50
erishish mumkin. MTT xodimlarini ota-onalar
va oila bilan hamkorlikdagi
ishlarining eng keng tarqalgan shakllaridan bir qanchasini keltiramiz:
- ota-onalar bilan yakkama-yakka ishlash. Ilg‘or pedagogiktajribalarning
ko‘rsatishicha, ishning bu turi katta ahamiyatga ega. Bunda tarbiyachi oila va
bolaning shaxsiy xususiyatlarini o'rganib ularni o‘zining
tarbiyaviy ishida hisobga
oladi. MTTlarimiz tajribasida ota-onalar bilan yakkama-yakka olib boriladigan
ishlarning turli xil shakllari aniqlangan;
oilaga tarbiyachining borishi, ota-onalar
uchun suhbat o‘tkazish, ularga maslahatlar berish, ota-onalarning MTT hayoti bilan
tanishishlari.
- ota-onalar bilan jamoa tarzida tashkil qilinadigan ishlar. Bular ota-onalarning
guruhiy
va umumiy majlisi, ota-onalar maktabi, anjumanlar,
shanbaliklar, savol-
javob kechalari.
- ko‘rsatmali ishlar. Ishning bu turi ko‘rgazmali, bolalarning ishlarini namoyish
qilish, ochiq eshiklar kuni, pedagogik axborot stendlari, ota-onalar uchun kutubxona
oilaviy tarbiyaning barcha masalari bo‘yicha materiallar solingan papka.
- ota-onaga pedagogik ta’lim berish va boshqalarni ko‘rsatish mumkin
Tarbiyachining oilani borib ko
‘
rishi
Bola yashab turgan oilani o‘rganish ota-onalar bilan yaqin aloqa o‘rnatish va
ularga yordam, maslahatlar berishning samarali yo‘llaridan biridir.
Tarbiyachi
oilaga tekshiruvchi sifatida emas maslahatchi, do‘st va bola tarbiyasiga yordam
beruvchi shaxs sifatida boradi. Tarbiyachining oilaga borishidan asosiy maqsad bola
yashayotgan sharoitni ko‘rish va zarur bo‘lsa, ota-onalarga yordam ko'rsatishdir.
Oilani borib ko‘rish va ota-onalar bilan suhbatlashish
katta pedagogik odat bilan
o‘tkazilishi kerak. Ota-onalar bilan suhbatda bolaning eng yaxshi tomonlari ochib
berilsa, ota-onalarning tarbiyachiga bo‘lgan hurmati va ishonchi ortadi. Tarbiyachi
51
bolaning uyida ko‘rganlarini qayd qilish bilan bir qatorda ularni tahlil qiladi, ota-
onalar majlislarida oilaviy tarbiyadagi ijobiy va salbiy tomonlar haqida gapiradi.
Ularga o‘zining maslahatlarini beradi. Oila tarbiyasidagi
ijobiy ishlarni ota-onalar
uchun tashkil etilgan testlarda aks ettirish ham mumkin. Oilani borib ko‘rgandagi
taassurotlarini tarbiyaviy ishlarni hisobga olish ustuniga yozib qo‘yishi kerak Oilaga
kamida yiliga 2 marta borib ko‘riladi. Tarbiyachining oilaga borishi ota-onalarda
pedagogik madaniyatni oshiradi.
Dostları ilə paylaş: