O‘quv materiallari maktabgacha pedagogika fanining ma’ruzalar matni



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/77
tarix20.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#145546
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   77
SIRTQI 2-SEMESTR MAK PED (1)

Tayanch so‘z va iboralar: 
O

yin, O

yin turlari, ijodiy o

yinlar, qoidali o

yinlar, 
ermak o

yinlar, sahnalashtirish o

yinlari, qurish – yasash o

yinlari. 
Topshiriq. 
Seminar mashg‘uloti rejalarini “Mantiqiy zanjirlar ketma-ketligi” 
metodi orqali asoslab bering. 
«Mantiqiy zanjirlar ketma-ketligi» metodi 
«Mantiqiy zanjirlar ketma-ketligi» metodi biror mavzu yoki uning bir qismi 
haqida tinglovchilarga zarur ma’lumotlar berilganidan so‘ng ularning berilgan 
bilimlarni qay darajada o‘zlashtirganliklarini tekshirib ko‘rish, olgan bilimlarini 
mustahkamlash, shuningdek tinglovchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini 
shakllantirish maqsadida qo‘llanilishi mumkin. Ushbu metoddan, asosan, 
mashg’ulot yakunida yoki mashg’ulotning bir qismi ko‘rib chiqilgandan so‘ng 
foydalanish mumkin. 
«Mantiqiy zanjirlar ketma-ketligi» metodini qo

llash qoidalari: 
– o‘qituvchi tinglovchilarga mashg‘ulot davomida berilgan ma’lumotlar 
asosida tayanch tushunchalarni raqamlangan hamda chalkashtirilgan holda doskaga 
yozib qo‘yadi (slayd orqali namoyish etilishi yoki tarqatma material sifatida har bir 
tinglovchiga tarqatilishi ham mumkin); 
– shundan so‘ng o‘qituvchi o‘quv savollari sonidan kelib chiqqan holda 
tinglovchilardan daftarlariga shuncha ustun chizishlarini va har bir ustunni 
nomlashlarini (masalan, birinchi ustun birinchi o‘quv savoli deb nomlanadi) 
so‘raydi va tinglovchilardan doskaga yozilgan tayanch tushunchalarning qaysi biri 
birinchi o‘quv savoliga, qaysinisi ikkinchi va boshqa o‘quv savollariga 
taalluqliligini tasniflashni taklif etadi; 
– tinglovchilar raqamlangan tayanch tushunchalarini tegishliligi bo‘yicha 
ustunlar tagiga yozishlari lozim bo‘ladi va buning uchun o‘qituvchi tomonidan 
tinglovchilarga 3-5 daqiqa vaqt berish tavsiya etiladi; 
– belgilangan vaqt tugaganidan so‘ng o‘qituvchi bir nafar tinglovchidan 
o‘zining javobini o‘qib eshittirishini so‘raydi va ushbu tinglovchi o‘z fikrini bayon 
etib bo‘lganidan so‘ng o‘qituvchi qolgan tinglovchilarga ushbu tinglovchi 
tomonidan xatolikka yo‘l qo‘yilgan yoki qo‘yilmaganligini so‘rab murojaat qiladi; 


56 
– tinglovchilarning fikrlari tinglab bo‘linganidan so‘ng o‘qituvchi to‘g‘ri 
javobni e’lon qiladi (doskaga yozadi yoki slayd orqali namoyish etadi). 
Masalan, «Jinoyatda ishtirokchilik» mavzusi bo‘yicha ma’ruza mashg‘uloti 
yakunida o‘qituvchi doskaga mavzuga oid tayanch tushunchalarni chalkashtirilgan 
holda yozib qo‘yadi (slayd orqali namoyish etilishi yoki tarqatma material sifatida 
har bir tinglovchiga tar-qatilishi ham mumkin). So‘ngra tinglovchilardan mazkur 
tayanch tushunchalarning qaysi guruhga kirishiga qarab, ishtirokchilik belgilari, 
ishtirokchilik turlari va ishtirokchilik shakllariga tasniflash taklif etiladi. 
1.
Oddiy ishtirokchilik. 
2.
Tashkilotchi. 
3.
O‘zaro xabardorlik. 
4.
Uyushgan guruh. 
5.
Bajaruvchi. 
6.
To‘g‘ri qasdning mavjudligi. 
7.
Murakkab ishtirokchilik. 
8.
Dalolatchi. 
9.
Ikki yoki undan ortiq shaxsning qatnashishi. 
10.
Jinoiy uyushma. 
11.
Yordamchi. 
12.
Hamkorlikda harakat qilish. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin