O’quv materiallari ( ma’ruzalar t o’plami )



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə1/30
tarix25.12.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#194224
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
1-mavzu. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va-fayllar.org


1-mavzu. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va

O’ZBEKISTONDA DEMOKRATIK JAMIYAT QURISH NAZARIYASI VA 



AMALIYOTI” fanidan

O’QUV MATERIALLARI 

( MA’RUZALAR T O’PLAMI ) 

(2015-2016) 


1-mavzu. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va


amaliyoti” fanlarining predmeti, obe’kti, maqsadi

vazifalari. 

REJA: 
1. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanining 
predmeti va tadqiqot ob’ekti.
2. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanining
qonuniyatlari va kategoriyalari.
3. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti”ning fan 
sifatida shakllanishi.
4. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanining
boshqa ijtimoiy fanlar bilan aloqadorligi.
XX asr so’nggida dunyo xaritasida mustaqil O’zbekiston paydo bo’ldi. Uch ming yillik milliy 

davlatchilik tariximizda o’z mustaqilligining navbatdagi istiqlol tsivilizatsiyasiga qadam qo’yildi.


Qadamning tarixan tub sifat mohiyati 1991 yil 31 avgustda e’lon qilingan mustaqil O’zbekiston 
davlatining konstitutsiyaviy maqomida aniq shakl va mundarija kasb etdi. Mustaqil O’zbekiston
xalqi o’z oldiga “insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish”dek, konstitutsiyaviy 


maqsadni qo’ydi. Milliy davlatchiligimizning boy va ibratli tarixida ilk bor ana shunday maqomga
ega tsivilizatsiyalashgan davlat barpo etish va uning negizida adolat, qonuniylik tamoyillariga 
tayanuvchi zamonaviy demokratik jamiyatni shakllantirishdek, asriy orzu-umid imkoni yuzaga
keldi hamda uning konstitutsiyaviy-huquqiy asos-zaminlari yaratildi. 
Milliy demokratik taraqqiyotning o’zimizga xos, o’zimizga mos strategiyasi belgilab berilgan

o’zbek modeli”ning mashhur besh tamoyili, tamoyillarning ilmiy-amaliy yaxlit mundarijasi milliy


davlatchiligimizning yangidan tiklanish va rivojlanish jarayonlari hamda bosqichlari mazmunini, 
xarakterini, tabiatini, ya’ni aniq demokratik maqomini tayin etdi.
Xo’sh, ushbu jarayonlar va bosqichlar, umuman, yaxlit, mushtarak siyosiy-demokratik 
pirovard-maqsadning ibtidosi, yo’li, amaliyoti hamda aniq samaralari qanday bo’ldi, bo’layapti?
Pirovard - maqsadning nazariy-uslubiy, g’oyaviy, ilmiy va amaliy, shuningdek, konstitutsiyaviy-
huquqiy asos-bazalari takomili nimalardan iborat? O’zbekiston istiqlol va taraqqiyot andozasi
negizida to’plagan milliy demokratik rivojlanishning o’ziga xos tarixiy tajribasi xususiyatlari 
qanaqa? Ular mazmun va maqomi umumdemokratik tsivilizatsiya talablariga to’la mos kelyaptimi
yoki yo’qmi? Agar tanlangan yo’l umuminsoniy qadriyatlarning tsivilizatsiyaviy mushtarakligidan 
iborat umumdemokratik madaniyatning talab-ehtiyojlariga to’liq mos kelayotgan bo’lsa, uning sir-
asrori nima va sabab-oqibatlari qanday? Mustaqil davlatimizning jahon demokratik hamjamiyatida 
munosib o’rin tutishi yo’lidagi sa’y-harakatlari kutilgan natijasini beryaptimi? Mustaqillikni yanada
mustahkamlash, milliy tiklanish jarayonlarini demokratik g’oyalar va ular amaliyoti bilan to’liq 
ta’minlash, tub islohotlar hamda yangilanishlarni demokratik yanada chuqurlashtirish orqali jamiyat
hayotining barcha sohalarini demokratik liberallashtirish, ijtimoiy taraqqiyotning oliy belgisi, 
ko’rinishi bo’lmish adolatli, ochiq fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish bilan bog’liq
taqdirilomon vazifalar ko’lamining nazariy-amaliy istiqbollari qanaqa? Zamonaviy jahoniy tafakkur 
tsivilizatsiyasiga asoslangan milliy siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy-g’oyaviy
nazariy falsafaning Prezident Islom Karimov demokratik ta’limoti bilan uzviy mushtarakligidan 
iborat yaxlit kvintessentsiyasi mustaqil O’zbekistonda kechayotgan qizg’in demokratik jarayonlarda


qanday amaliy ijrosini topmoqda? Umuman, O’zbekistonning o’z istiqlol va demokratik taraqqiyot


yo’li hamda uni yanada takomillashtirish istiqbollari qanday? Va hokazo... 
Savollar jiddiy ilmiy-nazariy va amaliy aniq javoblarni talab qiladi. Ularni yaxlit 


Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin