etish, demokratik ochiq fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishdek konstitutsiyaviy maqsadi
ham aslida davlat va jamiyatning bosh siyosiy maqsadlaridan hisoblanadi.
Fanning Sotsiologiya fani bilan uzviyligi, avvalo, O’zbekistonda demokratik jamiyat qurilishi
jarayonlarining nazariy, ko’proq amaliy jihatlarini ijtimoiy fikr chig’irig’idan o’tkazib turilishida,
jarayonlarga jamoatchilikning ongli munosabati va ishtiroki
darajasini aniqlashda, jarayonga baho
berishda, uni yo qo’llab-quvvatlash yoki inkor etishda, jarayonni takomillashtirishda bevosita
namoyon bo’ladi.
Fanning Huquqshunoslik bilan aloqasi, eng avvalo, O’zbekistonda shakllantirilayotgan
demokratik jamiyatning yaratilgan, yaratilayotgan teran konstitutsiyaviy-huquqiy asos-bazasida.
Aynan Konstitutsiya o’z yaxlit maqom-mundarijasi bilan g’irt demokratik
mazmun kasb etishi
shart. Shundagina uning asosida qabul qilinadigan qonunlar ham, ular ijrosi ham sof demokratik
ruh, sof demokratik shakl, mazmun-mundarija kasb etadi. O’zbekistonda
demokratik jamiyat
qurishning shunday demokratik huquqiy asos-bazasi mavjud va bu milliy demokratik taraqqiyot
yo’lining umumtan olingan, barcha qat’iy rioya qiladigan siyosiy-huquqiy ko’nikmasiga aylandi.
“O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fani turdosh ijtimoiy-
gumanitar fanlardan farqli o’laroq, insoniyat demokratik tsivilizatsiyasining tarixiy tajribalariga
asoslangan holda, respublikamiz demokratik rivojlanish yo’lining o’ziga
xos jihatlari ibratida
O’zbekiston xalqining odil fuqarolik jamiyati qurish yo’lida insonparvar demokratik huquqiy davlat
barpo etishdek konstitutsiyaviy maqsad qay darajada bosqichma-bosqich amaliy ijrosini
topayotganligi haqiqatini, qonuniyatlari, tajribasini ilmiy-nazariy jihatdan
yaxlit mushtaraklikda
tadqiqiy umumlashtiradi.
Ushbu fan ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimida aynan shu maqomi bilan ajralib turadi. U
jamiyatda mavjud ijtimoiy hodisalar va voqealar, ular mutanosibligi hamda uzviyligi bilan aloqador
demokratik jarayonlarning yaxlit tizimiy va tarkibiy mushtarak majmuidan iborat.
Dostları ilə paylaş: