Tahliliy, tahliliy-umumlashma usul O’zbekistonda qizg’in kechayotgan demakratik
yangilanishlar jarayonlari va bosqichlarining umummushtarak qonuniyatlarini, har bir jarayon, har
bir bosqichning o’ziga xos xususiyatlari, maqsad hamda vazifalarini, ularning ilmiy-nazariy, ya’ni
kontseptual mazmun-mundarijasini, amaliy ijrolari samaralarini, g’oya bilan uning amaliyoti
dialektikasini o’rganish, anglash, ijodiy umumlashtirish, ilmiy-amaliy asoslangan muayyan
xulosalar orqali jarayon yoxud bosqichning yanada sersamar bo’lishini ta’minlovchi yangi g’oyalar
zahirasi hamda ularni amaliyotga aniq joriy etish usul va vositalarini kashf etish imkonini beradi.
Natijada talabada ijtimoiy-siyosiy murakkab demokratik jarayonlarning botiniy mohiyatlarini, ichki
uzviy qonuniyatlarini mustaqil anglash, mushohada qilish, tahlil etish, umumlashtirish, tegishli
ilmiy-amaliy xulosalar chiqarish, kerak bo’lsa, jarayonni tezlashtirish, yanada samarador bo’lishiga
xizmat qiluvchi tashkiliy-ijodiy tashabbus ko’rsatish rag’bati uyg’onadi.
Tarixiy usulvositasida, talaba, avvalo, demokratiya tushunchasi, uning boy nazariy-tarixiy
asoslari, ko’p ming yillik amaliyoti, o’tmish mutafakkirlarning demokratiya nazariyasi va takomili
bilan bog’liq rang-barang siyosiy-huquqiy qarashlari, g’oyalari, ta’limotlari bilan tanishish, nazariy
bilim-saviyasini oshirish imkoniga ega bo’ladi. Ayni paytda, talaba demokratik jahon tsivilizatsiyasi
tarixi, klassik nazariy tafakkurning rivojlanish va takomil bosqichlari, demokratik tsivilizatsiyaning
zamonaviy qadriyatlari, umuminsoniy tamoyillari hamda talablari, ularning amaliy ijrolari
tajribalari-yu saboqlari bilan chuqur tanishadi, ularni hurmat qilish va ularga rioya etish, hayoti,
faoliyatini demokratik madaniyatdek sog’lom, muqaddas, odil qadriyat asosida tashkil etish,
yashash, ishlash ko’nikmasini o’zlashtiradi. Zotan, jamiyat demokratiyasi va demokratik jamiyat
har bir individning demokratik tsivilizatsiyasi mahsulidir.