O’quv materiallari ( ma’ruzalar t o’plami )



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə22/30
tarix25.12.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#194224
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30
1-mavzu. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va-fayllar.org

Birinchidan, mulkdorlar sinfini shakllantirish masalasini tubdan hal etish. Buning uchun
xususiy mulkchilik etakchi o’rinda turadigan ko’p ukladli iqtisodiyotni barpo etish; 


Ikkinchidan, haqiqiy raqobat muhitini shakllantirish;

Uchinchidan, bozor infratuzilmasini rivojlantirish;
To’rtinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish tizimini tubdan qayta ko’rib chiqish; 


Beshinchidan, valyuta tizimi va bozorni erkinlashtirish;

Oltinchidan, davlat va turli tekshiruvchi, nazorat qiluvchi organlar tomonidan korxonalarning
xo’jalik faoliyatiga noo’rin aralashishni cheklab qo’yish. 
Mulk shaklini o’zgartirgan davlat korxonalari orasida “Elektrokimyosanoat”, “Navoiyazot”,
“Ammofos”, “O’zbekrezino-texnika” ishlab chiqarishi birlashmalari, Toshkent va Farg’ona issiqlik 
markazlari, Sirdaryo GRESi, yuk vagonlarini ta’mirlash zavodi, yo’lovchi tashiydigan vagonlarni
ta’mirlash korxonasi, O’zbekiston qiyin eriydigan va o’tga chidamli materiallar kombinati singari 
strategik ahamiyatga ega bo’lgan yirik korxonlar bor.
Prezident I.A. Karimov Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
To’qqizinchi sessiyasida qilgan ma’ruzasida respublikada demokratik
o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning “bozor 
islohotlarini yanada chuqurlashtirish, kuchli bozor infratuzilmasini yaratish, barqaror va o’zaro
1
Каримов И.А. Ўзбекистон XXI асрга интилмоқда. /Биринчи чақариқ Ўзбекистон Республикаси Олий 

Мажлисининг Ўн тўртинчи сессиядаги маърузаси, 1999 йил 14 апрель. –Т.; Ўзбекистон, 1999. 15-16 бет.




mutanosib, mustahkam iqtisodiyotning muhim sharti bo’lgan erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy


etishdan iborat”,
1
muhim ustuvor yo’nalishini belgilab berdi. 

Ushbu ustuvor yo’nalishni amalga oshirish uchun avvalombor xususiy sektorning mavqeini


yanada oshirish va kichik tadbirkorlikni jadal rivojlantirish lozim bo’ladi. Endilikda 
xususiylashtirish jarayonlari tobora ko’proq yirik korxonalarni, ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini
o’z ichiga qamrab olishi, korporativ xususiy mulk miqyoslarini kengaytirish, aktsiyalarni sotishning 
birlamchi va ikkilamchi birja hamda birjadan tashqari bozorini rivojlantirish amalga oshiriladi.
Kichik tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga davlat va nazorat organlarining noo’rin aralashuviga 
barham berish, moddiy-texnika resurslari va moliyaviy, shu jumladan, kredit mablag’lari bilan
ta’minlanishini yaxshilash, ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish uchun ishlab chiqarish va bozor 
infratuzilmalarini rivojlantirish dolzarb ahamiyatga ega. Shuningdek, shirkat xo’jaliklarini fermer
xo’jaliklariga aylantirish hamda ularga servis xizmati ko’rsatuvchi va qishloq xo’jaligi 
mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat korxonalarini va qishloqlarda ularning filiallarini tashkil etish
muhim ustuvorlikka ega bo’ladi. 
O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini
shakllantirish iqtisodiy ustuvor yo’nalishini amalga oshirish uchun quyidagi chora-tadbirlar 
ko’riladi:
- tashqi iqtisodiy faoliyatni, valyuta bozorini erkinlashtirish, milliy valyutaning joriy 
operatsiyalar bo’yicha erkin almashinuvini muntazam ta’minlash;
- iqtisodiyot tarkibiy o’zgarishlarini amalga oshirish va uni modernizatsiya qilish hamda import 
o’rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlash;
- iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etish. Buning uchun tegishli investitsion muhit va 
investorlar uchun kafolat yaratish;
- ichki va tashqi investitsiyalarni butun iqtisodiyotga, shu jumladan, oltin-valyuta 
zaxiralarimizning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladigan etakchi tarmoqlarga ustuvor ravishda
yo’naltirish; 
- jahondagi nufuzli xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, dunyo
iqtisodiy tizimiga integrallashuvi hamda jahon savdo tashkilotiga a’zo bo’lish uchun shart-sharoitlar 
yaratish.
Ushbu vazifalarning amalga oishirilishi bozor munosabatlarini rivojlantirish va erkin iqtisodiyot 
tamoyillarini joriy etish, uni yanada demokratlashuviga olib keladi. Endilikda mulkchilik
shakllaridan qat’iy nazar, tadbirkorlik sub’ektlari uchun bosqichma-bosqich teng iqtisodiy faoliyat 
sharoitlarini yaratish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Buning uchun ayrim, strategik ahamiyatga
ega bo’lmagan korxonalarga assosiz ravishda berilgan imtiyozlarni va ular uchun yaratilgan qulay 
sharoitlarni bekor qilish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, xo’jalik sub’ektlari ham qat’iy
moliyaviy cheklashlar doirasida, ya’ni yalpi xarajatlarining yalpi daromad hajmidan oshib ketishiga 
yo’l qo’ymaslik asosida faoliyat ko’rsatishlari lozim.
Iqtisodiyot sub’ektlari uchun soliq yukini kamaytirib borish bilan bir vaqtda soliq 
tizimining qat’iyligini oshirish, imtiyozlar berishni kamaytirish, kreditlarni qat’iy shartlar asosida
berish amaliyotini joriy etish ularning mas’uliyatini yanada oshiradi. 
Iqtisodiy hayotni yanada erkinlashtirish, demokratik jarayonlarni kuchaytirish maqsadida yakka
va korporativ xususiy mulkdorlar huquqlarini himoya qilish, ularning mas’uliyatini kuchaytirish, 
tadbirkorlik faoliyati erkinliklarini ta’minlovchi hamda xo’jalik faoliyatini tartibga soluvchi
qonuniy-huquqiy bazani takomillashtirish maqsadga muvofiqdir. 
1
Каримов И.А. Ўзбекистонда демократик ўзгаришларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамияти 

асосларини шакллантиришнинг асосий йўналишлари. Республикаси Олий Мажлисининг Тўққизинчи


сессиясидаги маъруза. //Халқ сўзи, 2002 йил 30 август. 

Bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish va erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy qilish uchun


davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish davom ettiriladi. Ammo iqtisodiyotni davlat tomonidan 
tartiblash mexanizmini rivojlantirish va uning bozor mexanizmi bilan uyg’unligini ta’minlash
yo’lida hali, shubhasiz, ko’p ishlar qilish lozim. 
Demokratik jamiyat qurish uchun davlatning iqtisodiy faoliyatini cheklash, uning vazifalarini
bosqichma-bosqich mahalliy hokimiyat va o’zini o’zi boshqarish organlariga uzatish, erkin 
iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish qulay sharoitlar yaratadi. Pirovardida, bozor iqtisodiyotining
shakllanishiga, barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash, iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishga 
va aholining turmush farovonligini oshirishga erishiladi. Mamlakatimiz eksport salohiyatining
rivojlanishi va mustahkamlanishi – uning jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallashiga zamin 
yaratadi.


Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin