Birinchidan
, qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-hujjatlar adolatga, inson huquqi
va manfaatlariga asoslangan bo’lishi shart.
Ikkinchidan, Konstitutsiya, qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar barcha davlat
organlari, mansabdor shaxslar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolar tomonidan aniq bajarilishi zarur.
Uchinchidan, barcha normativ-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya va qonunlarga mos bo’lishi –
qonun ustuvorligini ta’minlashning asosiy mexanizmlarini tashkil etadi. Demokratik jamiyatning
muhim tamoyili bo’lgan qonun ustuvorligi mamlakatimizda barpo etilayotgan fuqarolik jamiyati
qurishning asosidir. Albatta, demokratik jamiyat qurish faqat qonun ustuvorligi bilan cheklanib
qolmaydi, balki xalqimizning milliy-ma’naviy negizlariga tayanishni taqozo etadi va zaruriy sharti
qilib qo’yadi.
7– mavzu. Milliy-ma’naviy negizlarga tayanish – demokratik jamiyat
qurishning zaruriy sharti.
REJA:
1.
Milliy ma’naviy negizlar tushunchasi va uning mohiyati.
2.
Milliy ma’naviy negizlarning demokratik jamiyat qurishdagi o’rni.
3.Milliy ma’naviy negizlarning demokratik jamiyat qurishdagi ahamiyati.
Bugun shuni alohida qayd etish mumkinki, demokratiya turli xil milliy-madaniy sharoitlarda
yashay olish xususiyatiga ega ekanligini isbotlay oldi. Bu degani bir tomondan demokratiyaning
milliy xususiyatlari mavjudligini ko’rsatsa, ikkinchidan uni turli xalqlar, millatlar hayotida,
davlatchilik qurilish an’analarida namoyon bo’lishidan dalolatdir. Shunda o’zining milliy-ma’naviy
qadriyatlariga tayanmagan, uni hisobga olib, ayni paytda umuminsoniy qadriyatlar, tamoyillar bilan
uyg’un bo’lmagan demokratiyani haqiqiy demokratiya yoki demokratik jamiyat deb bo’lmaydi.
Har bir xalqning milliy ongida shu xalqqa xos va mos bo’lgan, tarixan shakllangan asosiy jihatlar
borki, u shu xalqning ruhiyatini, mentalitetini, xarakterini ifodalaydi va ular mamlakatning siyosiy
tizimida o’zining izlarini qoldirmasligi mumkin emas. Albatta dunyo taraqqiyotida demokratiya
umuminsoniy qadriyat sifatida turli xalqlar, millatlar tafakkuri va turmush tarziga singgan, e’tirof
etilgan. Va shunga mos e’tibor berilayotgan, amal qilib kelinayotgan boshqarish uslubidir. Bu
umumiy qonuniyat. Ayni paytda, ana shu umumiy qonuniyatning ikkinchi muhim bir jihatini
hisobga olmaslik ham mumkin emas. Bu har bir xalqning hayot tarzi, mintaliteti, demokratiyani his
etish, anglash, tushunish va unga amal qilish xususiyatining mavjudligi bilan bog’liq. Hamma
xalqlar uchun yagona siyosiy idora etish uslubi ham, yagona jamiyat andozasi ham yo’q. Birini
ikkinchisidan afzal ko’rish ham mumkin emas. Umuminsoniy qadriyatga aylangan demokratiyaning
hamma uchun muhim va ahamiyatli bo’lgan jihatlarini tan olib, uni har bir xalqning milliy-
ma’naviy ruhiyati asosida qaror topishi va umuminsoniy hodisaga aylanishini e’tirof etmaslik
jamiyat rivojiga, demokratik taraqqiyot mantig’iga to’g’ri kelmaydi. Demokratiya qanchalik
umuminsoniy ma’no va qadriyat kasb etmasin, uning negizini, unga ruhiy kuch-quvvat beradigan,
uni boyitib turadigan, rang-barangligini ta’minlaydigan “milliylik”, “milliy ruhiyat” milliy-
ma’naviy qadriyatlardir. Demokratiya milliylikni, milliy ruhiyatni hisobga olmasa, unga tayanmasa,
o’z mohiyatiga zid bo’lib qoladi.
Jamiyatning hayotida demokratik qadriyatlarning chuqur singib, joy olib borishi xalqning
siyosiy-madaniy ongi, ularning siyosiy demokratiya va bugungi bozorning asosiy talablari,
tamoyillarini qabul qilish, hamda tadbiq etishga tayyorlik darajasiga ham bog’liq. Boshqacha
aytganda har bir xalq unga, ya’ni siyosiy o’z-o’zini tashkil etish shakllariga, mexanizmlariga tayyor
bo’lib etishishi ham zarur. Bu uzoq davom etadigan, uzluksiz jarayon bo’lib, muayyan tarixiy
tajribaga ega bo’lishni ham taqoza etadi. Demokratiyaning G’arbona ko’rinishi kimgadir “afzal”
tuyulayotgan bo’lsa, bu demak yoki G’arbona demokratiyani birtomonlama ko’rish, unga ortiqcha
baho berib, uning milliy-ma’naviy xususiyatlarini e’tirof etmaslikni anglatadi. Yoki Sharqona
demokratiyaning zamondan orqada qolgan ayrim jihatlari, mintalitetimizdan chuqur joy olgan
ayrim nosog’lom steriotiplarni o’zgartirishga ehtiyoj mavjudligini ko’rsatadi. Sharqona
demokratiya ham umume’tirof etilgan demokratik tamoyillarga tayanadi. Ayni paytda o’zining
mintaqaviy, umumiy milliy-ma’naviy xususiyatlarini hisobga olishni anglatadi. U ham o’z ichida
rang-barang va nisbiy hodisa. Bu sharq xalqlarining tarixan qaror topgan qadriyatlaridagi o’ziga xos
milliy xususiyatlaridir. Ular xalqlarning tafakkur tarzida, urf-odat va an’analarida siyosiy hayot,
inson, jamiyat va davlatga qarashda amal qiladigan o’ziga xos siyosiy-madaniy xulq-atvor
ko’rinishlarida namoyon bo’ladi. Bu xalqimiz hayotida qadim-qadimdan jamoa bo’lib yashash
ruhiyatining ustuvorligi, oila, mahalla, el-yurt tushunchalarining odamlar qalbidan chuqur o’rin
olib, ota-onaga, mahalla-kuyga, jamoatga yuksak hurmat va etibor bilan qaralishi, kattalarga
hurmat, kichiklarning izzat qilinishi, onalarga va umuman ayol zotiga alohida ehtirom ko’rsatilishi,
sabr-bardoshlik va mehnatsevarlik, mehr-oqibatli bo’lish bilan bog’liq tamoyillar avlodlardan -
avlodlarga o’tib kelayotgan qadriyatlardir. Bunday qadriyatlar tabiiy ravishda demokratiyaning
umuminsoniy tamoyillari bilan o’zaro munosabatda, uzviy bog’liq. Lekin bir narsani hayotda
kuzatish mumkin, ayrim hollarda milliy-ma’naviy qadriyatlarga tayanish demokratiyaning
umuminsoniy tamoyillaridan ko’ra ustunroq bo’lib qolish hollari ayrim kishilar faoliyatida
uchraydi. Masalan, qonun ustuvorligi demokratiyada umumbashariy qadriyat hisoblanadi. Unda
milliy manfaatlar ham o’zining ifodasini topgan. Lekin, masalan, kattaga hurmat deb, yoki mening
mahallam deb, ayrim uchraydigan salbiy hatti-harakatlarni yashirsak, noqonuniy hatti-harakatlardan
ko’z yumsak bu jamiyat hayotiga, har birimiz uchun ham yomon oqibatlarni sodir bo’lishiga sabab
bo’lishi, o’zimiz ham unga sababchi bo’lib qolishimiz mumkin. Bunday holatda haqiqatni aytish va
ayta olish Sharqona demokratiyaga zid bo’lgan holat emas. Shu uchun ham u ko’pchilikning hayot
tarzi va faoliyatidagi xulq-atvor normasiga, qadriyatga aylanishi zarur. Sharqona demokratiya
“axloq” va “ma’rifat” munosabatlari, hamda an’analarga ko’proq bog’langanligi bilan ham farq
qiladi. Bu hech qachon demokratiyaning umumbashariy qadriyatlariga soya solmaydi.
G’arb demokratiyasida ham xuddi shunday xususiyatlarni keltirib, uni G’arb hayot tarzi va
ko’nikmalariga nisbatan qiyosiy talqin etish mumkin. Ayni paytda u ko’proq “an’analar”ga emas,
uni hisobga olgan holda qonunga, shaxs erkinligi, Sharq nuqtai nazaridan yondoshganda qonun
asosidagi “individualizm”ga asoslanib fuqaro siyosiy madaniyatiga chuqur singganligini ko’ramiz.
Bundan G’arb demokratiyasi jamoani, milliy-ma’naviy xususiyatlarni mutlaqo tan olmaydi, u
jamoatchilikdan ham, insoniy mehr-oqibat munosabatlaridan ham mutlaqo begona degan xulosa
kelib chiqmaydi. Sharqning o’ziga xos jihati demokratiyani individuallik bilan jamoaviylikni
mushtarak holda qabul qilib, u bilan (oila, guruh, jamoa, mahalla, davlat) uyg’un holda ko’rishida
ko’proq namoyon bo’ladi. Unda individ (shaxs) erkinligi va manfaatlarining jamoa fikri,
manfaatlari bilan o’zaro munosabatida jamoaning fikri, manfaatlarining ayrim holatlarda ustuvorligi
mavjud. Uni inkor etib bo’lmaydi. Bu esa individ, alohida shaxs manfaati jamoaga zid qo’yiladi,
degan ijtimoiy ma’noni bermaydi. Buni qaysidir darajada jamiyat va shaxs munosabatlarini, shaxs
hayoti faoliyatini jamiyatdan tashqarida emasligi, aksincha u bilan bog’liqlik falsafasiga tayanadi
deyish mumkin. Shaxsning erkinligi, huquqlari jamoat manfaati bilan ko’proq bog’liq holda
qaralishi bilan farq qiladi.
G’arbda to’g’ri deb topilgan individning qonun asosidagi ayrim hatti-harakati, xulq-atvori
holatlarini Sharq an’anasiga ko’ra jamoatchilik osongina qabul qilmasligi va qonunga zid bo’lmasa
ham to’g’ri deb hisoblamasligi mumkin. Bunga G’arb ko’proq qonunga asoslangan holda baho
bersa, Sharq jamoatchilik, qadriyatlar, an’analarni hisobga olib uni qonun bilan muvoffiq ko’radi.
Hamda baho beradi. Rag’batlantiradi yoki jazolaydi ham. Shuning uchun Sharqda qonun ijtimoiy
axloq ko’rinishlari bilan doimo o’zaro muvozanatda bo’ladi. Shaxs xatti-harakatiga baho berganda,
umume’tirof etilgan qonuniy me’yorlar bilan birga an’anaviy me’yorlar, axloq ko’rinishlari ham
ustuvorlik kasb etadi. Lekin bu qonuniy asoslarga zid bo’lmaydi. Qonun ustuvorligi shu jihatdan
ham ko’proq hayot tarzimizga singib bormoqda. Lekin hali hamma ham unga to’liq ko’nikib olgani
yo’q. An’anaviy holatlar, mo’ljallarimizga faqat axloq normalari nuqtai nazardan qarash, ayrim
holatlarda qonunni ham “chetga” chiqarib, unga noqonuniy tarzda yondoshish oqibatida
jamoatchilik fikri, jamoa nufuzi, sha’ni, or-nomusining qonuniy asoslardan ustuvor kelib qolish
hollariga urunishlar, shunga moyillik hayotimizda ayrim hollarda uchraydi.
Bu yaxshimi yoki yomon degan savolga javob berish oson emas. Agarda yaxshi deb javob
bersak, o’z manfaatiga va qonuniy-huquqiy holatiga to’g’ri kelmasligini anglab etgan kishi o’z
“erkinligini” kamsitilgan deb his etishi mumkin. Agarda yomon deyiladigan bo’lsa, unda biz
o’zimizning ayrim xususiyatlarimizga, an’analarimizga, jamoaga nisbatan tarixan shakllanib kelgan
qadriyatlarga nisbatan “hurmatsizlik” qilgan bo’lamiz. To’g’rirog’i kimdir shunday qarashi va baho
berishi aniq.
Shuning uchun ham, inson haq-huquqlari esa aniqlikni, inson manfaatini ustuvorligini, uni
qonunga mos bo’lishini taqozo etadi. Shuning uchun ham qonunga tayanish va qonun asosida
muammoni hal etish umume’tirof etilgan umuminsoniy demokratik qadriyatdir. “O’zbekiston
Respublikasida demokratiya umuminsoniy printsiplarga asoslanadi, ularga ko’ra inson, uning
hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.” (13-
modda) deyiladi. Shunga asoslanish va tayanib ish ko’rish Sharq va G’arb demokratiyasi uchun
ham umumiy, mushtarak nuqtalardir.
Demokratiyaning Sharqona va G’arbona ko’rinishlari ham milliy-ma’naviy xususiyatlarni e’tirof
etadigan, unga tayanadigan umuminsoniy mohiyat kasb etadi. Demokratiyaning qanday shakli
bo’lishidan qat’iy nazar milliy-ma’naviy xususiyatlardan ozuqa oladi, unga tayansagina
umuminsoniy qadriyatga aylanib boradi. Bu xalqlar hayotida muhim o’rin tutadi. Demokratik
jamiyat qurishni kafolatlaydi.
Demokratiyaning biron-bir ko’rinishini mutloqlashtirib bo’lmaydi. Demokratiyaning milliy
xususiyatini ham, umumbashariy tamoyillarini tan olishni jamiyat rivoji, davlat va jamiyat qurilishi,
uni erkinlashtirish jarayonlari taqoza etadi. O’zbekistonda demokratiyaning Sharqona
xususiyatlarining e’tirof etilishining mohiyatini shunda ko’rish mumkin. Shuning uchun ham
mamlakatimizda demokratiyaga milliy va umumbashariy qadriyat sifatida qaralmoqda. Aks holda
biron-bir davlat yoki jamiyat qurilishi boshqa davlat yoki xalqlar uchun yagona andoza bo’lib
xizmat qilavergan bo’lar edi. Bu esa demokratik taraqqiyotning xilma-xilligiga, rivojlanish
modellarining rang-barangligiga to’g’ri kelmaydi.
Umuminsoniy qadriyatlar inson ma’naviy, ijtimoiy kamolotining qandaydir alohida,
boshqalardan ajralgan tomoni emas. Umuminsoniy qadriyatlar milliy va mintaqaviy
qadriyatlarning umumlashgin ifodasidir. Umuminsoniy qadriyatlar butun insoniyatga xos
qadriyatlar asosida tashkil topadi va rivojlanadi. Ular ayni vaqtda barcha milliy qadriyatlarning
bir-biriga yaqinlashishi va rivojlanishiga ham xizmat qiladi.
Insonparvarlik g’oyalariga sadoqat, demokratiya, ijtimoiy adolat hamma erda barqaror bo’lishiga
intilish, inson huquqlari poymol etilishiga yo’l qo’ymaslik, hamma xalqlarning milliy mustaqillik
uchun bo’lgan kurashlarini himoya qilish, kishilarni do’stlik, hamkorlik va hamdardlikka chorlash,
hamma erda tinchlik, osoyishtalik qaror topishiga harakat qilish, atrof-muhitni toza saqlash
umuminsoniy qadriyatlarning xozirgi kunda katta ahamiyat kasb etayotgan jihatlaridir.
Markaziy Osiyo xalqlari ming yillar davomida bir-biri bilan yaqindan iqtisodiy va siyosiy
aloqalar o’rnatganlar. Ularning turmush sharoitlari, tili, madaniyati, dini, urf-odatlari bir-biriga
yaqin bo’lishi ko’plab umummintaqaviy qadriyatlar shakllanishiga olib kelgan. Bu qadriyatlar turli
joylarda bir-biridan biroz farq qilsa-da, mohiyat jihatidan yaqindir.
Mehmondo’stlik, bolajonlik, yaqin qo’ni-qo’shnichilik, kattalarni hurmat, kichiklarni izzat qilish,
qarindosh-urug’lar, do’stlar bilan yaqin aloqada bo’lish, sahiylik, halol bilan haromni farqlash O’rta
Osiyo xalqlarining hammasiga xos bo’lgan ma’naviy fazilatlardir. Garchand mehmondo’stlik bilan
bog’liq udumlar mintaqamizning hamma erida keng tarqalgan yaxshi an’ana bo’lsa ham, ular turli
joylarda bir-biridan farq qiladi.
Keksalarni, ota-onalarni hurmat qilish ham Markaziy Osiyo xalqlarining o’ziga xos yuksak
ma’naviy boyligidir.
Keksalar ko’pni ko’rgan, aql va idrok bilan har ishda maslahat bera oladigan, yoshlarga katta
tarbiyaviy ta’sir ko’rsata oladigan kishilardir. Keksalarni hurmat qilish, ulardan saboq olish, hayot
tajribasini o’rganish ma’naviy kamolot uchun yangi imkoniyatlar izlashga harakat qilishdir. Ota-
onani hurmat qilish, ularning gapiga, pand-nasihatiga quloq solish ham katta ma’naviy qadriyatdir.
Ota-ona hech vaqt o’zining farzandiga yomonlikni ravo ko’rmaydi. Ular hayotda ko’p og’irlik,
engilliklarni ko’rgani sababli, farzandlarining istiqbolini ham ulardan ko’ra ko’proq o’ylaydilar.
Ba’zan ota-onaning nasihatlari noqobil farzandlarga og’irroq tuyuladi. Bu - hayotni chuqur
bilmaslik, hayotning turli jarayonlariga engil-elpi qarashning oqibatidir. Farzandlar ota-onaning
qadrini o’zlari ota-ona bo’lganidan keyingina fahmlab oladilar. Bu davr ichida ular ma’naviy
kamolotning ko’p imkoniyatlarini qo’ldan boy berib qo’yadilar. Shuning uchun ulkan ma’naviy
qadriyat bo’lmish ota-onani hurmat qilish odatini aslo unutmaslik kerak.
Ota-onaga bo’lgan hurmat dunyodagi barcha xalqlarda uchraydi. Lekin bizning mintaqamizda bu
qadriyatni e’zozlash boshqa joylarga nisbatan ustunroq turadi. Hashar yo’li bilan uy-joy qurishda,
uy-joylarni ta’mirlashda bir-biriga yordam ko’rsatish, etim-esirlarning, beva-bechoralarning
peshonasini silash, mehr-muruvvatli bo’lish, ularni qarindosh-urug’lar o’z himoyasiga olib, xoru
zor bo’lib qolishiga yo’l qo’ymasligi ham mintaqamiz xalqlarining barchasiga xos qadriyatdir.
O’zbekiston suveren demokratik davlat bo’lib, xalq davlat hokimiyatining asosiy manbai
hisoblanadi. Bu haqda Konstitutsiyaning 13-moddasida shunday deyilgan: «O’zbekiston
Respublikasi demokratik umuminsoniy printsiplarga asoslanadi, ularga ko’ra inson, uning hayoti,
erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi»
1
. Demak,
demokratik davlatda xalq davlat hokimiyatining asosiy manbai bo’lib, umuminsoniy tamoyillarni
amalga oshirish orqali inson va jamiyatning farovonligini, barcha xalqning turmush darajasini
oshirib borishga erishadi.
Katta ijtimoiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan mintaqaviy qadriyatlardan yana bari -
jamoatchilik fikridir. Jamoatchilik fikri odamlar o’rtasidagi bir-biriga yaqinlik, o’zaro hurmatning
ifodasi bo’lib, keng foydalanish mumkin bo’lgan qadriyatdir.
Xulosa qilib aytganda qadriyatlar jamiyat tarixiy taraqqiyoti jarayonida shakllangan va
rivojlangan, o’tmishda, hozirgi kunda va kelajakda ham ijtimoiy taraqqiyotga ijobiy ta’sir etadigan,
kishilar ongiga singib, ijtimoiy ahamiyat kasb etgan moddiy, ma’naviy boyliklardir. Shu nuqtai
nazardan, tarixiy tajriba, an’analarning meros bo’lib o’tishi - bularning barchasi yangidan yangi
avlodlarni tarbiyalaydigan qadriyatlarga aylanib qolishi lozim.
Demak, milliy qadriyatlar umuminsoniy demokratik tamoyillar bilan uyg’unlashtirilsa,
shundagina jamiyat taraqqiyotining rivojlanishida uning o’rni alohida ahamiyatga ega bo’ladi.
Ammo sho’rolar davrida qadriyatlar bir tomonlama yoritilar, bu borada ko’p tadqiqotlar olib
borilgan edi. Lekin milliy qadriyatlarning mavjudligi e’tibordan chetda qolar edi. Bunday
“tadqiqot”lardan maqsad har bir millatning o’z muayyan tarixiy tajribasi asosida o’z qadriyatlari
tizimi shakllanganiga qadar kishilarning e’tiborini tortmaslik, demokratiyaning umumjahon va
umumbashariy tamoyillari esa sinfiy asosda talqin etilar edi. Tanlab olingan va umumjahon
tamoyillar va qadriyatlar ichida eng nufuzli joyni ulug’ millatning qadriyatlari egallab turardi.
«Bugungi kunda, - mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, - an’anaviy
qadriyatlarimizni demokratik jamiyatning qadriyatlari bilan uyg’unlashtirish kelajakda yanada
ravnaq topishimizning jamiyatimiz jahon hamjamiyatiga qo’shilishining garovidir»
1
. Shu nuqtai
nazardan umumbashariy demokratik tamoyillarni qaror toptirish, ko’p bor ta’kidlanganidek,
jamiyatimiz taraqqiyotidagi eng murakkab masalalardan biridir. Ayniqsa, bu uzoq vaqt totalitar
tuzum asoratida yashagan sobiq ittifoq makonida, jumladan O’zbekistonda ham uning illatlaridan
butkul qutula olmagan jamiyatda yanada murakkabroq kechadi. Ana shu murakkab jarayonni,
ijtimoiy-siyosiy larzalarga olib kelmaslikning yo’llaridan biri, qonun ustuvorligi tamoyilidir.
Mustaqillikni mustahkamlash davrida jamiyat hayotining siyosiy, iqtisodiy, madaniy,
ma’naviy, barcha jabhalarda tub tarixiy burilish bilan bog’liq bir qator muammolarni va
vazifalarni hal etishni taqozo etadi. Ana shunday ulkan vazifa va mas’uliyat xalqimizdan bir
tomondan ma’naviy yangilanish jarayonini to’liq idrok etishni, ikkinchi tomondan esa demokratik
jamiyat qurishda unga tayanishni taqozo etmoqda. Negaki milliy-ma’naviy yangilanish, yuksalish,
taraqqiyot omiliga aylanmoqda. Shu bois, mustaqillik yillarida jahon tsivilizatsiyasiga salmoqli
hissa qo’shgan buyuk allomalarimizning merosini ham yangidan ijodiy o’zlashtirish hayotiy
ehtiyojga aylandi. Ayniqsa, Imom Buxoriy, Imom at-Termiziy, Hoja Bahouddin Naqshband, Hoja
Ahmad Yassaviy, Al-Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo
Ulug’bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat,
Behbudiy, Usmon Nosir va boshqa ko’plab buyuk siymolarimiz ilmiy-adabiy merosini o’rganish
mamlakatimizda barpo etilayotgan demokratik jamiyatning milliy-ma’naviy negizlarini tashkil
etmoqda. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq, ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar
mobaynida yaratib kelingan g’oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat
siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo’lib qoldi.
Biz ma’naviy qadriyatlarni tiklashni milliy o’zlikni anglashning o’sishidan, xalqning ma’naviy
sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz.
11
1
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. -Т.: Ўзбекистон, 2003. 11-б.
1
Каримов И.А. Хавфсизлик ва барқарор тараққиёт йўлида. Т.6. –Т.: Ўзбекистон, 1998. 135-б.
11
Каримов И.А Ўзбекистон ХХI аср бўсајасида: хавфсизликка таідид, барєарорлик шартлари ва тараєєиёт
кафолатлари. Т.: Ўзбекистон, 1997, 137-138-бетлар.
Masalaning xuddi shu jihatiga urg’u berib, mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov o’zining
«O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarida bayon etilgan oltita ustuvor yo’nalishning bajarilishi
kerak bo’lgan ulkan vazifalar paydo bo’ldi. Xalqimiz siyosiy mustaqillik va ozodlikni qo’lga
kiritgach, o’z taqdirining chinakam egasi, o’ziga xos milliy ma’naviyat va madaniyatning sohibiga
aylandi.
12
O’zbekiston bugungi kunda tom ma’nodagi asrga teng buyuk voqealarni boshidan
kechirmoqda. Tarixdan ma’lumki, biror xalq ha¸tida tub burilish sodir bo’la¸tgan davrlarda jamiyat
yangi istiqbollar sari bormog’i uchun ijtimoiy munosabatlarni shunga muvofiq o’zgartirmog’i lozim
bo’ladi. Shu bois ijtimoiy muhitdagi o’zgarishlar shaxsning va butunisicha jamiyatning tafakkurida,
dun¸qarashida, ma’naviy olamida o’zgarishlarni taqozo etadi.
XX asrning ulug’ gumanisti A.Shveytser: “Voqelikni shakllantiruvchi kuchlar ichida
ma’naviyat birinchidir”
13
, - degan edi. Biz bugun ulkan imkoniyatlar davrida yashamoqdamiz.
Biroq ularni real voqelikka aylantirish yo’lidagi g’ov va xafv-xatarlar ham mavjudligicha
qolmoqda.
Si¸siy, iqtisodiy, ijtimoiy islohotlarni izchillik bilan amalga oshirish uchun avvalo, insonlar
ongida tub o’zgarishlar yuz berishi zarur. Zero, kishilar tafakkurini band etgan eski andozalardan,
tor qoliplardan, o’z umrini yashab bo’lgan aqidalardan xalos etmay turib, yangi davr, tarixiy
taraqqi¸t bilan tabiiy ravishda qo’l ushlashib keladigan yangidan-yangi muammolarni hal etib
bo’lmaydi.
Prezident I.Karimov “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik
shartlari va taraqqi¸t kafolatlari” asarida mustaqil taraqqi¸timizga xavf sola¸tgan tashqi va ichki
tahdidlar va ularning oldini olish yo’llari haqida batafsil fikr yuritib, ma’naviy qadriyatlar va milliy
o’zlikni anglashning ahamiyatiga alohida urg’u beradi: va “Biron-bir jamiyat ma’naviy
imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay turib, o’z
istiqbolini tasavvur eta olmaydi”
2
, - deya alohida ta’kidlagan edi.
Darhaqiqat, jamiyatni ma’naviy yangilamay, kishilar tafakkurini o’zgartirmay turib, demokratik
jamiyatni qurish, bozor iqtisodi¸tiga o’tish, umuman hech qanday taraqqi¸tga erishish mumkin
emas. Zero, demokratik fuqarolik jamiyati yuksak ma’naviyat va keng ma’rifat tantana qilgan
jamiyatdir.
Yurtboshimizning 1992 yilda e’lon qilingan va dasturiy ahamiyat kasb etgan “O’zbekistonning
o’z istiqlol va taraqqi¸t yo’li” kitobida “Mustaqil O’zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy
negizlari” deb nomlangan alohida bobida ko’rsatilgan to’rt asosiy negiz buning asosiy mazmunini
ochib bergan:
-umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
-xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
-insonning o’z imkoniyatlarini erkin namo¸n qilishi;
-vatanparvarlik.
Bu tushunchalar bir-biridan ajralmas va bir-birini taqozo etgan holda, O’zbekistonda demokratik
fuqarolik jamiyatini qurishda mustahkam asos vazifasini o’taydi.
Shuning uchun ham Prezident Islom Karimov 2002 yil 29 avgustdagi O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining to’qqizinchi sessiyasidagi ma’ruzasida yana bir bor bu masalaga e’tiborni qaratib,
shunday dedi:
Xo’sh jamiyatning ma’naviyat yangilanishi deganda nimani tushunmoq kerak? Ma’naviy
yangilanishning mazmun-mohiyati nimadan iborat?
Darhaqiqat, demokratiya har bir inson uchun oliy qadriyatga, jamiyatning boyligiga aylanmog’i
kerak. Busiz u shunchaki nazariya ¸ki qog’ozda qolgan qonunligicha qoladi, xolos. “Barcha
islohotlarimizning bosh yo’nalishi va samaradorligining pirovard natijasini belgilab beradigan inson
12
Каримов И.А. Хавфсизлик ва барєарор тараєєиёт йўлида. 6-жилд. -Т.:Ўзбекистон, 1998. 125-бет.
13
Каримов И.А. Биз танлаган йўл – демократик тараққиёт ва маърифий дунё билан ҳамкорлик йўли. Т.II. -Т.:
Ўзбекистон, 2003. 34-б.
2
Каримов И.А. Хавфсизлик ва барқарор тараққи¸т йўлида. 6-жилд. -Т.: Ўзбекистон, 1998. 125-бет.
omili va mezonidir.”
1
Negaki, bozor iqtisodiyotini barpo etish birdan-bir maqsad emas. Barcha
islohotlar – iqtisodiy, demokratik, siyosiy islohotlardan ko’zlangan pirovard maqsad insonning
mehnat, ijodiy va ma’naviy imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishdan iborat. «Shu sababli - deb
ta’kidlagan edi - Prezident I.A.Karimov - jamiyatning sifat jihatidan yangi holatga o’tishida bizga
islohot chohida odamlar moddiy ahvoli keskin yomonlashadigan, axloqiy qadriyatlar, ma’naviy
tayanchlar barbod bo’ladigan, o’tish davrining barcha qiyinchiliklari aholi elkasiga tushadigan
andoza maqbul emas»
2
. Binobarin, eng avvalo, erkin fikrlaydigan odamgina o’z Vatanining haqiqiy
farzandiga aylanadi. Chunki tafakkur ozod bo’lmasa, ong va shuur tazyiqdan, qullikdan qutilmasa,
inson to’la ozod bo’lolmaydi. Inson ozod emas ekan - jamiyat demokratik tamoyillarni qabul
qilmaydi.
Demak, inson manfaatlarini amalga oshirish uchun zarur sharoit, imkoniyat yaratish orqaligina
demokratik jamiyatni barpo etish mumkin.
O’zbekistonda kechayotgan demokratik o’zgarishlarlarning jamiyat ma’naviy yangilanishi
bilan bog’liqligining yana bir jihati bor. Ana shu bog’liqlik Prezident I.A.Karimovning bir qator
risolalarida va ma’ruzalarida alohida ta’kidlangan. U O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
umumiy yig’ilishida (1994 yil 7 iyulda) so’zlagan nutqida shunday degan edi: «Buyuk
ajdodlarimizning beqiyos ma’naviy merosi ming yillik tariximiz va madaniyatimizga asoslangan
ma’naviy hayotimizni tiklay boshladik. Dinimiz va tilimizga qaytdik, milliy urf-odatlarimiz va
an’analarimiz, xullas, inson ma’naviyatiga daxldor barcha boyliklarimiz qaytadan qad rostlayapti»
1
.
Darvoqe, Prezidentimizning ma’naviyat, uning mohiyati to’g’risida nazariy-ilmiy fikrlari g’oyat
chuqur va keng qamrovlidir. Shuningdek, u ma’naviy tarbiya - mamlakatimizda demokratik jamiyat
barpo etishning muhim sharti ekanligiga alohida e’tibor beradi. Dunyo tarixida mustaqillik va
ozodlik kurashchilari timsoliga aylanganlardan biri, XX asr buyuk hind davlat arbobi Maxatma
Gandi: “Insoniyat – bu yagona oila, bo’linmas oila. Uning har bir a’zosi sodir qilgan jinoyat uchun
har birimiz javobgarmiz”, - degan edi. U ¸ki bu millat ¸ki davlat ana shu insoniyat degan katta
oilaning ichidagi kichik oila. Ana shu oila a’zolarida bahamjihatlik, ma’naviy mushtaraklik bo’lmas
ekan, ular Gandi so’zlarida aks etgan ma’naviy burch hissasi bilan yashamas ekan, ¸rug’ kelajak
haqidagi o’ylar xomxa¸l bo’lib qolaveradi. Zero, demokratik rivojlanish barqarorlik va ijtimoiy
hamkorlikka tayanadi.
Odamlar ma’naviyat rishtalari bilan bog’langandagina, ular xalq millatga aylanadi. Chunki
“ma’naviyat - insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, inson ichki olamini
boyitadigan, uning iymon-irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg’otadigan qudratli
botiniy kuch”dir.
2
Ma’naviyat mavhum tushuncha emas. U millat bilan, milliy tafakkur bilan, millatning tarixi,
asrlar mobaynida to’plangan bilim va tajribasi, tushunchalari, tasavvurlari bilan bog’liq. Frantsuz
ma’rifatchisi Jan Jak Russo Evropa jamiyati ha¸tida ulkan siljishlar sodir bo’la¸tgan XVIII asrda
xalqda milliy xarakterni shakllantirishni birinchi vazifa, deb bilgan edi. Chunki uning nazdida “har
qanday yaxshi o’zgarishlarning umumiy maqsadlari har bir davlatda mahalliy shart-sharoit va
aholining o’ziga xos xususiyatlari asosida shakllanadigan munosabatlarga muvofiq shakl olishi
kerak”
14
. J.Russoning fikrlarini bugungi kun nuqtai-nazaridan talqin qilsak, demokratik
o’zgarishlarni amalga oshirish, adolatli, ma’naviyati yuksak insonlar jamiyatini qurishda jahon
tajribasiga tayangan holda, avvalo, milliy mentalitetni inobatga olish kerakligi ma’lum bo’ladi.
Ayni paytda shuni alohida ta’kidlash lozimki, O’zbekistonda kechayotgan demokratik o’zgarishlar
jamiyat ma’naviy yangilanishiga bog’liqligini faqat o’zbek millati ma’naviyati bilan bog’lash va uni
shunday deb baholash adolatdan emas. Balki uning bilan yagona bir mamlakat hududida
1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг Иккинчи чақириқ Олий Мажлисининг
тўққизинчи сессиясидаги маърузасида ба¸н этилган асосий вазифалар ва қоидаларни кенг ¸ритиш бўйича
ташкилий-маърифий тадбирлар дастури. -Т.: Ўзбекистон, 2002. Б.29.
2
Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. Т.I. -Т.: Ўзбекистон, 1996. –322 б.
1
Каримов И.А. Истиқлол ва маънавият. -Т.: Ўзбекистон, 1994. 14-б.
2
Каримов И.А. Ўзбекистон ХХI асрга интилмоєда. -Т.: Ўзбекистон, 1999, 17-бет
14
Ўша манба.
yashayotgan turli xalq va millatga mansub bo’lgan barcha aholining, turli etnik birliklar va ijtimoiy
guruhlarning ham umumiy boyligi, deb qarash haqiqatga yaqinroq bo’ladi.
Demak, O’zbekistonda demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etish vazifasini ma’naviy
yangilanishlarsiz amalga oshirib bo’lmaydi. Bu haqiqatni hech qachon unutmaslik kerak.
Demokratiya - bu kishilarning birgalikda ha¸t kechirishi, muammolarni bahamjihatlik bilan hal
qilishi, shaxsiy manfaatlarni jamoa, millat, davlat manfaatlari bilan uyg’un ko’rishi, bir so’z bilan
aytganda, murosa qilish madaniyatidir.
1983 yili jahonning 29 mintaqasi olimlari, jamoat arboblaridan iborat “Gumanitar muammolarni
o’rganish bo’yicha Xalqaro Komissiya” tuzildi. Komissiya XX asrdagi gumanitar vaziyat va uni
takomillashtirish ustida izlandi. Jazoir, Shveytsariya, Polsha, Avstriya, Xitoy, Hindiston, Meksika,
Eron, Shvetsiya, Yaponiya - jami 29 mamlakatning ma’rifatparvarlari dun¸dagi gumanitar
muammolarni amaliy o’rgandilar. “Insoniyat axloqi”, “Global masalalar” (ya’ni ekologiya,
qashshoqlik, qurollanish, terrorizm, narkomafiya), “Ommaviy qirg’in qurollari”, “Qurolli
to’qnashuvlar”, “Daydi bolalar”, “Oziq-ovqat inqirozi”, “Cho’l-sahrolarning kengayib
bora¸tganligi”, “Favquloddagi vaziyatlar”, “Urushlar” kabi halokatli holatlarni kelib chiqish
sabablarini tahlil etib, barcha muammolar insoniy tuyg’ularning susayishi, ya’ni ma’naviy
qadriyatlarning qadrsizlanishi bilan bog’liq, degan xulosaga keldilar. Ularning to’rt yillik mehnati
natijasi bo’lgan kitob “Insoniyat insoniyligini saqlab qola oladimi?” (Nyu Jersi, 1989) degan
iztirobli nom bilan jahon tillarida nashr qilindi.
Ma’naviy barkamol inson haqidagi ijtimoiy-siyosiy qarashlar, falsafiy fikrlar tarixda kuni
kecha paydo bo’lgan
emas. Uning tarixiy ildizlari Sharq mutaffakirlari ijodiy, falsafiy ta’limotlariga borib taqaladi.
Ayni paytda dunyoda eng rivojlangan demokratik mamlakatlar tarixiy taraqqiyotini o’rganish
shundan dalolat beradiki, biron-bir jamiyat dastlab barkamol avlodni voyaga etkazmasdan turib,
buyuk o’zgarishlarni sodir etolmagan. Mustaqil O’zbekiston taraqqiyotining taqdiri, uning kelajagi
ham bundan mustasno emas. Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ta’kidlab kelinayotganidek, har
qaysi jamiyat, har qaysi davlat va millat qudrati, uning tabiiy boyliklari harbiy kuchiga va hatto
ishlab chiqarish texnologiyalariga ham bog’liqligi nisbiydir. Uni birinchi navbatda dunyoga
tanitadigan, yuksak madaniyatli ma’naviy barkamol insonlardir. Masalan ana shu nuqtai nazardan
yondashish muhim ahamiyatga egadir. Negaki, demokratik jamiyatning o’zini ham faqat ma’rifatli,
ma’naviy barkamol kishilargina barpo etishi mumkin. Prezident Islom Karimovning Oliy
Majlisning Birinchi chaqiriq, birinchi sessiyasida «O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy
istiqbolining asosiy tamoyillari» ma’ruzasida «Biz sog’lom avlodni tarbiyalab, voyaga etkazishimiz
kerak. Sog’lom kishi deganda faqat jismoniy sog’lomlikni emas, balki sharqona axloq-odob va
umumbashariy g’oyalar ruhida kamol topgan insonni tushunamiz» - degan fikrlari mamlakatimizda
demokratik jamiyatni barpo etishda – barkamol avlodni voyaga etkazish strategik ahamiyatga ega
ekanligi isbotidir. Shu o’rinda barkamol shaxs tushunchasi, uning demokratik jamiyatni barpo
etishdagi o’rni masalasini tahlil etish muhim ahamiyatga egadir. Albatta, Sharqning buyuk
allomalari asarlarida komil inson masalasi doimiy ravishda katta o’rin olib kelinganligiga va ularni
bezovta qilganligiga ham bog’liq emas.
Bu muammoga o’z munosabatini bildirgan Yurtboshimiz shunday deydi: «Qadimgi ajdodlarimiz
komil inson haqida butun bir ahloqiy talablar majmuasini, zamonaviy tilda aytsak, Sharqona axloq
kodeksini ishlab chiqqanlar». Va davom etib «Komil inson deganda, biz, avval, ongi yuksak,
mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni
tushunamiz. Ongli, bilimli odamni oldi-qochdi gaplar bilan aldab bo’lmaydi. U har bir narsani aql,
mantiq tarozisiga solib ko’radi. O’z fikri-o’yi, xulosasini mantiq asosida qurgan kishi, etuk odam
bo’ladi».
15
Ana shunday barkamol, etuk insonlarni tarbiyalab, voyaga etkazish mustaqillikni
mustahkamlash, uni ko’z-qorachig’iday asrab-avaylash talab-ehtiyoji bilan bog’liq bo’lgan ob’ektiv
taraqqiyot zaruratidir.
Buyuk shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy bundan besh asr oldinoq komil insonlar haqidagi
15
Каримов И.А. Биз келажагимизни ўз єўлимиз билан єурамиз. 7-жилд. -Т., Ўзбекистон, 1999. 134-бет.
ta’limotini yaratgan edi. Uning bu haqdagi fikrlari asosan «Mahbub ul-qulub», «Hayrat ul-abror»,
«Nasoyimul muhabbat» asarida o’z ifodasini topgan. Alisher Navoiyning komil insonga xos
xususiyatlar, uning Sharqona xislat va fazilatlarini batafsil sanab o’tgan. U «Mahbub ul-qulub»
asarida «Odam ikki dunyoning eng aziz va sharof mahluqidir», degan so’zni keltiradi. A.Navoiy
fikricha, Parvardigorning olamni yaratishdan maqsadi inson edi.
Shunday ekan, mamlakatimiz kelajagi, demokratik islohotlar taqdiri kishilarning, butun xalqning
ongi, ma’nviyati darajasiga bog’liq. Inson ruhiyati sog’lom bo’lsa, o’zligini anglasa, shaxsga
aylanadi. Kishi shaxs darajasiga ko’tarilsagina, ya’ni o’z mustaqil fikriga, dun¸qarashiga, chinakam
insoniy fazilatlarga ega bo’lganidagina, “demokratiya ne’matlarining oddiy iste’molchisi emas,
balki ularning faol yaratuvchisi va himoyachisiga aylanadi. Va demokratiya, fuqarolik jamiyati
asoslarini amalda barpo etish, inson haq-huquqlari va erkinliklarini ta’minlash mumkin bo’ladi”.
2
Sobiq totalitar tuzum davrida olib borilgan xalqlarni yalpi manqurtlashtirish
siyosati o’zbek xalqini ham o’z tarixidan, madaniyatidan, ma’naviy quvvatidan, milliy
hissiyotidan, o’zligidan ayirishga ancha-muncha ulgurdi. Sovetlar davridan qolgan bunday og’ir
“meros” haqida keyinchalik Prezident I.A.Karimov shunday fikr bildiradi: “Bu tuzum o’z xalqining
tarixini, uning ruhi va urf odatlarini, o’z avlod-ajdodini bilmaydigan manqurtlarga tayanar edi”
1
.
Uzoq yillar davom etgan tutqunlik, g’ayriinsoniy mafkuraning yakka hukmronligi bizga
mutelikni singdirdi. Mutelik o’zbek xalqining azaliy qadriyatlari – andisha, nazokat libosini kiydi
va haqiqatni dadil aytish, o’z fikrini ochiq bildirish, yumshoq aytganda, beodoblikka,
beandishalikka yo’g’rildi. Vaholanki, demokratiya – yaxshi niyatli rostgo’ylikni, fikr erkinligini
taqozo etadi.
Afsuski, sobiq ittifoq hududida bu kabi eski kasalliklardan xalos bo’lmagan kimsalar hamon
uchramoqda. Buni I.Karimov Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
to’qqizinchi sessiyasidagi ma’ruzasida yana bir bor alohida ta’kidlab, shunday deydi: “...o’z umrini
yashab bo’lgan, si¸siy jihatdan kasodga uchragan, kommunistik mafkuraga asoslangan tizimni
sog’inib-qumsab gapira¸tgan ayrim si¸sat va davlat arboblari – eski tuzum tarafdorlari yana
qaytadan bosh ko’tara¸tganiga guvoh bo’lmoqdamiz “... Bir so’z bilan aytganda, SSSRning soyasi
sobiq ittifoq mintaqasidan hali beri butunlay ko’tarilgan emas va buni biz doimo inobatga olishimiz,
hamisha sergak va hush¸r bo’lib yashashimiz zarur”
2
.
Shukrlarkim, xalqimiz ongi, qalbiga chuqur singigan minglab yillik ma’naviy qadriyatlarimiz,
milliy an’analarimiz uni zo’rlik bilan kiritishga harakat qilingan kommunistik mafkuraning domiga
to’liq tushib qolishdan asradi. Ammo Abdulla Qahhor ta’biri bilan aytganda: “erning sho’rini
yuvish oson ekan-u, odamning ongidagi sho’rini yuvish qiyin” ekan-ki, “manqurtlik kasali”ning
asoratlari ba’zi kishilarimiz ongi va ruhiyatida hanuzgacha saqlanib qolmoqda.Erkin fuqarolik
jamiyatini qurishda tarixni, ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosni o’rganish va amalda
foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tariximiz qancha ko’p o’rganilsa, undan bugungi ma’naviyat, g’oyaviy islohotlar uchun
shuncha ko’p amaliy tavsiyalar chiqaveradi. Hazrat Navoiyning: “Ozod bo’lmoq istasang, o’zingni
ozod tut”, degan so’zlari bugungi voqelik bilan bog’liq emasmi? Yoki yana bir misol: O’rta asrlar
tibbi¸t ilmining bir tarmog’i – ma’naviyat tibbi¸ti deb atalgan ekan. “Ma’naviy tibbi¸t” degan bitta
nomda Al-Kandi (800-860 y.y.), Abu Bakr Ar-Roziy (865-925 y.y.), Abu al-Farax Abu ar-Rahmon
ibn Javziy (vafoti-1201 y.), Abu Ishoq Irohim ibn Yusuf Ash-Sheroziy (vafoti – 1093 y.) kabi
ko’plab Sharq allomalari o’z kitoblarini ¸zib qoldirganlar. Tan tabobati inson jismi bilan bog’liq
kasalliklarning oldini olish va davolash bilan shug’ullangan bo’lsa, ma’naviy tibbi¸t inson qalbi,
ongini illatlardan forig’ etishga, insoniy fazilatlarni takomillashtirishga xizmat qilgan.
2
Каримов И.А. Ўзбекистонда демократик ўзгаришларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамияти
асосларини шакллантиришнинг асосий йўналишлари.. «Халқ сўзи». 2002 йил 30 август.
1
Каримов. И.А Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. 3-жилд. -Т.: Ўзбекистон, 1996. 7-бет.
2
Каримов И.А. Ўзбекистонда демократик ўзгаришларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамияти
асосларини шакллантиришнинг асосий йўналишлари.. «Халқ сўзи», 2002 йил 30 август.
Tarixning achchiq saboqlaridan yana biri shuki, ma’naviyat, axloq-odob inson xatti-harakatlari,
faoliyati va ehtiyojlarining mezoniga aylanmay turib, jamiyat bironta muammolarni samarali hal
etishi va ijtimoiy taraqqiyotga erishishi mumkin emas.
Tarix saboqlari insonni xatolardan asraydi, hushyorlikka o’rgatadi, ruhiy evrilishdan asraydi.
Biroq, ta’kidlash joizki, ma’naviyat faqat meros bo’lib avloddan-avlodga o’tadigan tarixiy qadriyat
bo’lmay, doimiy rivojlanib, yangi davr qadriyatlari bilan boyib, uyg’unlashib boradigan, doimiy
harakatdagi hodisadir. Shuning uchun ham mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov ta’kidlaganidek:
“Bizning an’anaviy qadriyatlarimizni hozirgi demokratik jamiyatning qadriyatlari bilan
uyg’unlashtirish kelajakda yanada ravnaq topishimizning, jamiyatimiz jahon hamjamiyatiga
qo’shilishining garovidir”
1
. Shuning uchun ham mustaqil O’zbekistonni rivojlantirishning to’rt
asosiy ma’naviy negizlari ichida “umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik” belgilandi. Bugungi kunda
mamlakatimiz ravnaqini hozirgi tsivilizatsiya o’zida ifoda etadigan demokratiya, inson huquqlariga
rioya etish, tadbirkorlik erkinligi, erkin bozor munosabatlari, so’z erkinligi kabi umuminsoniy
qadriyatlarsiz tasavvur etib bo’lmaydi.
Bugungi kunda har qanday milliy tiklanish va milliy rivojlanishning asosi bo’lgan ma’naviy
meros, urf-odatlar, an’analar, yuksak qadriyatlar, tarixiy xotira xalqimizga qaytarildi. Milliy
o’zligini, huquqlarini tobora teranroq anglab bora¸tgan xalqimiz uchun buyuk kelajakni barpo etish
yo’lida bu boy imkoniyatlardan foydalanish, barcha moddiy va ma’naviy boyliklarni milliy
rivojlanishga, O’zbekistonda demokratik-huquqiy jamiyat qurish ishiga yo’naltirishga safarbar
etishdek ulkan imkoniyatlar yaratildi.
1
Каримов И.А. Хавфсизлик ва барқарор тараққи¸т йўлида. –Т.: Ўзбекистон, 1998. 135-бет.
|