davlatchilik poydevorini barpo etish, mustaqillikning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini
ijtimoiy, muammolar meros bo’lib, o’tganligiga qaramasdan, respublika rahbariyati mustaqillikning
dastlabki yillaridanoq mamlakatimiz taraqqiyotining o’ziga xos yo’lini aniq belgilab oldi.
Bu yo’ldagi dastlabki eng asosiy vazifa: «Eski ma’muriy-buyruqbozlik tizimini, unga muvofiq
bo’lgan hokimiyat va boshqaruv organlarini tugatish, shuningdek, yangi
davlatchilikning siyosiy-
huquqiy, konstitutsiyaviy asoslarini yaratish»
1
edi.
Mazkur vazifani sobitqadamlik bilan hal etish natijasida eski ma’muriy-buyruqbozlik tizimining
ustunlari bo’lgan hokimiyat va boshqaruv organlari barham toptirildi. Jumladan, Sobiq
Kommunistik partiyaning yakka hokimligiga chek qo’yildi. Joylardagi ijroiya hokimiyatining eski
tizimi tugatildi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlangan keng ko’lamli
islohotlar mamlkatimiz
taraqqiyotining strategik maqsadi – demokratik huquqiy davlat va bozor iqtisodiyotiga asoslangan
adolatli fuqarolik jamiyati qurishga qaratilgan edi.
Mazkur islohotlar mamlakatimiz rahbari I.A.Karimov tomonidan yaratilgan beshta tamoyilga
asoslanib, amalga oshirila boshlandi. Bu tamoyillar quyidagilardan iborat:
- Iqtisodiyot siyosat ustidan hukmron bo’lishi, u har qanday mafkuradan ozod bo’lishi lozim.
Iqtisod o’z qonuniyatlariga asoslanib
rivojlanishi kerak;
- Iqtisodni boshqarishda, ayniqsa yangi bozor iqsodiyotiga o’tilayotganda, davlat bosh islohotchi
bo’lib, uning boshqaruv tizimini qo’ldan chiqarmaslik kerak;
-Konstitutsiya va qonunning ustunligi. Unga barcha barobar, hayotimizning turli sohasida rioya
etishi kerak;
-Kuchli ijtimoiy siyosat yuritish. Bu bozor iqtisodiyoti yo’lidagi eng muhim vazifadir;
-Bozor iqtisodiyotiga o’tish shoshma-shosharliksiz, bosqichma-bosqich amalga oshirilmog’i
lozim.
2
Dostları ilə paylaş: