O‘quv materiallari maktabgacha pedagogika fanining ma’ruzalar matni


Rolli-syujetli o‘yinlarning o‘ziga xos xususiyati



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/77
tarix20.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#145546
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
SIRTQI 2-SEMESTR MAK PED (1)

Rolli-syujetli o‘yinlarning o‘ziga xos xususiyati. 
Rolli o‘yinlarning boshqa o‘yinlarga nisbatan o‘ziga xos xususiyatga egaligi 
ularda syujet, rol va xayol qilingan vaziyatning mavjud bo‘lishidir. Bolalar biror 
narsa yoki voqea to‘g‘risida yetarlicha tasavvurga ega bo‘lgandagina syujet, fikr, 
yuzaga keladi. Masalan, bolalar “paroxod” o‘yinini o‘ynamoqchi bo‘lishdi. Bunga 
o‘yinning qanday borishi to‘g‘risida syujet kerak. Syujet bolalarning bilimiga 
bog‘liq bo‘ladi. Bolalarda avval g‘oya paydo bo‘ladi, keyin mazmun rivojlanadi. 
Ba’zan bolalar o‘yinning qanday borishini oldindan belgilab oladilar. Masalan, 
Afrikaga “bormoqchi” bo‘lsalar, sayohat vaqtida qilinadigan ishlarni oldindan 
belgilab oladilar. Bundan ko‘rinib turibdiki, rolli o‘yin jamoatchilik xususiyatiga 
ega, chunki bolalar bir-birlari bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladilar. Rolli o‘yinda har 



bir bola o‘ziga olgan rolni bajaradi masalan, ona, haydovchi, tarbiyachi, enaga, 
san’atkor va hokazo. Rolli o‘yinlarda didaktik, qoidali - harakatli o‘yinlardagi 
singari qat’iy o‘rnatilgan qoida bo‘lmaydi. Bunda ko‘pincha bolalar o‘z xayol qilgan 
narsalari bo‘yicha harakat qiladilar. Masalan, “raketa tushib oyga uchadilar”, 
“paroxodda suzadilar”, “kasalni davolaydilar”. 
Ammo bolalarning xayollari bilan o‘ynashlari ularni real voqealikdan 
uzoqlashtirib yubormaydimi degan savol tug‘iladi, yo‘q, bolalar o‘zlari buning 
o‘yinligini yaxshi biladilar. Shu bilan birga bolalarning kechinmalari, hayajonlari, 
qilgan harakatlari hammasi rostakam, sidqidildan bo‘ladi. Masalan, “doktor” 
rolidaga bola kasal to‘g‘risida qayg‘uradi. O‘yin mavzui bolalar olgan taassurotning 
kuchli, bolalarning qiziqishlari bilan belgilanadi. O‘yinda bolalar aks ettiradigan 
ijtimoiy-siyosiy voqealar bolalarning bilim doirasi va hayotiy tajribasimng kengayib 
borishiga bog‘liq bo‘ladi. Rolli o‘yinlarining mazmuni va mavzusi o‘zgarishi bilan 
bir qatorda uning tuzilishi va o‘yin shartlari o‘zgaradi, bolalarning mustaqilligi va 
tashabbuskorligi ham o‘sib boradi. Avvalgi bolalar o‘z-o‘zicha alohida-alohida 
o‘ynaydilar. Sekin-asta rolli o‘yinlarning paydo bo‘lishi, o‘yinda kishilar o‘rtasidagi 
munosabatni aks ettirish birgalikda bajariladigan o‘yinni keltirib chiqaradi. Avvaliga 
katta bo‘lmagan guruhchalar 2-3 kishidan iborat bo‘lib o‘ynashadi, katta va 
tayyorlov guruhlariga kelib kattaroq jamoaga birlashadilar. O‘yinda har xil rollar 
orqali o‘zaro munosabatda bo‘lish bolalarda o‘rtoqlik munosabatlarini 
shakllantirishga yordam beradi. O‘yinning tuzilishi va mazmuni o‘zgarishi bilan 
o‘yinchoqning roli va bolalarning unga nisbatan talabi ham o‘zgarib boradi va h.k. 
Bog‘cha yoshidagi bolalarda ijodiy o‘yinning rivojlanib borishi. Uch yoshdagi 
bolalarning o‘yinlari yangi tus oladi: bola qo‘g‘irchoqni va o‘zini kishilarning nomi 
bilan atay boshlaydi: masalan, bola mashina yasab uni boshqara boshlaydi. Kattalar 
undan sen kimsan, deb so‘rasa, “Haydovchiman” deb javob beradi. Yoki qizcha 
qo‘g‘irchog‘iga ovqat pishirayapti. “Sen kimsan?”- degan savolga “Men 
oshpazman” deb javob beradi. Bolalar o‘z o‘yinlarida sekin-asta murakkab 
bo‘lmagan syujetli o‘yinlarni o‘ynay boshlaydilar. Bunda asosan kundalik 
turmushda takrorlanib turadigan voqealar aks etadi. Bolaga ovqat berishadi, 
uxlashga yotqizishadi, mashinada tortishadi. Yana ovqat berishadi va uxlatishadi. 
Yoki qo‘g‘irchoq kasal bo‘lib qolsa, darrov uning qo‘li, oyog‘i bog‘lanadi, 
yolg‘ondakam dori beriladi. Uchinchi yoshning oxiriga kelib bola rol tanlay 
boshlaydi. “Men oyisiman”, “Men – vrachman” deb bular birdaniga enaga, 
tarbiyachi, doktor bo‘lib qolishi mumkin. Bola to‘rt yoshga o‘tganda syujetli-rolli 
o‘yinlar ancha rivojlana boshlaydi. O‘yinlar mavzui har xil bo‘lib, boyib boradi. Bu 
yoshdagi bolalar o‘z o‘yinlarida oila, MTTni, avtobusda, tramvayda kelayotgan 
kishini aks ettiradilar. Tevarak-atrofni kuzatish natijasida tasavvurlari kengayadi, bu 
ularning o‘yin mazmuniga ta’sir etadi: bayramlar, magazin, transporting har xil 


