52
Ota - onalarning umumiy majlisi maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamma
tarbiyalanuvchilarining ota-onalari uchun yiliga ikki marta o‘tkaziladi. Ularni
maktabgacha
muassasa mudirasi, vrach, tarbiyachilar ishtirokida tashkil etiladi.
Umumiy majlislarda ta’lim-tarbiyaviy ishning yakunlari muhokama qilinadi.
Birinchi umumiy majlis o‘quv yili boshida o‘tkazilib, unda mudira ota-onalarni
maktabgacha ta’lim muassasining yillik ish rejasi bilan tanishtiradi. Rejaning oila
bilan bog‘liq qismiga aniq to‘xtalib o‘tish lozim. Ikkinchi umumiy majlis o‘quv yili
oxirida o‘tkaziladi. Bunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o‘tgan yildagi ish
yakunlari haqida ma'lumot beriladi. Bolalar muassasida tarbiyalanuvchilarning
yashash sharoitlarini yaxshilashda ota-onalarning qo‘shgan hissalari ta’kidlab
o‘tiladi. Umumiy majlislarda bolalar muassasasi
jamoasi qanchalik katta va
murakkab ishni bajarishni va bu ishda qanday yordam berish kerakligini ishonchli
tarzda ko'rsatish kerak. Majlislarda pedagog ma’ruzasining hajmi 20- 25 minut ga
mo‘ljallanadi. Ota-onalar bilan MTT xodimlarini birgalikdagi faoliyatini tashkil
etish va uning mazmuni MTT dagi sharoitlarga bog‘liqdir. Birgalikdagi faoliyat
kerakli darajada amalga oshiriladigan joyda o‘zaro yordam,
bir-birini tushunish,
topshirilgan ishga javobgarlik holati vujudga keladi. Ota-onalar MTT maydonini
ko‘kalamzorlashtirish, xonalarni qish mavsumiga tayyorlash, sog‘lomlashtirish
ishlarini o‘tkazishda yordam ko‘rsatishlari, bolalarga bayram kostyumlari
tayyorlashda, bolalarni sayohatga kuzatib borishda ishtirok etishlari mumkin. Agar
ota-onalar orasida fotosuratchilar, tikuvchilar, rassomlar bor bo‘lsa,
ular MTTga
bevosita yordam ko'rsatishlari kerak. Ota-onalarning ishi ijtimoiy xarakterga ega va
ixtiyoriylikka asoslangan bo‘lishi kerak. Birgalikdagi ishni to‘g‘ri tashkil etish
uchun yillik reja tuziladi va ko‘inadigan joyga ilib qo‘yiladi.
Dostları ilə paylaş: