20
Bolalarning o‘zi yaratgan o‘yindan kelib chiqadigan yoki kattalar tomonidan taklif
etilgan o‘yinning g‘oyasi, mazmuni, o‘yin harakatlari, rollar, o‘yin qoidalari uning
tuzilishini tashkil etuvchi qirralardir. O‘yin g‘oyasi - bu nima o‘ynashni belgilab
olish: “do‘kon, “shifoxona”, “uchuvchilar”, “bolalar muassasasi” va shunga
o‘xshashlar. O‘yin mazmuniga, g‘oyasiga qarab bolalarning bunday o‘yinlarini bir
necha o‘ziga xos guruhlarga bo‘linadi
. Ular:
O'yinlarning bunday bo‘lishi albatta shartli bo'lib, bir o'yinda har xil hayotiy
voqealar aks etishi ham mumkin. G‘oya o‘yinning mazmuni, jonli to‘qimasi, uning
rivojlanishini, o‘yin harakatlarini, bolalar munosabatlarining har xilligi va o'zaro
bog'lanishini belgilab beradi. O'yinning qiziqarli bo'lishi va unda bolalarning qanday
ishtirok etishlari o'yinning mazmuniga bog'liq. O'yinda bola ijro etadigan rol 320
o'yinning asosiy o'zagi va tarkibiy qismidir. Shuning uchun ham bu o'yinlar rolli
yoki syujetli-rolli o'yinlar nomini olgan Bolalar o'yiniga
tarbiyachining rahbarlik
qilishi. O'yin bolalarning qiziqarli ermagigina bo'lib qolmay, shu bilan bir qatorda u
bolalarni rivojiantirish va tarbiyalashning muhim vositasi hamdir. Ammo o'yin
kattalar tomonidan tashkil etilib, unga rahbarlik qilingandagina ijobiy natija beradi.
Pedagog bolalar o'yiniga rahbarlik qilar ekan, quyidagi talablarga e'tibor berishi
zarur: o'yin mazmunining ta'limtarbiya beruvchi ahamiyatga ega bo'lishi, aks
ettirilayotgan narsalar haqidagi tasavvurlar to'g'ri va to'la bo'lishi, o'yin harakatlariga
faol, ma'lum maqsadga qaratilgan, ijodiy xususiyatga ega bo'lishi kerak, Hamma va
ayrim bolalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda o'yinga rahbarlik qilish,
o'yinchoqlarni va boshqa kerakli materiallardan maqsadga muvofiq foydalanish,
bolalarning o'yinda xayrixoh va xursand bo'lishlarini ta'minlash lozim. Pedagog
bolalar o'yiniga rahbarlik qilar ekan, bola shaxsining hamma tomorilariga: ongiga,
his-tuyg'ulariga, irodasiga, xulqiga ta'sir etishi
va bundan bolalarni aqliy, axloqiy,
estetik va jismoniy tomondan tarbiyalashda foydalanishi lozim. O'yin jarayonida
bolalarning bilimlari va tasavvurlari boyib, chuqurlashib boradi. O'yinda u yoki bu
rolni bajarayotib, bola o'zining butun diqqatini o'yinga qaratishi lozim. Bola
o'ynayotganda kishilar mehnati, ularning aniq harakatlari, munosabatlari to'g'risidagi
tasavvuri yetarli emasligini sezib qoladi, buning natijasida kattalarga savol bera
boshlaydi. Tarbiyachi bolalarning bunday savollariga javob berib, ularning
21
bilimlariga aniqlik kiritadi, boyitadi Tarbiyachi o'yin
orqali bolalarda ona-vatanga,
o'z xalqiga boshqa millat kishilariga ijobiy munosabatni shakllantiradi;
mustahkamlaydi. O'yin orqali tarbiyachi bolalarda jasurlik, to'g'rilik, o'zini tuta
bilishlik kabi sifatlarni tarbiyalaydi. O'yin bolalarda ijtimoiy axloqni, ularning
hayotga, bir-biriga bo'lgan munosabatini shakllantiruvchi o'ziga xos maktabdir.
O'yinda bola kishilarning axloq-odob normalarini, mehnatga munosabatlarini bilib
oladi. Tarbiyachi bolalar o'yiniga rahbarlik qilayotib,
ularni jamoa orqali ham
tarbiyalab boradi. O'yin jarayonida bolalar o‘z xohishlarini jamoa xohishi bilan
kelishib olishga, o‘yinda o‘rnatilgan qoidalarga rioya qilishga o‘rganadilar. Ammo
o'yinga to‘g‘ri rahbarlik qilinmasa, u noxush oqibatlarga ham olib kelishi mumkin.
Tarbiyachi bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashda o‘yindan keng foydalanadi.
Juda ko‘pchilik o‘yinlar bolalardan faol harakat qilishni talab etadi, bu esa o‘z
navbatida organizmda modda almashinishini yaxshilaydi, qon aylanishini
tezlashtiradi. Buridan tashqari faol harakat qilish bola gavdasining to‘g‘ri o‘sishini,
harakatlari chiroyli bo‘lishini ham ta’minlaydi. O‘yin orqali tarbiyachi bolalarda
quvnoq kayfiyat yaratadi, ijobiy ruhiyat hosil qiladi,
bu esa bolaning asab-ruhiy,
jismoniy tarbiyasini yaxshilaydi.
O‘yin bolalarga estetik tarbiya berish vositasi sifatida ham keng qo‘llaniladi.
Bolalar tevarak-atrofdagi hayotni, voqelikni obrazlar, rollar orqali ham aks
ettiradilar. O‘yinda bolalarning avval olgan taassurotlari orqali obraz yaratishlari -
xayol juda ham katta ahamiyatga ega. Bolalar juda ko‘p o‘yinlarda avval o‘rgangan
ashula, she’r, raqs, topishmoqlardan keng foydalanadilar. Bundan tarbiyachi
bolalarda estetik did, zavqni tarbiyalashda foydalanadi. O‘yin vaqtini tanlay bilish
ham muhim ahamiyatga ega. Nonushta bilan mashg‘ulot o‘rtasida bolalar o‘yiniga
8-10 daqiqa vaqt beriladi. Bunda bolalar ko‘pincha avval boshlagan o‘yinlarini
davom ettiradilar. Sayrda bolalarning o'ynashlari uchun 1 soat - 1 soat 20 minut vaqt
ajratiladi. Kunduzgi uyqu va kechki nonushtadan keyin ham bolalar o‘yiniga vaqt
beriladi. Bunda bolalar ko‘proq syujetli-rolli o‘yinlarni,
qurilish materiallari,
qo‘g‘irchoqlar bilan, stol usti o‘yinchoqlari o‘ynashlari mumkin. Shu bilan birga
ermak o‘yinlardan ham foydalaniladi. Ammo o‘yin bilan ta’lim o‘rtasidagi
bog‘liqlik bola ulg‘aygan sari o‘zgarib boradi.
Kichik guruhda o‘yin ta’lim berishning asosiy shakli hisoblansa, katta
guruhga borganda esa mashg‘ulotlarda ta’limning roli ortadi. Tayyorlov guruhiga
borganda bolalarning o‘zlarida maktabdagi o‘qishga ishtiyoq uyg‘onib qoladi.
Ammo bolalar uchun o‘yinning qadri yo‘qolmaydi, balki mazmuni o‘garadi. Endi
bolalarni ko'proq fikriy faollikni talab etuvchi o‘yinlar, sport tarzidagi o'yinlar
qiziqtira boshlaydi. Shunday qilib, pedagogika fani o‘yinga bola shaxsini har
tomonlama shakllantirish vositasi va ular hayotini tashkil etish shakli,
bolalar
jamoasini shakllantirish vositasi deb qaraydi.