O‘quv materiallari maktabgacha pedagogika fanining ma’ruzalar matni


  Bolalar o‘yinlarida tasvirlash vositalari



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/77
tarix20.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#145546
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
SIRTQI 2-SEMESTR MAK PED (1)

 


11 
Bolalar o‘yinlarida tasvirlash vositalari
 
Bolalarning o‘ynashlari uchun ma’lum vositalar kerak. Rolli o‘yinlarda bolalar 
har xil vositalardan foydalanadilar, ulardan asosiylari quyidagilar: bolalarning o‘z 
harakatlari; o‘yinchoq va boshqa materiallar; so‘z. Bolalarning asosiy tasvirlovchi 
vositalari o‘zlarining harakatidir, Masalan, bola ikki oyog‘ida sakrab quyonchaga 
taqlid qiladi, ikki qo‘lini qimirlatib, pishillab parovoz bo‘ladi va h.k. Bolalarning 
ko‘p harakatlari qurish, yasash bilan bog‘liq bo‘ladi, ular soatlab parovoz, paroxod, 
elektrovoz quradilar, ularni o‘ziga o‘xshatishga urinadilar. Ko‘pincha qurish 
o‘yinning boshlanishi bo‘lib xizmat qiladi. Taqlid vositasiga o‘yinchoq ham kiradi. 
O‘yinchoq bola harakatini to‘ldiradi, o‘ylagan obrazi va fikrini amalga oshirishga 
yordam beradi. Kiyimlar va ularning qismlari ham bolaning olgan rolini yaxshiroq 
bajarishga va uni yanada aniqroq ijro etishga imkon tug‘diradi. Bolalar o‘yin 
jarayonida ba’zi bir narsalarni xohlagan narsalari nomi bilan atab ham xuddi o‘sha 
xohlagan narsalarini faraz qilib juda yaxshi o‘ynaydilar, masalan, taomni “konfet”, 
qumni “shaker” stulni “mashina” deb atashlari mumkin. So‘z yordamida bolalar 
qanday o‘yin o‘ynashlarini kelishib oladilar. So‘z yordamida bir-biri bilan 
muomalada bo‘lib, o‘z fikrlarini izhor etishadi. So‘z har xil taassurotlarni ifodalash 
imkonini beradi. Bolalar hamma vositalardan ko‘pincha bir vaqtda foydalanadilar. 
Aks ettiruvchi vosita qanchalik ko‘p bo‘lsa, o‘yin mazmuni shunchalik boyroq 
bo‘ladi hamda tevarak-atrofdagi voqealardan taassurot shunchalik to‘laroq aks 
ettiriladi. O‘yin mazmunining rivojlanib borishi bilan murakkab jarayon bo‘lgan 
bolalar jamoasi ham shakllana boshlaydi. O‘yin bolalarning mustaqil faoliyati 
bo‘lgani uchun uning syujetini bolalar o‘zlari o‘ylab topishadi va o‘zlari tashkil 
etishadi. O‘yinda bolalar o‘zlarining kichkina jamiyatning avzosi deb hisoblashadi, 
o‘zaro kelishib harakat qilishga o‘rganishadi. Ijtimoiy tarbiya olayotgan sharoitda 
har bir bola o‘ynayotgan bolalar jamoasiga kira olishi, u yerda o‘z o‘rnini topa olishi 
va shu jamoada o‘rnashib olishi lozim. Tarbiyachi ilk yoshli bolalarda ularning 
narsalar bilan o‘ynay olishi, diqqatini shunga to‘play olish qobiliyatini tarkib 
toptiradi. Bu boshqa bolalar bilan yonma-yon tinch o‘ynay olish malakasining 
shakllanishiga yordam beradi. Bolalar birgalikda o‘ynashga o‘tganlarida bir-birlari 
bilan ma’lum munosabat o‘rnatishlari lozim bo‘ladi. Xudda mana shu munosabat 
jamoatchilikni shakllantiradi. Bunga tarbiyachi bolalarni kelishib o‘ynashga 
o‘rgatish orqali erishadi. 
Sahnalashtirilgan o‘yinlar 
Sahnalashtirilgan o‘yinlar ijodiy o‘yinlar sarasiga kiradi. Unga ijodiy o‘yinning 
quyidagi asosiy: niyatning mavjudligi, roli va mavjud harakatlar, xayol qilingan 
vaziyatning va boshqa elementlarning uyg‘unligi, bolalarning mustaqillik va o‘z-
o‘zini uyushtira olish jihatari xos. Sahnalashtirilgan o‘yin badiiy asar asosida 


12 
quriladi: o‘yin syujeti, rollar, qahramonlarning xattiharakatlari, ularning nutqi asar 
matniga ko‘ra belgilanadi. Sahnalashtirilgan o‘yin bolalarning eshitgan asar yoki 
ertakdan olgan tasavvurlarini mustaqil ifodalash hamda mashq qilish imkonini 
beradi. Bu o‘yinlar bolalarda iroda, intizom, o‘z harakatlarini boshqalarning 
harakatiga muvofiq amalga oshirish kabi sifatlarni tarbiyalashda samarali vosita 
hisoblanadi. Sahnalashtirish bolalarni qayta so‘zlashga o‘rgatish usullaridan biridir. 
Ba’zi bir bolalarda badiiy asardan olingan parchani qayta so‘zlab berishga xohish 
ham, qiziqish ham bo‘lmaydi, ammo unga o‘yin usuli kirtilishi bilan bola asardagi 
rolga kirib, o‘sha asar mazmunini juda yaxshi aytib berishga harakat qiladi. Bunday 
o‘yinda bola o‘zini o‘sha asardagi qahramon o‘rnida his etib; uning sezgi, 
kechinmalari dunyosiga chuqurroq kirib boradi. Badiiy asarlarni qahramonlar tilida 
so‘zlab berish boladagi xayolni rivojlantirishga yordam beradi va asar qahramonida 
mavjud bo‘lgan ijodiy sifatlarni egallashga intiladi.
Sahnalashtirilgan o‘yinda badiiy asarning g‘oyaviy mazmuni bolalar 
tomonidan chuqurroq anglab olinadi. Ertak yoki hikoyadagi mazmun bolalarga 
yaqin, ularning yoshi va qiziqishiga mos, tushunarli bo‘lib, bola unga kirishib 
ketgan taqdirdagina asardagi obraz va harakatlar to‘g‘ri aks ettiriladi. Shuning 
uchun u yoki bu badiiy asar bo‘yicha sahnalashtirilgan o‘yin o‘tkazishdan oldin 
tarbiyachi asarning mazmunini aks ettirishga yordam beradigan tayyorgarlik ishini 
o‘tkazishi kerak. Bu ish oldindan bir qator mashg‘ulot va o‘yinlar o‘tkazish orqali 
amalga oshiriladi. Sahnalashtirilgan o‘yinga tayyorlanish uchun ma’lum bir vaqt 
ajratiladi va har bir mashg‘ulotda aniq masalalar hal etib boriladi. Masalan, 
tarbiyachi hazil she’r o‘qiyotib jonli nutqqa yaqinlashadi, bolalarga so‘zlarni, 
tovushlarni qanday talaffuz etish kerakligini tushuntiradi. Qaytarishda esa tarbiyachi 
bolalardan so‘zlarni aniq, balandroq yoki past, sekinroq yoki tez talaffuz etishni 
talab etadi. Bu mashqlarda matnni eslab qolish uchun o‘tkaziladigan har bir 
mashg‘ulotda 5-6 daqiqadan vaqt ajratiladi. Bolalar «Sholg‘om», «Bo‘g‘irsoq», 


13 
«Tulki, xo‘roz va quyon» kabi ertakni sahnalashtirishni juda sevadilar. Ertak va 
hikoyalarni bolalar ko‘pincha o‘zlarining ijodiy rolli o‘yinlarida sahnalashtiradilar, 
bu o‘yinlarda tulki, sichqon, xo‘roz, quyon kabi personajlarni o‘yinlarda aks 
ettiradilar. Yozuvchilarning badiiy asarlarini ham bolalar sevib sahnalashtiradilar. 
Bolalar bilan suhbatlasha turib, tarbiyachi hikoya yoki ertak qahramonlarining 
o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga harakat qiladi. Har xil she’r, ertak 
qahramonlarining o‘ziga xos xususiyatlari mana shunday o‘rganiladi. 
Sahnalashtirish ishini quyidagi bosqichlar bo‘yicha o‘tkazish mumkin:
1-bosqich. Adabiyotlarni tanlash. Sahnalashtirish uchun adabiyot tanlaganda 
quyidagi talabga rioya qilish kerak:
1. Ertak, hikoya yoki she’rda qatnashuvchilar ko‘p bo‘lishi kerak. 
2. Asarda mazmun yaxshi bolib qolmasdan, harakatlarning xili ham ko‘p bo‘lishi 
kerak.
3. Asar ifodali o‘qishga mos kelishi shart.
4. Mazmuni qiziqarli bo'lishi kerak. 
5. Asar bolalarning yoshiga mos kelishi kerak. 
2-bosqich. Sahnalashtirish uchun tanlangan hikoya, she’r yoki ertakning mazmunini 
o‘qib berish yoki qo‘g‘irchoq, soya teatrida ko‘rsatish orqali tanishtiriladi. 3-
bosqich. Eslab qolish. Asarni bolalar eslab qolishlari uchun uni qayta o‘qib berish, 
postanovka ko‘rsatish, rasmlar namoyish etish, didaktik o‘yinlardan foydalaniladi. 
4-bosqich. O‘yin qiziqarli o‘tishi va uzoq davom etishi uchun o‘yinga kerakli 
materiallar, kiyimlar tayyorlab berish va shu bilan birga to‘g‘ri rahbarlik qilish 
kerak. Bu ishni tarbiyachi bajaradi, katta guruhda esa tarbiyachi yordamida u bilan 
birgalikda bolalar bajarishadi. Tarbiyachi bir qancha ertakka doir rasmlar ko‘rsatadi. 
Guruhda shu yoshli bolalarga xos bo‘lgan ertaklar, hikoyalar ularga tanish bo‘lib 
qolgandan keyingina sahnalashtirish boshlanadi. «Sholg‘om», «Bo‘g‘irsoq» kabi 
ertaklar sahnalashtiriladi. Tayyorlov guruhida bu ish davom ettiriladi. 
Sahnalashtirish uchun ertaklargina olinmasdan, badiiy asarlar, xususan, she'rlar ham 
olinadi. Sahnalashtirish o‘yinlariga guruhlariga qarab har xil rahbarlik qilinadi. 
Masalan, tarbiyachi o‘rta guruh uchun asosan harakatni aks ettiruvchi asarlar 
tanlaydi, katta guruh bolalari uchun esa asar qahramonlarining ancha murakkab 
munosabatlari, ularning kechinmalari, qayg‘ulari aks ettirilgan asarlar tanlanadi. 
Tarbiyachi bajarilgan ishning hisobini olib boradi. Bolalarga qaysi asar yoqqanini
ular ko‘proq qaysi asarni sahnalashtirishni yoqtirishlarini, qaysi bola topshirilgan 
rolni yaxshi ijro eta olganini, rollarni ijro etishda bolalarda qanday qiyinchiliklar 
vujudga kelganini yozib boradi, Mana shu asosda bo‘lg‘usi sahnalashtiriladigan 
o‘yinlar jonlantiriladi. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin