi iqtisodiy plyuralizm


bo’lib, demokratiyaning umumbashariy tamoyili hisoblanadi. Iqtisodiy plyuralizm tushunchasi 
mulk shakllari va xo’jalik yuritish usullarining xilma-xil bo’lishida o’z ifodasini topadi. Shu
boisdan ham ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti o’z mohiyatiga ko’ra ko’p ukladli 
poliiqtisodiyot bo’lib, unda turli mulk shakllari va xo’jalik ukladlarining teng huquqligi,
muvozanatda bo’lishi hamda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi ta’minlanadi. 
O’zbekistonda shakllanayotgan xususiy mulk ikki turdan iborat bo’ladi: birinchisi, yakka
tartibda 
faoliyat 

yurituvchi


yakka 

tartibda 


faoliyat

yurituvchi tadbirkorlarning, dehqon va fermerlarning xususiy mulki, ikkinchisi, ularning shirkat


xo’jaliklaridagi paylari, aktsiyadorlik jamiyatlaridagi aktsiyalari, uyushmalardagi ulushlaridan 
iborat korporativ xususiy mulk. Yakka va korporativ (ulushli) xususiy mulk egalari mulkdor
1
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. -Т.: Ўзбекистон, 2003. 11-бет. 

1
Каримов И.А.. Ўзбекистон буюк келажак сари. -Т.: Ўзбекистон, 1998. 281-282-бетлар. 



hisoblanib, ularning mulkka bo’lgan huquqlari, dahlsizligi davlat tomonidan himoyalandi.


O’zbekiston Respublikasining «Fuqarolik kodeksida» «mulk huquqi shaxsning o’ziga qarashli mol-
mulkka o’z xohishi bilan va o’z manfaatlarini ko’zlab egalik qilishi, undan foydalanish va uni
tasarruf etish, shuningdek o’zining mulk huquqini, kim tomonidan bo’lmasin, har qanday buzishni 
bartaraf etishni talab qilishi huquqidan iboratdir. Mulk huquqi muddatsizdir»
1
. O’zbekiston 

Respublikasining Konstitutsiyasida esa mulkdor huquqining daxlsizligi bilan birga, uning


mas’uliyati ham belgilab berilgan. Xususan, unda «mulkdor mulkiga o’z xohishiga egalik qiladi, 
undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar etkazmasligi
fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo’riqlanadigan 
manfaatlarini buzmasligi shart»
2
, deb ta’kidlangan. Xususiy mulk miqyoslarining kengayib 

borishiga olib keladi.


Tadbirkorlik erkinligi ayrim shaxslar va ularning uyushmalari, guruhlarining foyda, daromad 
olish maqsadida ma’lum sohada xo’jalik, iqtisodiy faoliyat yuritish erkinligini bildiradi. Bu
shuningdek, u yoki bu tarmoqqa tadbirkorlarning o’z xohishlariga ko’ra kirishini va undan 
chiqishini ham anglatadi.
Tanlash erkinligi iste’molchilar huquqlari va manfaatlarining ustunligini, ularning o’z xohishi, 
istaklari, didi, daromadiga mos tovar va xizmatlarni tanlash erkinligiga ega ekanliklarini ifodalaydi.
Buning uchun birinchidan, tovar xizmatlar hamda resurs bozorlari ham qimmat, ham arzon, bir-
birlarining o’rnini bosuvchi va to’ldiruvchi tovarlar bilan to’lgan bo’lishi, ikkinchidan, davlat
iste’molchilarni ularning hayoti va salomatligiga ziyon va zarar etkazuvchi tovarlardan himoya 
qiladi. Shu maqsadlarda O’zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya
qilish to’g’risida»gi qonuni amalga oshirilmoqda. Unga binoan iste’molchilar tovar (ish, xizmat) va 
ularni ishlab chiqaruvchi (bajaruvchi)lar haqida to’g’ri va to’liq ma’lumot olish, tovarlarni erkin
tanlash huquqiga egadirlar. Tovar, ish, xizmat iste’molchining hayoti, sog’lig’i va mol-mulki uchun 
xavfli nuqsonga ega bo’lgani hamda ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining g’ayriqonuniy harakati
tufayli etkazilgan moddiy ziyon, ma’naviy zararning to’liq hajmda qoplanishi ta’minlanadi. 
Tovarning nuqsonlari bo’yicha iste’molchining talablari u kassa yoki tovar chekini kafolat
muddati belgilangan tovarlar bo’yicha esa tegishlicha rasmiylashtirilgan texnik pasport yoki uning 
o’rnini bosuvchi boshqa hujjatni taqdim etgan taqdirda ko’riladi. Bunday tovarlar boshqa nuqsonsiz
tovarlarga almashtirilib beriladi yoki zararning o’rni pul bilan qoplanadi. Iste’molchi huquqlarining 
himoya qilinishi, uning tanlash erkinligini ta’minlanishi demokratik iqtisodiy tamoyilining ro’yobga
chiqarilishini anglatadi. Shuning uchun Vazirlar Mahkamasining 2002 yilda qabul qilingan muhim 
qarorlariga muvofiq respublikaga iste’mol tovarlarini noqonuniy olib kelinishi va sotilishining
oldini olish chora-tadbirlarining ko’rilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Kishilar naf, foyda va daromad olish uchun intilib, o’zlarida bor bo’lgan qobiliyatlari va
imkoniyatlarini ishga soladilar. Raqobat iqtisodiyot sub’ektlari shaxsiy manfaatlarini ryobga 
chiqarishning chegarasini belgilaydi. Hech kimning iqtisodiy yakkahokimlik qilishiga yo’l
qo’ymaydi. Shuningdek, raqobat ishlab chiqaruvchi va sotuvchilarning iste’molchi, xaridorlar 
manfaati, didi, xohishini inobatga olishga bir-biridan arzonroq va sifatliroq tovarlar ishlab chiqarish
maqsadida yangi texnika va texnologiyadan foydalanishga undaydi. 
Erkin tadbirkorlik, raqobat va narx tizimiga asoslangan bozor iqtisodiyotida hukumat va
davlatning roli cheklangan bo’ladi. Davlat bozor mexanizmining amal qilishiga ko’maklashadi. 
Buning uchun davlat iqtisodiyot sub’ektlari faoliyatining qonuniy bazasini yaratib, ularning
faoliyat, “o’yin” qoidalarini belgilaydi. Aholining turmush darajasining barqaror o’sib borishini, 
kam ta’minlangan aholi qatlamlarini ijtimoiy himoyalash, boy-kambag’allar o’rtasidagi farqlarning
keskinlashib ketishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida aholi daromadlarini soliqlar, transfert to’lovlari 
vositasida qayta taqsimlaydi, makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiy o’sishni ta’minlash
maqsadida soliq, byudjet va pul-kredit vositalari orqali iqtisodiyotni tartiblaydi. Davlat bozor 
1
Ўзбекистон Республикасининг Фуқаролик кодекси. Т.:19, 164-модда. 

2
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. –Т.: Ўзбекистон, 2003. 11-бет



mexanizmi to’la-to’kis bajara olmagan vazifalarni o’z zimmasiga olib, raqobat muhitini saqlaydi,


iqtisodiyot sub’ektlarining erkin faoliyatini ta’minlaydi. Hamda jamiyat uchun kerak bo’lgan 
mahsulotlarni ishlab chiqarishni o’z zimmasiga oladi.
Demak, O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar insonga munosib turmush 
sharoitlarini yaratishga, kishining erkin tadbirkorlik va mehnat qilish, tanlash erkinligini hamda
mulkdor bo’lishdek muhim demokratik huquqlarini ta’minlashga, iqtisodiy hayotni 
demokratlashtirishga qaratilgandir.
Islom Karimovning «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li», «O’zbekiston kelajagi 
buyuk davlat», «O’zbekiston bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li», «O’zbekiston
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida», «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida, xavfsizlikka 
tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari», «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda», «Ozod
va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz» va boshqa asarlarida mamlakatni 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, bozor iqtisodiyotiga o’tishining nazariy asoslari, kontseptsiyasi
ishlab chiqilgan. 
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish kontseptsiyasi uch tarkibiy qismdan iborat:
- ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti milliy andozasi mohiyatining ta’rifi; 
- bozor munosabatlarini shakllantirishning muhim tamoyillari;
- iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning, tanglikdan chiqib olishning, barqarorlikni va muhim 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashning aniq yo’nalishlari.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ijtimoiy-iqtisodiy islohotlardan ko’zlangan 
«pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo’naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga
ega bo’lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir
1
», -

deb belgilab bergan.


Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar iqtisodiyotni davlat tasarrufidan 
chiqarish, unda demokratiya tamoyillari bo’lgan iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va tanlash
erkinligini, erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish orqali iqtisodiy hayotni erkinlashtirishga 
yo’naltirilgandir.
Iqtisodiyotni davlat tasarrufidan chiqarish va uni demokratlashtirish, erkin ijtimoiy yo’naltirilgan 
bozor iqtisodiyoti asoslarini yaratish jarayonlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida (1991-1994 
yy.) ma’muriy-buyruqbozlik tizimining og’ir oqibatlarini yangisi, tanglikka barham berish va
iqtisodiyotni barqarorlashtirish hamda respublikaning o’ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini 
hisobga olgan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish vazifalarini hal qilishga
kirishildi.
Iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichi (1995-1999 yillar)da davlat mulkini dastlabki, kichik
xususiylashtirishni tugallash, mulkni haqiqiy egalari qo’liga topshirish, tadbirkorlik faoliyati uchun 
keng imkoniyatlar berish vazifalari belgilandi. Bu bosqichda sanoat, qurilish va transport
sohasidagi, agrasanoat kompleksining go’sht-sut oziq-ovqat va paxta sanoati tarmoqlaridagi o’rta va 
yirik korxonalar, shuningdek, Toshkent, Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlaridagi sayyoxlik
komplekslarining xususiylashtirilishi boshlandi. Bu bosqichda ochiq turdagi aktsiyadorlik 
jamiyatlari yaratildi, ularning aktsiyalarini erkin sotishga chiqarildi hamda keng ko’lamdagi
ko’chmas mulk va qimmatli qog’ozlar bozori vujudga keldi. Davlatning aktsiyalardagi ulushi 26 
foizdan oshmaydigan qilib qo’yildi. Aktsiyalarning 50 foizdan ko’prog’i aholiga, milliy va xorijiy
investorlarga erkin sotiladigan bo’ldi. 
Ushbu bosqichda ishlab chiqarishning pasayishiga barham berildi. Makroiqtisodiy barqarorlik
ta’minlanib, 1996 yildan boshlab iqtisodiy o’sish yo’liga o’tildi. Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini 
o’zgartirish ishlarini amalga oshirilishi natijasida respublika yonilg’i-energetika va g’alla
mustaqilligiga erishildi. Shuningdek, respublika uchun tamomila yangi bo’lgan avtomobilsozlik 
sanoati vujudga keltiriddi. Engil va oziq-ovqat sanoati uchun asbob-uskunalar, qishloq xo’jaligi
1
Каримов И.А. Ўзбекистон буюк келажак сари. -Т.: Ўзбекистон, 1998. 179-бет. 

uchun kichik mexanizatsiya vositalari ishlab chiqarishni ta’minlovchi boshqa istiqbolli tarmoqlar


xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari amalga oshirila 
boshlandi.
Ammo shu davrlarda kichik va o’rta tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga davlat va turli nazorat 
organlarini noo’rin, noqonuniy aralashuvi holatlari ko’paydi.
Iqtisodiyotning nodavlat sektorida monopolistik birlashmalar, korxonalar vujudga keldiki, ular 
ichki iste’mol va ishlab chiqarish vositalari bozorlarida o’z xokimliklarini o’rnatib, narx- navoning
ko’tarilishiga sabab bo’ldilar. Ushbu sektordagi aktsiyadorlik jamiyatlarining ustav fondida, 
aktsiyalarida davlat ulushi katta miqdorda saqlanganligi oqibatida, davlat ishonchli vakillarining
ularning faoliyatiga noo’rin aralashishiga imkon yaratar edi.
Valyuta tizimi va bozorining davlat tomonidan qattiq nazorat qilinishi esa korxonalar va
tadbirkorlarning tashqi bozorlarga erkin chiqish imkoniyatini kamaytirardi. Bozor va ishlab 
chiqarish infratuzilmalarining rivojlanmaganligi tufayli tadbirkorlar moddiy texnika resurslari,
moliyaviy mablag’lar, kreditlar olishda qiyinchilikka uchrar edilar.
Ushbu noxush holatlar iqtisodiy hayotni yanada erkinlashtirish, tadbirkorlik va iqtisodiy
faoliyat erkinliklarini kengaytirish, xususiy mulkdorlar mavqeini yanada ko’tarishni taqozo etib 
qoldi.
“O’zbekiston XXI asrga intilmoqda” asarida iqtisodiy hayotni yanada erkinlashtirish vozifasi 

qo’shdi. Iqtisodiy hayotni erkinlashtirish mamlakat siyosiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini


yanada erkinlashtirish jarayonlari bilan uzviy bog’liqdir. Bu borada Prezident I.A.Karimov 
“O’zbekistondagi islohotlar va yangilanish jarayonlariga baho berar ekanmiz, shuni ta’kidlashni
istardimki, hayotimizning barcha sohalarini erkinlashtirish yo’li o’z mohiyat e’tiboriga ko’ra 
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha o’zgarishlarning asosiy bog’lovchi bo’g’iniga
aylandi”,
1
- deb ta’kidlaganlar. 

Iqtisodiy hayotni yanada erkinlashtirish esa demokratik jamiyat qurilishining asosi sifatida uning


iqtisodiy negizlarini mustahkamlashni ta’minlaydi. Uning natijasida jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy 
barqarorlikni kafolotlovchi, iqtisodiy rivojlanishni ta’minlovchi amalda o’rta mulkdorlar sinfi
shakllanadi. 
Prezident I.A.Karimov iqtisodiy hayotni yanada erkinlashtirish yuzasidan quyidagi vazifalarni
belgilab bergan: 



Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin