O’quv materiallari ( ma’ruzalar t o’plami )


 – mavzu. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurishning milliy



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə15/30
tarix25.12.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#194224
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30
1-mavzu. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va-fayllar.org

5 – mavzu. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurishning milliy 

va umumbashariy tamoyillari. 

REJA: 
1.Demokratik jamiyat qurishda milliy qadriyatlar va umumbashariy 
tamoyillarning o’rni.
2.Prezident I.A.Karimov asosrlarida demokratik jamiyat qurishda
milliy qadriyatlar va umumbashariy tamoyillar to’g’risidagi
nazariyalar.
3. Demokratik jamiyat qurishda milliy qadriyatlar va umumbashariy
tamoyillarning ahamiyati.
O’zbekistonda demokratik jamiyat qurishning milliy, umumbashariy tamoyillari va

qadriyatlarining metodologik asoslari, ilmiy va amaliy jihatlari Prezident I.A.Karimov asarlari,


nutqlarida keng hamda chuqur yoritilgan. Ma’lumki, «tamoyil» tushunchasi - yo’nalish, rus tilida 
qo’llaniladigan «tendentsiya» so’zi esa, asli lotinchadan kelib chiqqan bo’lib, «tamoyil»
atamasining muqobolidir. Prezident I.A.Karimov asarlarida “tamoyil” va “yo’nalish” so’zlari 
1
Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. -Т.: «Ўзбекистон», 1993, 39-бет. 

sinonim sifatida qo’llanib kelinmoqda. Agar bu so’zlarning ma’nosiga e’tibor qaratilsa, ular


jamiyatning turli jabhalarida ob’ektiv, takrorlanuvchan, ustuvor hodisa sifatida ko’zga tashlanadi. 
Demak, jamiyat hayotida “tamoyil” yoki “yo’nalish” ma’lum bir jarayondagi qonuniyatni o’zida
aks ettiradi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizning etakchi olimlari tomonidan ijtimoiy-siyosiy fanlarida
demokratiyaning milliy, umumbashariy tamoyillarini har bir xalqning qadriyatlari bilan 
uyg’unlashtirish va to’ldirish borasida bir muncha ishlar qilindi. Shunga qaramay, mamlakatimizda
demokratik jamiyat barpo etish jarayonida ularning o’zaro bog’liqligi va namoyon bo’lish 
xususiyatlari jiddiy o’rganishni talab etadi. Vaholanki, demokratiyaning muhim umumjahon e’tirof
etgan asosiy tamoyillari mavjud. Ular quyidagilardan iboratdir;
-erkin va adolatli saylovlar;
-ochiq va hisobot beruvchi hukumat; 
-inson huquqlarining ustuvorligi;
-hokimiyat organlarining saylanib qo’yilishi; 
-so’z, matbuot va vijdon erkinligining Konstitutsiya va qonunlar
bilan kafolatlanishi; 
-qonun ustuvorligi;
-fuqarolarning siyosiy va iqtisodiy huquqlari mavjudligi va tengligi; 
-tayinlash yo’li bilan shakllanadigan davlat organlarining saylab
qo’yiladigan organlar oldida hisob berish burchliligi; 
-ko’ppartiyaviylik tizimining mavjudligi;
-umummilliy masalalarning hal etilishida referendumlarning 
o’tkazilishi;
-mulk shakllarining xilma-xilligi va ularning tengligini 
kafolatlovchi qonunlarning mavjudligi;
-siyosiy muxolifatning ochiq faoliyat ko’rsatishi; 
jamiyatda plyuralizm, ya’ni fikrlar xilma-xilligi, rang-barangligini kafolatlovchi qonunlarning
mavjudligi hamda ularni amaliy hayotga joriy etish masalalari samarasining ortishi. 
Ma’lumki, O’zbekiston xalqi o’z mustaqilligiga erishgach, Er sharining ko’pchilik aholisi kabi
ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyatni barpo etishni o’z 
oldiga maqsad qilib qo’ydi. Tabiiyki, bunday jamiyatni shakllantirishda, avvalambor, O’zbekiston
taraqqiyotining o’ziga xos milliy tamoyillarini jahonda kechayotgan umuminsoniy tamoyillar bilan 
uyg’unlashayotganligini nazardan qochirmaslik kerak.
O’zbekiston aholisining bozor iqtisodiga asoslangan demokratik jamiyat qurishida 
istiqlolimizning dastlabki yillaridayoq Prezident I.A.Karimov quyidagi milliy tamoyillarga
jamoatchilik diqqatini qaratdi. Bu milliy tamoyillar I.A. Karimovning 1992 yilda yozilgan “Istiqlol 
yo’li; muammolar va rejalar” hamda “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” asarlarida
ilmiy jihatdan har tomonlama asoslab berildi. Keyinchalik Yurtboshimiz bu tamoyillarni turli 
hayotiy misollar va dalillar asosida yoritib berdi. “Bozor iqtisodiyotiga o’tar ekanmiz, milliy tarixiy
turmush tarzimizni, xalqimiz urf-odatlarini, an’analarimizni, kishilarning fikrlash tarzini hisobga 
olamiz. O’zbek xalqi azaldan jamoa tuyg’usiga moyil”,
8
- deb yozgan edi I.A.Karimov. Bu birinchi 


tamoyil bo’lib, bozor iqtisodiyotiga o’tishda o’zbek xalqining o’ziga xosligi, uning boy tarixiy
an’analari, o’ziga xos fikrlash tarzining qadimgi davrlardan boshlab jamoa sifatida ahil bo’lib 
yashash mentalitetini ko’rsatib turibdi.


Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin