O‘quv materiallari maktabgacha pedagogika fanining ma’ruzalar matni



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/77
tarix20.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#145546
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
SIRTQI 2-SEMESTR MAK PED (1)

 
 
 
 
 
Ijodiy o‘yinlarni bolalar o‘zlari o‘ylab topishadi. Unda oldindan belgilangan 
qoidalar bo‘lmaydi. O‘yin qoidasini bolalar o‘zlari o‘yin jarayonida belgilashadi. 
Qoidali o‘yinlarning mazmuni va qoidasi kattalar tomonidan belgilanadi. Qoidali 
o‘yinlarga quyidagilar kiradi: didaktik o‘yinlar, harakatli o‘yinlar, musiqaviy 
o‘yinlar, ermak o‘yinlar. Bolalarga ta’lim-tarbiya berish maqsadida kattalarning 
o‘yinni tanlay bilishi, unga to‘g‘ri rahbarlik qilish “MTT ta’lim va tarbiya dasturfda 
belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta’minlaydi. O‘yin 
bolalarni rivojlantirish va tarbiyalash vositasidir. Psixologlar o‘yinni maktabgacha 
yosh davrida yetakchi faoliyat deb hisoblaydilar. O‘yin tufayli bolaning yuqori 
rivojlanish bosqichiga o‘tishini ta’minlovchi sifatlar shakllanadi, ruhiyatida sezilarli 
o‘zgarishlar yuz beradi. O‘yinda bola shaxsining hamma tomoni bir-biriga o‘zaro 
ta’sir etgan holda shakllanadi. O‘ynayotgan bolani kuzatayotib uning qiziqishlarini, 
tevarak-atrof to‘g‘risidagi tasavvurini, kattalarga va o‘rtoqlariga bo‘lgan 
munosabatini bilib olish mumkin. Shaxsdagi biron sifatni tarbiyalash uchun uning 
boshqa tomonlarini ham rivojlantirish kerak. Masalan, bolaning o‘yiniga qiziqishini, 
tashkilotchilik qobiliyatini rivojlantirish uchun mazmun jihatidan boy o‘yinlar 



yaratilishi kerak. Bolalarning ijodiy o‘yinlarini rivojlantirish uchun esa o‘z 
navbatida yaxshi tashkil etilgan bolalar jamoasi zarur bo‘ladi. 
O‘yin bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalash sistemasida, MTTning ta’lim-
tarbiya ishida, axloqiy, mehnat va estetik tomonlama tarbiyalashda katta o‘rin tutadi, 
O‘yinda bola organizmiga xos bo‘lgan talab va ehtiyojlar qoniqtiriladi, hayotiy 
faollik ortadi, bardamlik, tetiklik, quvnoqlik tarbiyalanadi. Shuning uchun ham 
bolalarni jismoniy tarbiyalash sistemasida o‘yin munosib o‘rin egallaydi, O‘yin 
ta’lim va mashg‘ulotlar bilan, kundalik hayotdagi kuzatishlar bilan uzviy bog‘liq 
bo‘lib juda katta ta’lim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ijodiy o‘yinlarda muhim bilim 
egallash jarayoni yuzaga keladi, bu bolaning aqliy kuchini ishga soladi, tafakkurini, 
xayolini, diqqatini, xotirani faollashtirishni talab qiladi, bola masalalarni mustaqil 
hal qilishga o‘rganadi, o‘ylagan narsasini amalga oshirish uchun yaxshiroq va 
osonroq usul o‘ylab topadi, o‘z bilimlaridan foydalanish va uni so‘z bilan 
ifodalashga o‘rganadi. 
O‘yinda aks ettirilayotgan narsani bilib olishga qiziqish uyg‘onadi. Ko‘pincha 
o‘yin bolalarga yangi bilim berish va ularning fikrini, bilim doirasini kengaytirish 
uchun xizmat qiladi. Ijodiy o’yinni tor didaktik maqsadlarga bo‘ysundirib 
bo‘lmaydi, bu o‘yin yordamida juda katta tarbiyaviy vazifalar hal qilinadi. Qoidali 
o‘yin bolaning sensor rivojlanishini, tafakkur va nutqini, ixtiyorsiz diqqati va 
xotirasini, har xil harakatlarini muntazam ravishda mashq qildirib borish imkonini 
beradi. Har bir qoidali o‘yin ma’lum didaktik maqsadga ega bo‘lib, bolani umumiy 
rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi. Ta’limning o‘yin shaklida bo‘lilshi muhim 
ahamiyatga ega bo‘lib bolani umumiy rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi. Ta’limning 
o‘yin shaklida bo‘lishi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bolaning yosh xususiyatlariga 
mos keladi. Qiziqarli o‘yin bolaning aqliy faolligini oshiradi, o‘yinda bola 
mashg‘ulotdagiga nisbatan murakkabroq masalani hal qilishi mumkin. Bu ta’lim 
butunlay o‘yin shaklida bo‘lishi kerak degan gap emas. Ta’lim turli usullar va 
metodlarni qo‘llashni talab etadi. O‘yin ta’lim shakllaridan biri bo‘lib, boshqa bir 



metod bilan qo‘shib olib borilgandagina yaxshi natija beradi, bular kuzatish, suhbat, 
so‘zlab berish va hokazolar. Bola o‘ynayotib o‘z bilimidan foydalanishni, uni har xil 
sharoitda ishlata bilishni o‘rganadi. Ijodiy o‘yinlarda bolalarning fantaziyasi, buyum 
yasashi, tajriba qilishiga keng yo‘l ochiladi 
O‘yinda aqliy rivojlanish bilan birga axloqiy sifatlar ham shakllanadi. O‘yin 
jarayonida yuz bergan kechinmalar bola ongida chuqur iz qoldiradi, shuning uchun 
o‘yin bolada yaxshi hislarni, ulug‘vor orzular va intilishlarni, sog‘lom qiziqishlarni 
tarbiyalashga yordam beradi. O‘yin mustaqil faoliyat bo‘lib, bu jarayonda bolalar 
o‘z tengdoshlari bilan aloqa qilishga kirishadilar. Ularni umumiy maqsad, unga 
erishishdagi umumiy kechinmalar birlashtiradi. Shuning uchun o‘yin do‘stona 
munosabatlarni 
tarbiyalashda, 
jamoa 
hayoti 
malakalarini, 
tashkilotchilik 
qobiliyatlarini shakllantirishda muhimdir. Birgalikdagi o‘yin bilan birlashgan kichik 
bolalar jamoasida murakkab munosabatlar vujudga keladi. Tarbiyachining vazifasi 
har bir bolani faol o‘yinga jalb qilish, bolalar o‘rtasida do‘stlikka, haqqoniylikka, 
o‘rtoqlarini javobgarligini sezishga asoslangan munosabatlar o‘rnatishdan iborat.
 
O‘yin mehnat tarbiyasi vazifasini bajarishga ham yordam beradi. Bolalar o‘z 
o‘yinlarida har xil kasbdagi kishilari aks ettiradilar. Bu bilan ular kattalarning 
harakatlariga taqlid qilib qolmay, shu bilan bir qatorda ularning ishiga, mehnatiga 
bo‘lgan munosabatlarini ham aks ettiradilar. O‘yin bolada ko'pincha mehnat qilish 
xohishini uyg‘otadi, o‘yin uchun kerakli narsalarni tayyorlash va yasashga majbur 
qiladi. O‘yinda hozirgi zamon bolalariga xos bo‘lgan texnikaga qiziqish paydo 
bo‘ladi va rivojlanadi, bolalar har xil mashinalar yasaydilar va texnik o‘yinchoqlar 
bilan o‘ynaydilar. O‘yin estetik tarbiyaning muhim vositasidir. O‘yinda ijodiy 
xayol, fikrlash qobiliyati yuzaga keladi va rivojlanadi. Yaxshi tanlangan o‘yinchoq 
badiiy didni tarbiyalashga yordam beradi. Harakatli o‘yinlarda harakatning 
go‘zalligi va maromi bolalarni o‘ziga maftun qiladi. O‘yinning katta tarbiyalovchi 
ahamiyati o‘z-o‘zidan amalga oshmaydi. O‘yin befoyda, hatto zararli bo‘lishi, 
ba’zan yomon hislarni qo‘zg‘atishi mumkin. Tarbiyachi o‘yin yordamida bolalarni 
har tomonlama rivojiantirish vazifasini amalga oshirish uchun unga muntazam 
ravishda ta’sir etib borishi zarur. 
Bu vazifani hal etishda o‘yin bolalar bog‘chasidagi ta’limtarbiyaviy ishning 
hamma tomonlari bilan bog‘langan bo‘lishi kerak. O‘yinda bolalarning 
mashg‘ulotlarda olgan bilim va malakalari aks etadi va rivojlantiriladi, ular orqali 
esa bola hayotga o'rgatiladi. Ikkinchi tomondan, o‘yinda tarbiyalangan sifatlar 
faoliyatning boshqa turlariga ko‘chiriladi.

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin