Ikkinchi tamoyil haqida I.A.Karimov shunday deb yozadi: “Mustaqil davlatimizning siyosatini
belgilab olar ekanmiz, islom dinimizni albatta nazarda tutishimiz kerak, negaki din turmush
tarzimizga, ma’naviy qadriyatlarimizga, kishilar ongiga o’zining o’chmas muhrini bosgan.”
9
Uchinchi milliy tamoyil sifatida Prezidentimiz “O’zbekistondagi demografik vaziyatni albatta
hisobga olish zarur”
10
deb uqtiradi. Ma’lumki yurtimizda aholining tabiiy o’sish sur’ati juda katta
8
Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. 1-т. -Т.: Ўзбекистон, 1996, 11-бет
9
Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. 1-т. -Т.: Ўзбекистон, 1996, 12-бет
10
Ўша манба, 12-бет
bo’lib, mehnat resurslarining ortib borishi darajasi ham shunga mos keladi. Qolaversa, aholining 60
foizidan ko’prog’i qishloqlarda istiqomat qilishadi.
To’rtinchi tamoyil bu - O’zbekistonning ko’p millatli davlat ekanligi. Unda 120 dan ortiq millat,
elatlar yashaydi va ular 15 diniy konfessiyalarga mansub.
Beshinchi tamoyil, bu O’zbekistonning geosiyosiy jihatdan qulay makonda joylashganligi,
qadim karvon yo’llarining bizning Vatanimiz hududidan o’tganligi, turli tsivilizatsiyalarning
Markaziy Osiyoda tutashganligi hamda bugungi kunda ham mintaqamizning Sharq bilan G’arb
dunyosi o’rtasida muhim bo’g’in ekanligidadir.
Oltinchi tamoyil “O’zbekistonda islohotlar o’tkazishga mavjud tabiiy iqlim, shart-
sharoitlari”ning katta ta’sir ko’rsatishidan iborat.
4
Ettinchi tamoyil - “O’zbekiston o’zining siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash uchun
etarli salohiyatga ega”
5
. Yana bir muhim tamoyil sifatida I.A.Karimov “keyingi o’n yillar
mobaynida ma’lum qadriyatlarga ega bo’lgan kishilarning muayyan ijtimoiy ongi shakllanishini
ham e’tiborga olmaslik mumkin emas”, deb uqtiradi. Gap shundaki, mustaqillikdan oldingi 130
yildan ko’proq davr mobaynida xalqimiz o’zining milliy, madaniy, moddiy boyliklaridan
begonalashdi. Jahon hamjamiyatidan butunlay ajralib qoldi. Shu sababli, O’zbekistonning jahon
hamjamiyati bilan integratsiyalashuvida bu vaziyatni hisobga olish maqsadga muvofiqdir.
Yuqoridagi tamoyillar yoki omillarni chuqur o’rganib, Prezidentimiz I.A.Karimov istiqlolning
dastlabki yillarida islohotlarning ilmiy asoslangan strategiyasini ishlab chiqdi. Bu O’zbekistonning
o’ziga xos aql-idrokka asoslangan taraqqiyot yo’li jahon afkor ommasi tomonidan haqli ravishda
“ taraqqiyotning o’zbek modeli” degan nom oldi.
1
Aynan ana shu tamoyillarda bir tomondan
milliylik, ikkinchi tomondan umuminsoniylik yo’nalishlari uyg’unlashdi yoki ularning dialektik
mutanosibligi o’z aksini topdi. “Birinchi tamoyilimizda, - deb yozgan edi I.A.Karimov, - avval-
iqtisod, keyin siyosat degan shiorni olg’a surdik”
2
. Boshqacha qilib aytganda, iqtisodiyotning
siyosatdan ustunligi nazarda tutiladi. Iqtisodiy islohotlar siyosatdan ortda qolmasligi zarur.
Ikkinchi tamoyil - bu davlatning bosh islohotchi ekanligi. Yangilanish va o’zgarishlar siyosatini
ishlab chiqish va ularni izchillik bilan amalga oshirishni davlat o’z zimmasiga oladi.
Uchinchi tamoyil, o’z navbatida jamiyat hayotida, barcha sohalarda qonunning ustuvorligi
ta’minlanadi. Aynan O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan
Konstitutsiyasi ham umuminsoniy va milliy tamoyillarning mujassamlashgan yorqin namunasi
hisoblanadi.
To’rtinchi tamoyil, bu aholining demografik vaziyati, ayniqsa, uning 60 foizidan ko’prog’ini
yoshlar tashkil etganligi, kam ta’minlangan oilalarni, bolalarni, nafaqaxo’rlarni ijtimoiy himoyalash
maqsadida kuchli ijtimoiy siyosat olib boriladi.
Beshinchi tamoyil - bu xalqimiz an’analari, urf-odatlari hamda bozor iqtisodiyotining ob’ektiv
qonun-qoidalarini hisobga olgan holda unga «shok terapiyasi» asosida emas, balki evolyutsion
tadrijiy asosda, puxta o’ylab bosqichma-bosqich o’tish nazarda tutiladi.
3
Shunday qilib, ushbu tamoyillar yoki taraqqiyotning «o’zbek modeli» O’zbekistonda huquqiy
demokratik davlat va fuqarolik jamiyatiga o’tishining hamda uning jahon hamjamiyati bilan
izchillik asosida integratsiyalashuv kontseptsiyasining negizini tashkil etadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 1995 yil 23 fevralda I chaqiriq Oliy
Majlisining I sessiyadagi ma’ruzasi “O’zbekiston siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy
tamoyillari” deb nomlanishi bejiz emas. Mazkur ma’ruzada Yurtboshimiz Sharqda, qolaversa
O’zbekistonda dunyoviy, demokratik jamiyat barpo qilishning uch muhim tamoyili ustida to’xtab,
ularni ilmiy jihatdan asoslab berdi. Xo’sh, O’zbekistonda qurilayotgan demokratik, adolatli
4
Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. 1-т. -Т.: Ўзбекистон, 1996, 13-бет
5
Ўша манба, 13-бет.
1
М.С.Гафарли, И.А.Касаев. Ривожланишнинг «ўзбек модели»: тинчлик ва барқарорлик - тараққиёт асоси. -
Т.: «Ўзбекистон», 2001. –430 б.
2
Каримов И.А. Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. Т.: «Ўзбекистон» 2001, 36-38 бет.,
177 бет.
3
Каримов И.А. Биздан озод ва обод Ватан қолсин. 2 Т., -Т.: «Ўзбекистон», 1996, 177-180 бетлар.
fuqarolik jamiyatining shaklu-shamoyili qanday bo’lishi kerak? “Sharqda, - deb yozadi
I.A.Karimov, - demokratik jarayonlarning, qadimdan shakllangan o’ziga xos va o’ziga mos
xususiyatlari bor. Sharqda demokratik jarayonlar uzviy ravishda va asta-sekin taraqqiy topadi. Bu
sohada inqilobiy o’zgarishlar yasashga urinishlar g’oyat noxush, hatto fojiali natijalarga olib keladi.
Inqilobni g’arb olimlari ham “ijtimoiy taraqqiyotning ibtidoiy va yovvoyi shakli” deb ataganlar.
Tabiiyki, bunday yo’l bizga aslo to’g’ri kelmaydi”
1
. Shu o’rinda demokratik jamiyat qurishning
milliy, umumbashariy tamoyillarida sharqona qadriyatlar qanday o’rin egallaydi?, degan savol
tug’iladi. Agar e’tibor bilan qaralsa, bu o’rinda jarayonlar so’zi tamoyillar ma’nosini ham
anglatmoqda. To’g’ri, ikkinchi tamoyilni Prezidentimiz demokratlashtirishning “ikkinchi muhim
sharti” deb nomlagan. “Jamiyatni demokratlashtirishning ikkinchi muhim sharti odamlarning
tafakkuri va ijtimoiy saviyasi bilan demokratik o’zgarishlar darajasi va sur’atlari bir-biriga
qanchalik mutanosib bo’lishiga bog’liqdir”
2
. Fikrimizcha, mazkur tamoyil umumbashariy
tamoyildir. “Uchinchidan, - deb ta’kidlagan edi I.A.Karimov, -demokratik jarayonlar xalqimiz
milliy madaniyatining o’ziga xos jihatlarini, uning tabiatini o’zida mujassam etmog’i kerak.
Ma’lumki, G’arb namunasi ko’p hollarda individualizm falsafasiga tayanadi va ommani haddan
tashqari siyosiylashtirishga olib keladi”
3
. Demak, milliy tamoyillar bilan birga mintaqaviy
tamoyillar ham mavjud. Ko’rinib turibdiki, I.A.Karimovning ta’kidlashicha, demokratiyani
shakllantirishda O’zbekiston uchun G’arb namunasi emas, ko’proq Sharq tajribasi qo’l keladi.
“Osiyo” mintaqasi va musulmon Sharqidagi demokratik qadriyatlar va o’zgarishlar rivojining
tajribasi o’ziga xos xususiyatlar, o’ziga xos an’analarga ega. Sharqda demokratiya tushunchasi
hamjihatlik g’oyasi, jamoatchilikning fikricha, ustuvorlik zaminida shakllanadi”
1
. Osiyo mintaqasi
va musulmon Sharqining boy tarixiy tajribasiga asoslanib, I.A.Karimov O’zbekistonda demokratik
tamoyillarning rivoji to’g’risida nihoyatda muhim xulosaga keladi : ”Bizning mamlakatimizda, -
deydi Yurtboshimiz, - demokratik jarayonlar xalqimizning qonunni hurmat qilish, qonunga itoat
etish kabi fazilatlariga mos ravishda rivojlanishi zarur. Ahloqiy, ma’naviy qadriyatlar siyosiy
munosabatlarda ham ustunlik kasb etishi darkor”
2
.
Demokratik jamiyat kontseptsiyasida milliy, umuminsoniy qadriyatlar bilan bir
qatorda, diniy qadriyatlarning o’rniga alohida e’tibor qaratilmoqda. Negaki, ular o’rtasida
qat’iy chegara yo’q. Bunday fikr bildirishimizga muayyan tarixiy sharoitlarda ob’ektiv zaruratlar
tufayli jamiyat rivojlanishi uchun milliy qadriyatlar diniy qarashlar bag’rida shakllanganligidir.
Shunga ko’ra bizning milliy qadriyatlarimiz faqat islom zaminida vujudga kelmagan, balki
zardushtiylik, buddaviylik kabi dinlardan ham ko’p narsalarni olgan. Binobarin, har qanday
qadriyatlarning bosh manbai ijtimoiy hayotdir. Buning isboti sifatida hozirgi davrda
mamlakatimizda ko’pgina tarixan din bilan bog’liq qadriyatlar o’zlarining diniy mazmunini
o’zgartirib, dunyoviy milliy qadriyatlarga aylanganligidir. Ayni paytda, demokratik jamiyatni barpo
etishda din har doim ham uning tarafdori bo’lavermaydi. Ayniqsa, hozirgi murakkab o’tish davrida
islom g’oyalari va qarashlaridan bir-biriga tubdan qarama-qarshi maqsadlar yo’lida foydalanishga
urinishlar jonlangan bir paytda, ana shu omilning o’rnini alohida tahlil etish zarur.
Uning zaruratini Prezident I.A.Karimov alohida va bir necha marta ta’kidlab kelmoqda.
«Mustaqillik yillarida eng katta qo’lga kiritgan yutuqlarimizdan biri tarixiy, milliy va axloqiy
qadriyat hamda an’analarning, muqaddas dinimizning jamiyatni ma’naviy yuksalishidagi o’rni va
ahamiyatini qayta tiklanganligidir. Ayni zamonda, tajovuzkor aqidaparast kuchlar islom dini
xalqimiz uchun muqaddas qadriyat ekanligidan foydalanib, O’zbekistonni demokratik, ma’rifiy
taraqqiyot yo’lidan og’dirishga intilmoqdalar». Keyingi yillarda dunyo miqyosida islomdan
qarama-qarshi maqsad yo’lida foydalanishlar yaqqol namoyon bo’lmoqda.
O’zbekistonda demokratik jamiyatni barpo etishda milliy tamoyillarning asosini tashkil etuvchi
qadriyatlar ham alohida o’ringa egadir. Mustaqillik tufayli unga bo’lgan yangicha yondashuvlar
1
Каримов И.А Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. 3 Т., -Т.: «Ўзбекистон» 1996, 8-9 бетлар.
2
Ўша манба. 8-9 бетлар.
3
Ўша манба. 9-бет.
1
Каримов И.А. Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. Т3. –Т.: «Ўзбекистон» 1996, 9-бет.
2
Ўша манба, 9-10 бетлар.
Prezident I.A.Karimovning milliy va umumbashariy qadriyatlar to’g’risidagi metodologik ilmiy
mulohazalari hamda amaliy faoliyatlaridagi ko’rsatmalari, tashabbuslari bunning yorqin misolidir.
Milliy va umumbashariy qadriyatlar to’g’risida bir qator mamlakatimiz olimlarining fikr va
mulohazalarini umumlashtirish lozim. Negaki, O’zbekistonda barpo etilayotgan huquqiy
demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyati umuminsoniy qadriyatlar bilan bir qatorda, milliy
qadriyatlarimizga asoslanadi.
Shu nuqtai nazardan, qadriyat tushunchasining ijtimoiy-falsafiy adabiyotlarda ko’pgina ilmiy
ta’riflari mavjud. Berilgan ta’riflarni tahlil etish bir tomondan turli xil yondashuvlarning
mavjudligini, ikkinchi tomondan esa, ularning butunlay bir-birini inkor etishi hollarining mavjud
ekanligini ko’rsatadi. Masalan, ”Falsafiy entsiklopediya”ning beshinchi jildida qadriyatlar
quyidagicha tavsiflangan: ”Qadriyat falsafiy va sotsiologik tushuncha. U birinchidan, bir ob’ektning
ijobiy yoki salbiy qimmatini, ikkinchidan, ijtimoiy ongning normativ belgilovchi-baholovchi jihati
(sub’ektiv qadriyatlar yoki ong qadriyatlari)ni ifoda etadi”
1
. Rus tilidagi “tsennost” ya’ni qadriyat
tushunchasiga, kishilarning ijtimoiy-siyosiy faoliyatiga, ma’naviy dunyoqarashiga ijobiy yoki salbiy
ta’sir ko’rsatadigan barcha narsa va hodisalar kiritilgan.
Ana shunga yaqin nuqtai nazar boshqa ilmiy manbalarda ham bayon etilgan: “Qadriyat (falsafa,
sotsiologiyada) - voqelikdagi muayyan hodisalarning iqtisodiy, ijtimoiy va ma’rifiy ahamiyatini
ko’rsatish uchun qo’llaniladigan tushuncha. Qadriyatlarning mazmuni va xarakteriga ko’ra,
progressiv va reaktsion tiplarga ajratish mumkin” deyilgan. Fikrimizcha, bunday ta’riflar mazkur
kategoriyani o’ta sig’imdor qilish bilan birga, uning asli mohiyatini aniqlashda bir qator ilmiy
chalkashliklarni keltirib chiqarmoqda. Shunga ko’ra uning mazmuni, tuzilishi, asosiy shakllari
namoyon bo’lish xususiyatlari va umuminsoniy qadriyatlar tizimi, bu tizimdagi asosiy qadriyat
shakllarining o’rni va ahamiyatini ilmiy tahlil qilish bilan bog’liq bir qator masalalarga e’tibor kam
ekanligini ko’rsatib o’tish lozim.
“Qadriyat deyilganda inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan millat, elat va ijtimoiy
guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan va shu tufayli ular tomonidan baholanib,
qadrlanadigan tabiat va jamiyat ne’matlari hodisalari majmuini tushunmog’imiz lozim
2
. Rus, ingliz,
nemis, frantsuz va chex tillarida Rossiya Fanlar Akademiyasining akdemigi G.V.Osipov
muharrirligida chop etilgan “Sotsiologicheskiy entsiklopedicheskiy slovar” da qadriyatlarni
baholash, qadriyatlar tizimi, ijtimoiy qadriyatlar, qadriyatlar yo’nalishi va umuman qadriyatlarga
ta’riflar berilgan
1
. Qadriyatlar tushunchasiga “Mustaqillik izohli ilmiy-ommabop lug’ati”da ham
alohida o’rin ajratilgan.
“Qadriyatlar — jamiyatda kishilar o’rtasida obro’ga, e’tiborga, hurmatga, nufuzga, ahamiyatga
ega kishilar munosabatlar, holatlar, moddiy narsalar va ma’naviy boyliklar majmuasi”
2
degan ta’rif
berilgan. Qadriyatlarni bunday ta’riflash uning mohiyatini ancha yorqin ifodalasada, lekin
qadriyatlarga berilgan ta’riflar ichida o’zining ilmiyligi bilan boshqa ta’riflardan ajralib turadi,
degan fikrdamiz. Bizningcha, “umuminsoniy qadriyatlar tushunchasi butun jamiyat ahamiyatiga ega
bo’lgan, insoniyatning mavjudligi, o’tmishi, buguni va kelajagini, yashashning asosiy yo’nalishlari,
qonun-qoidalarini, talab va tartiblarini, odamlarning eng azaliy orzu-umidlari va ideallarini o’zida
aks ettiradigan qadriyatlarining umumiy shakllarini ifodalaydi. Umuminsoniy qadriyat
tushunchasining ob’ektiv asosi ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar, insoniyatning uzluksiz xayotini
va turmush tarzini umumlashtiradigan jamiyatdir”. Darxaqiqat “umuminsoniylik” tushunchasida
qadriyatlarni tirik tabiatning bir qismi bo’lgan odam zotining hayoti va kamoloti uning tarixiy
taraqqiyoti, siyosiy va boshqa birliklar uchun ahamiyati o’z ifodasini topishi kerak. Shu o’rinda
insoniyatning eng umumiy jamoasi bo’lgan jamiyatgina, umuminsoniy qadriyatlarning
1
Философская энциклопедия, М., 1970, Т 5, с. 462
2
ªадриятлар ва ижтимоий тараққиёт (илмий ишлар тўплами), -Т., Ўзбекистон, 1997, 198 б.
Т.Комилова, С.Абидова Миллий ахлоқий қадриятлар ва уларнинг тарбиявий аҳамияти, ЎзФА, “Фан”наш.,
2000, 20 б. Б.С. Ерасов Культурология, 2-е изд., М.:”Аспект-Пресс”,1997, 591 б.
Н. Ортиқов Маънавият: Миллий ва умуминсоний қадриятлар, -Т., “Ўзбекистон”, 1997, 48 б.
1
Г.В.Осипов. Социологический энциклопедический словарь, М. 2000, 402-403 с.
2
Мустақиллик изоҳли илмий-оммабоп луғат. А. Жалолов ва ª. Хоназаров умумий таҳририда. –Т.: “Шарқ”,
1998, 279-бет
yaratguvchisi va saqlab turuvchisidir. Umuminsoniy qadriyatlar nihoyatda keng ko’lamli va serqirra
tushuncha. Uning zaminida eng avvalo ozodlik, erkinlik, tinchlik, demokratiya tufayli shakllangan
inson baxt-saodati kabi umumijtimoiy ma’no va mazmun kashf etadigan qadriyatlardan iborat,
deyish mumkin. Qadriyatlarni faqat moddiy va ma’naviy boyliklar sifatida tushunish va uni
shunday izohlash ham ilmiy nuqtai nazardan to’g’ri emas.
Yuqoridagi adabiyotlarning tahlillari shuni ko’rsatadiki, o’tmishdagi barcha ijtimoiy-falsafiy
ta’limotlarda qadriyatlarning mohiyati va ularning jamiyat taraqqiyotida tutgan o’rni masalasiga
katta e’tibor berishgan. Agarda qadimgi dunyo ijtimoiy-falsafiy ta’limotlarida umuminsoniy
qadriyatlar inson aqliy taraqqiyotining mahsuli deb qaralgan bo’lsa, Turondagi ijtimoiy-falsafiy
fikrlar tarixida “Avesto”dagi uchinchi davr deb atalgan insoniyat kelajak istiqboli, adolatli jamiyat
haqidagi fikrlar uning tarixiy ildizlarini tashkil etadi.
Har bir millat o’z qadriyatiga ega. Binobarin, uning har bir mamlakat, har bir xalq
rivoji uchun imkoniyatlaridan qay darajada foydalanish – demokratik jamiyatni barpo etishda
muhim o’rin egallaydi. Hozirgi davrda qadriyatlarning muhim xususiyatlaridan biri ham ana
shundadir. Mustaqillikdan keyin milliy qadriyatlarning demokratik jamiyat qurishdagi o’rnini
aniqlash borasida jiddiy ilmiy izlanishlar ham, amaliyot bilan bog’liq muammolar ham davlat
siyosati darajasiga ko’tarildi. Negaki, biron-bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida
ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o’z istiqbollarini
tasavvur eta olmaydi. Ayniqsa, bizning sharqda xalqning ming yillik milliy qadriyatlari uning uchun
qudratli ma’naviyat manbai bo’lib xizmat qilgan. Xalqimizning yaqin o’tmishidagi uzoq vaqt
davom etgan kuchli mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O’zbekiston xalqi avloddan-avlodga o’tib
kelgan o’z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o’ziga xos an’analarini saqlab qolishga
muvaffaq bo’lganligi sababi ham ruhida, qalbida doimiy ravishda umumbashariy qadriyatlarga
sodiq bo’lganligidir. «Biz, deb ta’kidlaydi I.A.Karimov, - ma’naviy qadriyatlarni tiklashni milliy
o’zlikni anglashning o’sishidan, xalqning ma’naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan
iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz»
1
. Demak, O’zbekistonda demokratik jamiyat barpo
etishning milliy, umumbashariy tamoyillarini har bir xalqning qadriyatlarisiz, alohida ajratib
bo’lmaydi. Shu o’rinda xo’sh, «qadriyat» so’zi nima ma’noni anglatadi degan tabiiy bir savol
tug’iladi. «Qadriyat» atamasi bizga arabcha «qadri» so’zidan kirib kelgan bo’lib, bugungi kunda bu
tushuncha «borliq va jamiyatdagi biror bir narsa va hodisaning kishilar o’rtasidagi o’zaro ijtimoiy
munosabatlardagi tutgan muhim ahamiyatni ifoda etish uchun qo’llanilmoqda. Bu masalaning bir
tomoni. Uning ikkinchi tomoni shundan iboratki, «qadriyat» so’zi qadim zamonlarda paydo bo’lgan
va barcha xalqlar tillarida mavjuddir. Demak, bu tushuncha bir necha ming yillik tarixga egadir.
Fikrimizning isboti sifatida qadimgi dunyoda «aksiologiya» degan atamaning mavjud bo’lishidir.
Aksiologiya aslida falsafaning muhim yo’nalishlaridan biridir. Faqat bu tushuncha XIX-XX
asrlarga kelib, Evropa mamlakatlari falsafasida rivojlantirildi. Uning tarixi demokratiya tarixi bilan
bog’liqdir. Binobarin, Evropa mamlakatlarida ham demokratik jamiyatni barpo etishda
qadriyatlarga asoslanish ustuvor bo’lgan.
Ammo biron-bir narsa va hodisa, xoh u moddiy bo’lsin, xoh ma’naviy bo’lsin, qadriyatga
aylanishi uchun ma’lum bir vaqt, davr o’tishi kerak. Demokratiyani milliy va umuminsoniy qadriyat
sifatida shakllanishi ham shunday bosqichlarni bosib o’tgan. Shunga o’tmishdagi barcha narsalar
ham milliy qadriyat hisoblanavermaydi. Uning milliy qadriyatga aylanishi uchun o’zini ko’rsata
olishi shart. Demak, biz demokratik jamiyat qurishdagi o’tmishimizdagi barcha narsalarimizni
to’laligicha ololmaymiz. Negaki u hamma uchun ibratli emas.
Shu o’rinda Prezident I.A.Karimovning quyidagi fikrlari o’ta muhim ahamiyat kasb etadi «…
o’tmish qadriyatlarga, an’analarga va turmush tarziga betartib ravishda, orqa-ketini o’ylamay
qaytish boshqa bir keskinlikka - hozirgi davrni qabul qilmaslikka, jamiyatni yangilash zaruriyatini
inkor etishga olib kelishi mumkin» edi. Ayni shu inkor etish onlarida ekstremistik ruhdagi
1
Каримов И.А. Ўзбекистон ХХI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт
кафолатлари. -Т.: Ўзбекистон, 1997. 137-б.
muxolifatning vujudga kelish xavfi tug’ildi. U aslini olganda, ma’naviyatga qarshi muxolifat
bo’lishi mumkin edi
1
. Ba’zan shunday ham bo’ladi.
O’zbekistonda
demokratik jamiyat qurishda milliy qadriyatlardan tashqari diniy
qadriyatlarimizga ham alohida o’rin berilayotganligi tasodifiy hol emas. Chunki milliy va diniy
qadriyat o’rtasida qat’iy chegara yo’q. Ular doimiy ravishda o’zaro bog’liq holda namoyon bo’ladi,
bir-biri bilan muloqotda, birgalikda mavjud bo’ladi. Milliy va diniy qadriyatlar mutelikdan, fikr
qaramligidan qutulish, milliy o’zlikni anglashga xizmat qilishi bilan ular jamiyatda demokratik
umumbashariy tamoyillarining qaror topishiga zamin yaratadi.
Demokratik qadriyatlarning muayyan sharoitlarda shakllanishi. Ularning mahalliy,
milliy, mintaqaviy va umuminsoniy shakllarda namoyon bo’lishi. Demokratik jamiyat barpo
etishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning mutanosibligi hamda rivoji. O’zbekistonda adolatli
demokratik jamiyat barpo etishda milliy qadriyatlarning ma’lum ma’noda umumbashariy ahamiyat
kasb etishi. Milliy qadriyatlarning umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg’unlashtirilishi.
Dostları ilə paylaş: |