O’quv materiallari ( ma’ruzalar t o’plami )



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə13/30
tarix25.12.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#194224
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30
1-mavzu. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va-fayllar.org

Xulosa o’rnida shuni yana bir bor ta’kidlash joizki, yurtimizda mustaqillikning birinchi
kunlaridan e’tiboran, uning izchil va shuning bilan bir qatorda o’ziga xos va mos 
demokratiyalashish bilan chambarchas bog’liq ekanligini, barcha sohalarda xalqning mutloq
suvereniteti tamoyili qaror topishi, va nihoyat, ularning barchasi ijtimoiy jarayonlarda qaysi millat 
yoki konfessiyaga mansubligidan qat’iy nazar xalqning faol ishtirokini taqozo etishi xalqimiz va
siyosiy rahbariyat tomonidan endilikda chuqur his etilmoqda. 
O’zbek davlatchiligining o’ziga xos milliy xususiyatlaridan biri bo’lgan, davlatchilik
taraqqiyotining inqilobiy sakrashlarni chetlab, tadrijiy tarzda takomillashib borganligini Prezident 
I.A.Karimovning quyidagi fikrlari bilan asoslashimiz maqsadga muvofiqdir: «Sharqda demokratik
jarayonlarning qadimdan shakllangan o’ziga xos va o’ziga mos xususiyatlari bor. Buni aslo 
nazardan qochirib bo’lmaydi. Ya’ni, sharqda demokratik jarayonlar uzviy ravishda va asta sekin
taraqqiy topadi. Bu sohada inqilobiy o’zgarishlar yasashga urinishlar g’oyat noxush, hatto fojiali 
natijalarga olib keladi. Inqilobni G’arb olimlari ham «ijtimoiy taraqqiyotning iptidoiy va yovvoyi
shakli» deb atashganlar. Tabiiyki, bunday yo’l bizga aslo to’g’ri kelmaydi»
6
degan fikrlarning 

naqadar asosli ekanligini ijtimoiy taraqqiyot ham ko’rsatib turibdi.


Mustaqillikning dastlabki yillaridan yangi asosda tiklana boshlagan milliy davlatchiligimiz 
o’zining demokratik siyosiy maqomiga ega bo’lib, ijtimoiy taraqqiyotda tadrijiy rivojlanib kelgan
milliy davlatchilikning qonuniy davomi sifatida namoyon bo’ldi. 
6
Каримов И.А. Ўзбекистоннинг сиёсий-ижтимоий ва иєтисодий истиєболининг асосий тамойиллари -Т.: 

Ўзбекистон. 1995. 10-11 бетлар.




O’zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo’li bo’lgan «O’zbek modeli» mamlakatimizning ijtimoiy


taraqqiyot dasturi bo’lib, bu dastur ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy islohotlarning g’oyaviy-nazariy 
negizini tashkil etadi. Mazkur islohotlar mustaqillik yillarida bir nechta bosqichlarni bosib o’tadi.
Jumladan, islohotlarning dastlabki bosqichida eski ma’muriy-buyruqbozlik tizimi tugatildi va 
milliy davlatchilikning siyosiy-huquqiy poydevori barpo etildi. Keyingi bosqichda ijtimoiy-
iqtisodiy islohotlarning huquqiy asosi yaratildi, iqtisodiyotning barqarorlashuviga erishildi. 
Islohotlarning navbatdagi bosqichida davlatimiz rahbari I.A.Karimovning «O’zbekiston XXI asrga
intilmoqda» nomli dasturiy asarida belgilab berilgan olti ustuvor vazifalar oshirila boshlandi. Bu 
vazifalar quyidagilardan iborat:
Mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish; 
Jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish;
Jamiyatimiz kelajagini belgilab beruvchi kadrlar siyosati; 
Xalq turmush darajasining izchil va barqaror o’sishi, aholini yanada kuchli ijtimoiy himoya
qilish;

Iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarni ta’minlash;


Jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, sarhadlarimiz dahlsizligini, 
mamlakatimiz hududiy yaxlitligini ta’minlash;
7

Jamiyatning siyosiy hayotini erkinlashtirish avvalo, aholining siyosiy faolligini kuchaytirishni,


hokimiyat vakolatlarini nodavlat va jamoat tashkilotlariga, fuqarolarni o’zini-o’zi boshqarish 
organlariga bosqichma-bosqich o’tkaza borishni taqozo etadi.
Iqtisodiyot sohasini yanada erkinlashtirish vazifasi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy 
erkinliklarini kengaytirish, mulkdorlarning mavqei va huquqlarini mustahkamlashni o’z ichiga
qamrab oladi.
Jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish masalasida o’z haq- huquqlarini taniydigan, mustaqil
fikrlay oladigan, iymon-irodasi, e’tiqodi mustahkam, shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq 
manfaatlari bilan uyg’unlashtiradigan, erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalash muhim
ahamiyat kasb etmoqda.
Huquqiy, demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati barpo etish kadrlar tayyorlash Milliy
dasturini amalga oshirishni, mamlakatimizning kelajagini ta’minlovchi etuk mutaxassislar 
etishtirishni taqozo etadi.
Aholini yanada kuchli ijtimoiy himoya qilish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-
iqtisodiy islohotlarning barcha bosqichlariga, «O’zbek modeli»ning mazmuni va mohiyatiga mos
bo’lgan muhim bir mezon bo’lib kelmoqda. 
Iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarni ta’minlash iqtisodiy islohotlarning mazkur bosqichiga
xos bo’lib, bunda bozor infratuzilmasini rivojlantirish, eksportga moslashgan va import o’rnini 
bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, moliya va bank tizimi faoliyatini
takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, mamlakatimiz hududiy
yaxlitligini ta’minlash mazkur bosqichdagi dolzarb vazifalardan biri sanaladi. Bu vazifa jahondagi 
globallashuv sharoitida, turli mintaqalardagi vaziyatning keskinlashuvi O’zbekistonning suveriniteti
va barqaror taraqqiyotiga xavf solishi mumkin bo’lgan tahdidlarga munosib javob qaytaradigan 
xavfsizlik tizimlarini yaratishni taqozo etadi. Mazkur bosqichda bunday tizim yaratildi.
O’zbekistonning o’ziga xos va o’ziga mos yo’li bo’lgan «O’zbek modeli» mamlakat 
taraqqiyotining har bir bosqichida, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy islohotlarning xususiyatlaridan
kelib chiqib, ijodiy rivojlantirilmoqda. 
Umuman, «O’zbek modeli» O’zbekistonning o’ziga xos bo’lgan taraqqiyot yo’li bo’lib, bu yo’l
mamlakatimizning tarixiy – milliy xususiyatlarini, geografik va demografik shart-sharoitlarni 
hisobga olgan, respublikaning bosh, strategik maqsadi sari yo’naltirilgan, islohotlarning har bir
bosqichida ijodiy rivojlanib boruvchi dasturi-amaldir. 

7
Каримов И.А. Ўзбекистон XXI асрга интилмоєда. -Т.: Ўзбекистон. 1999. 15-19 бетлар. 






Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin