Mazkur tamoyillar «O’zbek modeli» sifatida jahonda e’tirof etilgan O’zbekiston mustaqil
taraqqiyot yo’lining g’oyaviy-nazariy negizi bo’lib xizmat qildi.
Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorlik tamoyili jahon tajribasida sinalgan erkin bozor
iqtisodiyotining ob’ektiv qonunlari ijtimoiy taraqqiyotda hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini
asoslab beradi. Bozor itisodiyotiga o’tish sharoitida iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmalari, xo’jalik
yurituvchi sub’ektlarning erkin iqtisodiy faoliyat yuritishi muhim ahamiyatga egadir. Chunki,
iqtisodiyotning siyosat va mafkuradan ustuvorligi, iqtisodiy faoliyat erkinligi barpo etilayotgan
adolatli fuqarolik jamiyatining moddiy asosi bo’lib xizmat qiladi.
Yangi demokratik jamiyatga va bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida davlatning bosh
islohotchilik vazifasi mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy islohotlarni tashkil
etish va amalga oshirishda tashabbuskor bo’lishni nazarda tutadi. Bu tamoyil avvalo, mamlakatimiz
taraqqiyotining o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan bo’lib, milliy davlatchiligimiz tarixiy
tajribasiga asoslanadi. O’zbek davlatchiligi taraqqiyotining barcha davrlarida davlat jamiyat
hayotini tashkil etuvchi, ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarni amalga oshiruvchi etakchi kuch bo’lgan.
Davlatga va uning rahbariga katta ishonch va hurmat bilan munosabatda bo’lish o’zbek xalqining
turmush tarzidagi muhim siyosiy qadriyat bo’lib kelgan. Milliy davlatchiligimizdagi mazkur an’ana
mustaqillik sharoitida o’zining mantiqiy ifodasini topdi va yangi mazmun bilan boyitildi. Tarixan
qisqa muddat ichida mamlakatimizda amalga oshirilgan iqtisodiy-siyosiy islohotlar davlatning bosh
islohotchilik rolini yaqqol ko’rsatib berdi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tishning murakkabligini hisobga olgan holda, shuni ta’kidlash zarurki,
bu o’tish davrida bir qator salbiy holatlar, jumladan, ishsizlik, qonunbuzarlik, jinoyatchilik kabilar
yuzaga kelganda davlatning tartibga solish, nazorat qilish va boshqarishdagi roli yanada ortadi.
Garchi fuqarolik jamiyatining shakllanishi bilan davlatning vazifasi biroz qisqarsada, lekin
1
Каримов И.А. Ўзбекистон XXI аср бўсајасида: хавфсизликка таідид, барєарорлик шартлари ва тараєєиёт
кафолатлари. -Т. Ўзбекистон, 1997. 152-бет.
2
Каримов И.А. Ўзбекистон иєтисодий ислоіотларни чуєурлаштириш йўлида. -Т. Ўзбекистон. 1995. 11-б.
jamiyatdagi ijtimoiy bo’hronlarni oldini olishda, ijtimoiy munosabatlarni muvofiqlashtirishda,
ijtimoiy adolatni qaror topishida davlatning o’rni va roli saqlanib qolaveradi.
Konstitutsiya va qonun ustunligi tamoyilining mohiyati mamlakatimiz hayotining hamma
sohalarida qonun ustuvorligini ta’minlash, qonunga itoatkorlikni shakllantirishdan iboratdir. Bu
tamoyilni davlatimiz rahbari I.A.Karimov shunday ifodalaydi: «Butun yangilanish va taraqqiyot
jarayoni qonunga asoslanmog’i zarur. Iqtisodiy o’zgarishlar sanalgan, amaliy kuchga ega bo’lgan
qonunga tayangandagina, bu o’zgarishlar sezilarli natijalar berilishi muqarar bo’lishi mumkin»
3
Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida qonunning ustunligi huquqiy davlatning asosiy belgisi
sanaladi. Garchi, huquqiy davlat nazariyasi G’arbiy Evropada XVII-XVIII asrlarda yaratilgan,
degan fikr mavjud bo’lsada, huquqiy davlat an’analari milliy davlatchiligimiz tarixiy tajribasida
o’rta asrlardayoq mavjud bo’lgan. Jumladan, o’zbek davlatchiligining buyuk namoyondasi Amir
Temur o’zi barpo etgan juda katta davlatni «Kuch adolatdadir» degan shior bilan idora etgan.
Temur davrida maxsus tuzuklarga amal qilingan. Ana shu tuzuklarda jamiyat a’zolarining axloq-
odob qoidalari, mansabdor shaxslar va hukmdorlarning burchlari, davlat va qo’shinni boshqarish
qoidalari aniq ifoda etilgan.
Qonun ustuvorligi tamoyili, avvalo davlatning asosiy qonuni hisoblangan Konstitutsiyaning
ustuvorligini ta’minlashni nazarda tutadi. Bu tamoyil mamlakatimiz Konstitutsiyasining 15-
moddasida quyidagicha ifodalangan: «O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi va qonunlarning ustunligi so’zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor
shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko’radilar»
4
.
Kuchli ijtimoiy siyosat yuritish tamoyili ham o’zbek davlatchiligi an’analariga hamda milliy
qadriyatlarimizga mos bo’lib, bu tamoyil mohiyati shundan iboratki, bozor iqtisodiyotiga o’tish
sharoitida davlat aholini ijtimoiy himoya qilishni o’z zimmasiga oladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish
doimo murakkab jarayon bo’lib, bu davr o’ziga xos qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Shunday
sharoitda aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj qatlamlarini o’z himoyasiga olish davlatning muhim
vazifalaridan biri hisoblanadi.
Zaif va yordamga muxtoj kishilarga mexr va muruvvat ko’rsatish, ularni moddiy va ma’naviy
qo’llab-quvvatlash xalqimiz turmush tarzidagi qadimiy an’ana, azaliy milliy qadriyat sifatida
davlatchilik tajribasida ham o’z ifodasini topgan. Masalan, buyuk davlat arbobi Amir Temur o’z
«Tuzuklarida» davlatni boshqarishda o’n ikkita qoidaga amal qilgan. Shu qoidalarda, jumladan: -
Davlat, saltanat ustunlarini, aholining barcha qatlamlari bilan quvvatlash va ularning manfaatlarini
himoya qilish;
Mamlakatdagi demografik shart-sharoitlarni, aholining turmush darajasini hisobga olib,
O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida davlat aholini ijtimoiy himoya qilish orqali
kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirmoqda.
Ra’iyat ahvolidan ogoh bo’lish, ulug’larini og’a qatorida, kichiklarini farzand o’rnida ko’rish5.
Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, o’tish tamoyili milliy xususiyatlarimizga, o’zbek
davlatchiligi an’analariga mos bo’lib, bu tamoyil o’tish davrining murakkab xarakterini hisobga
olgan holda, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni puxta o’ylab, ijtimoiy larzalarsiz, tadrijiy tarzda amalga
oshirishni taqozo etadi.
«O’zbek modeli»ni bugungi kunda demokratik jamiyat barpo etish muhim o’ziga xos modeli
ekanini dunyoning juda ko’plab siyosatshunos etakchi olimlari o’rganmoqda va uni tahlil
qilmoqdalar
1
. Masalan, rossiyalik tadqiqotchilar Gafarli M.S., Kasaev A.G., germaniyalik
L.Levitin, Rossiya Fanlar Akademiyasining akademigi F.Burlatskiy uni yuksak baholashgan.
3
Каримов И.А. Ўзбекистон иєтисодий ислоіотларни чуєурлаштириш йўлида. -Т.: «Ўзбекистон», 1995
4
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. -Т. Ўзбекистон. 1992. 11-бет
5
«Темур тузуклари».-Т.,Ғофур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти.1991.53-54,б
1
Қаранг: Гафарли М.С., Касаев А.Г.. Ривожланишнинг ўзбек модели: тинчлик ва барқарорлик – тараққиёт
асоси. Т.: Ўзбекистон, 2001. –430 б.
Левитин Л. Ўзбекистон тарихий бурилиш палласида. Т.: Ўзбекистон, 2000. 368-б.
Дональд Карлайл Ўзбекистон Ўрта Осиё, истиқболдаги ўтмиш ва ҳозирги замон ва бошқалар.
«KPSS» deb atalmish aslida esa ulkan bir hududni o’z qo’lida ushlab turgan partiya-davlat
mashinasining so’nggi s’ezdida (1990 yil iyul) ham Prezidentning masalaga jiddiy e’tibor
berganligi O’zbekistonning mustaqillik e’lon qilganligi shunchaki bir his-hayajonni to’kib solish
emas, balki ortga qaytmaydigan strategik maqsad yoki akt ekanliginining yorqin isboti hisoblanadi.
Shu nuqtai nazardan, 1991 yilning 31 avgust kunida O’zbekiston Respublikasi mutloq
mustaqilligining e’lon qilinishini unga qadar amalga oshirilgan o’ziga xos siyosiy tayyorgarlik,
umumxalq safarbarlikning qonuniy natijasi va keng miqyosli demokratik o’zgarishlar uchun sharoit
yaratgan buyuk tarixiy voqea deb qarash to’g’ri bo’ladi. Aynan shundan e’tiboran, O’zbekistonning
mustaqilligi, hududimizdagi barcha tarkibiy qismlarda; ya’ni davlat hokimiyatining quyidan
yuqorigacha barcha bo’g’inlari, er osti va er usti resurslari, davlat boshqaruvi muassasalarining
barcha tarmoqlari, millatning moddiy va intellektual salohiyati va tashqi aloqalarning barcha
yo’nalishlarida tanho hokimligi e’lon qilinganligi amalda to’la milliy mustaqillikni bildirar edi.
Uning xalqaro munosabatlarda sub’ektlar oladi. Endilikda O’zbekistonga nisbatan dunyodagi
barcha davlatlari to’laqonli mustaqil sub’ekti sifatida va tub manfaatlarining birdan bir rasmiy
ifodachisi ekanligini tan olgan o’zaro samarali munosabatlar o’rnatishga munosib xalqaro
siyosatning mustaqil, daxlsiz sub’ekti sifatida munosabat bildirishlari uchun zarur huquqiy-siyosiy
asos yaratildi. Mustaqil davlatimiz g’oyalarining nazariy va huquqiy asoslarini yaratish hamda
uning shakllanishida – sobiq ittifoqda birinchi bo’lib, 1990 yil 24 martda (12-chaqiriq Oliy
Sovetining birinchi sessiyasi) O’zbekistonda Prezidentlik institutini ta’sis etish to’g’risidagi qarori
bo’lgan edi. Ma’lumki, o’sha sessiyada I.A.Karimov O’zbekiston SSRning Prezidenti etib
saylangan edi. Mamlakatimizda Prezidentlik institutining ta’sis etilishi nafaqat davlatchiligimiz
milliy g’oyasini, balki xalqimizning bosqichma-bosqich siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi uchun
kurashning o’ziga xos yo’nalishining boshlanishi ham edi.
Prezidentlik institutining tashkil etilishi uzoq yillar mobaynida Respublikamizda ijtimoiy-
iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va madaniy sohalarda to’planib qolgan muammolarni hal etishning
birdan-bir to’g’ri echimi edi.
Ma’lumki, dunyo davlatchiligi tarixiy rivojlanishida boshqaruvning asosan ikki shakli –
monarxiya va respublika usullari mavjud. Respublika boshqaruvi o’z navbatida parlamentar va
prezidentlik respublikalari ko’rinishlariga ega. Prezidentlik Respublikasi hozirgi kunda eng ko’p
tarqalgan davlat boshqaruvi shaklidir. 2000 yilgi ma’lumotlarga ko’ra, BMTga a’zo 192 davlatdan
146 tasida Prezident lavozimi mavjud
1
.
Ularning aksariyat ko’pchiligi prezidentlik respublikalari hamdir. Bular AQSh, Argentina,
Braziliya, Meksika, Frantsiya, Rossiya Federatsiyasi va boshqalardir.
Davlatchilik g’oyalarining nazariy asoslari va ularning shakllanishi jarayonlarini prezidentlik
institutining ta’sis etilishi haqida batafsil fikr yuritishimizning asosiy sababi – Prezidentlik
hokimiyatining manbai xalq ekanligi to’g’risidagi tarixiy tajribaning O’zbekistonga mos va
zarurligi hamda davlat boshqaruvidagi eng samarali shakli ekanligining o’z isbotini tapayotganligi
bilan belgilanadi.
Prezident I.A.Karimov aholining siyosiy faolligini kuchaytirish, jamiyatda manfaatlar va
qarama-qarshi kuchlar o’rtasida muvozanatni ta’minlaydigan kuchli mexanizmlarni shakllantirish
zarurligiga alohida e’tibor berib kelmoqda. Bu mexanizm eng avvalo, jamiyatni erkinlashtirish
orqali fuqarolarning har bir saylovga mamlakat taqdiri uchun siyosiy tanlash sifatida taqozo etadi.
Odamlar o’z manfaatlari va maqsadlarini amalga oshirish, haq-huquqlarini himoya qilish uchun
saylovlarda ishtirok etish zarurligini anglashi zarur bo’ladi.
Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, uning ehtiyojlarini qondirishda davlat qurilishi,
boshqaruv tizimi va jamiyatni erkinlashtirish alohida ahamiyatga ega. Bu borada Prezident
I.A.Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridayoq mamlakatning uzoqqa yo’naltirilgan
maqsadlarini aniq va ravshan ifodalab berdi va davlat vakolatlarini asta-sekinlik bilan, bosqichma-
bosqich nodavlat va jamoat tashkilotlari zimmasiga o’tkazish, fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish
organlarining ya’ni mahallalarning rolini oshirib borish orqali demokratik jarayonlarni
1
Мустақиллик изоҳли илмий-оммабоп луғат. Тошкент – 2000. 41-б.
chuqurlashtirish zarurligini aytgan edi. Ana shu tamoyilning o’zi fuqarolarning bir jihatdan erkinligi
va ozodligini ta’min etsa, ikkinchi tomondan o’z hayotlarini izga solishga, demak-ki, jamiyatni
boshqarishga ishtiyoqini kuchaytiradi. Shaxs o’zini jamiyat hayotining hamma sohalariga daxldor,
uning oldida burchli va mas’uliyatli ekanligini anglab boradi.
Prezident I.A.Karimov milliy taraqqiyot tamoyillarini ishlab chiqar ekan, O’zbekistonning
birinchi navbatda insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy
e’tiqodlaridan qat’i nazar, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlab beradigan davlat
bo’lishiga katta umid bog’lamoqda. Bugungi bosqichda u demokratik institutlar faoliyatlari
ko’lamlarini kengaytirish, aholining siyosiy faolligini kuchaytirish va siyosiy madaniyatini oshirish,
jamiyatda manfaatlar, turli xil qarashlar, siyosiy va e’tiqodiy raqobatlar o’rtasidagi muvozanatni
ta’minlash, jamoat birlashmalarining hozirgi bosqichdagi ijtimoiy mavqeini oshirish, siyosiy
partiyalar faoliyatini takomillashtirish, iqtisodiy hayotni erkinlashtirish, davlat qurilishini
erkinlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish, hokimiyat bo’linishi printsipining insoniyat
tomonidan umume’tirof etilgan tamoyillarini amalda qo’llash, davlat hokimiyati organlarining
vakolatini nodavlat va jamoat tashkilotlariga o’tkazish masalalarini strategik vazifa darajasida
anglashi kerak bo’ladi.
Agar O’zbekistonda 130 dan ortiq millat va elatga mansub turli dunyoqarash va turmush tarziga
ega bo’lgan aholi yashaydigan, 10 dan ortiq diniy konfessiyalar faoliyat ko’rsatayotganligini
nazarda tutadigan bo’lsak, ko’p millatli mamlakatda millatlararo murosa muhitini yaratish bo’yicha
amalga oshirilayotgan ishlar jiddiy ahamiyat kasb etadi. Darhaqiqat, jamiyatda turli diniy va
g’oyaviy qarashdagi aholi tabaqalari intilishlarini uyg’unlashtirish, ularni mamlakat taraqqiyotini
belgilaydigan g’oya atrofida birlashtirib, yo’naltirish favqulodda katta salohiyat taqozo etishi
ravshan. Ayni chog’da umumiy fikrlarga kelish har bir inson erkinligi, shaxsiy talablari va
rag’batini bo’g’ish hisobidan bo’lmasligi ham zarur. Zero, inson ilohiy va tabiiy qismatiga ko’ra
mutlaq betakror hodisadir. Shu boisdan, ulug’ allomalarimiz ham mazkur masalaga alohida urg’u
berib insonga berilgan muqaddas huquqlardan biri ixtiyoriy tanlov, me’yoriy muvozanatga intilish
va haqni o’z rag’batiga ko’ra topa bilish salohiyati ekanligini alohida ta’kidlaganlar. Holbuki,
millatidan, irqidan va dunyoqarashidan qat’iy nazar, mamlakat fuqarosi o’z ehtiyojlarini qondirish
uchun barcha imkoniyatlarga ega bo’lishi, o’z hayotini ixtiyoriy tanlov asosida yo’lga qo’yilishi,
jamiyatda barqarorlik muvozanatini saqlash, murosaga kelish va bir-birini tushunish, o’zaro
hamjihatlik va demokratik ishtirok makonini qaror toptirish uchun keng ko’lam yaratadi.
Dostları ilə paylaş: |