10 
turlarini aks ettira boshlaydilar. Ammo bu yoshda ular hayotdagi voqealar 
o‘rtasidagi bog'liqliklarni hali tushunib yetolmaydilar. Bola besh yoshga qadam 
qo‘yganda undagi kuzatuvchanlik tafakkuri rivojlanganligi, bilim doirasi 
kengayganligi sababli o‘yin mazmuni ham murakkablashib boradi. Xayolning 
rivojlanib borishi orqasida ertak va hikoyalar mazmuni bo‘yicha murakkab 
bo‘lmagan o‘yinlarni o‘ynashadi. O‘yin mazmuni bilan bir qatorda bolalarda hislar 
ham rivojlanib boradi. Kundalik hayotga nisbatan bolalarda hissiyot yuqori bo‘ladi. 
O‘yin birinchidan, xursandchilik bilan hamohang kechadi. Ikkinchidan, bolalar 
kattalarning hislarini o‘z o‘yinlarida aks ettiradilar. Katta maktabgacha yoshdagi 
bolalarda ijodiy o‘yin juda ham yaxshi rivojlanadi. Bu o‘yinlarda bolalar o‘zlari 
eshitgan, ko‘rgan voqealar, hikoyalar, kitoblar va boshqamanbalardan olgan bilim, 
malakalarini, his-hayajonlarini to‘la qo‘llay boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalar 
o‘yinlarida berilgan ta’limtarbiyaning natijasi yaqqol ko‘rinib, sezilib turadi. Bolalar 
kim bilan o‘ynashi to‘g‘risida va o‘yinning qanday borishi to‘g‘risida o‘zaro 
kelishib oladilar. O‘yinlar uzoqroq davom etadigan bo‘lib boradi. Bitta o‘yinni uzoq 
vaqt, hatto bir necha kun o‘ynash mumkin, bunda har gal o‘yinga yangilik kiritib 
boriladi. Uzoq davom etadigan o‘yinlar maktabgacha yoshdagi bolalar o‘yinlarining 
yuqori bosqichi hisoblanadi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalar o‘yinlariga to‘g‘ri 
rahbarlik qilib borilsa, ularning mustahkam jamoasi yuzaga kelib, u o‘z an’anasiga, 
o‘z qoidasiga ega bo‘ladi. Bolalarda birgalikda ijod qilish qobiliyati rivojlanadi, ular 
o‘rtoqlarining fikri bilan kelishadigan, fikriga quloq soladigan bo‘lib boradi. Bolalar 
jamoasining shakllanishi uzoq vaqtni talab etadigan murakkab ish. Bolalar o‘rtasida 
murakkab munosabatlar yuzaga kela boshlaydi. Har bir bolaning o‘ziga xos 
xususiyati yaqqol namoyon bo‘lib boradi. Bunda bolalar faol tashkilotchi, o‘ziga 
ishonadigan va aksincha, tortinchoq, indamaslarga bo'linadi. Faol bolalar har doim 
o‘yinni o‘z xohishiga qarab tanlaydi, qiziqarliroq rolni talab etadi. Ular ba’zan 
o‘yinni buzishadi, o‘rtoqlarini xafa qilishadi, ammo tarbiyachining ta’siriga tez 
berilishadi. Ularning ijobiy xususiyatlari, sog‘lom qiziqishlari bo‘ladi, tarbiyachi 
mana shular asosida ularning ongi va hissiga ta’sir etadi. O‘yin mavzusi o‘zgarishi 
bilan o‘yinda qatnashuvchilarning ham o‘zaro munosabatlari o‘zgarib boradi. 
Kichkina bolalarning har biri o‘z holicha o‘ynasa, keyinchalik 2-3 kishi bo‘lib 
o‘ynay boshlaydi, o‘rta maktabgacha yoshga kelganda o‘ynovchilar soni ko‘payib, 
o‘rtoqlik munosabatlari tarkib topa boshlaydi, bunday munosabatlar o‘yinga mavzu 
tanlashda, rollar va o‘yinchoqlarni taqsimlashda yuzaga keladi. O‘yinning tuzilishi 
va mazmuni rivojlanib borishi bilan o‘yinchoqning roli va unga talab ham o‘zgarib 
boradi. Kichkina bolalar o‘yinini ko‘pincha o‘yinchoq belgilaydi. Bitta o‘yinchoq 
bir nechta vazifani bajarishi mumkin. O‘rta va katta maktabgacha yoshdagi 
bolalarda o‘yin to‘g‘risidagi fikr avval tug‘iladi. Keyin o‘ynay boshlaydi. O‘yinchoq 
o‘yin mazmuniga qarab tanlanadi.

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin