7
ijodkorlik qobiliyatlari to‘laligicha namoyon bo‘ladi. Ammo o‘yinda hayotiy
taassurotlar
aynan aks ettirilmaydi, balki bolalar ongida qayta ishlab chiqiladi. Bu
bolalarning o‘yin g‘oyasini yaratishlarida, uning mazmunini tuzib, tasvirlovchi
vositalarni tanlashlarida va shunga o‘xshashlarda namoyon bo‘ladi.
Syujetli - rolli o‘yin - maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy o‘yin turlaridir.
Syujetli - rolli o‘yin o‘z xususiyatiga ko‘ra aks ettiruvchi faoliyatdir. Tevarak-
atrofdagi kattalar va tengdoshlarining hayoti va faoliyati bu o‘yin
mazmuniga
manba bo‘lib xizmat qiladi. Bolalarning tevarak-atrofdagi hayotdan, tengdoshlari,
kattalar faoliyatidan olgan taassurotlari ijodiy o‘yinda qayta ishlanadi, to‘ldiriladi,
sifat jihatidan o'zgartiriladi. Bolalarning bunday o‘yinlari tevarak-atrofdagi borliqni
bilishning amaliy shaklidir. Bolalar o‘yininmg o‘ziga xos tomoni unda tasvirlovchi
vaziyatlarning mavjudligidir. Tasvirlovchi vaziyat bolalarga o‘yin jarayonida
yuklangan rol va o‘yin syujetidan tashkil topadi
va har xil buyumlardan
foydalanishni ham o‘z ichiga oladi. O‘yinning syujeti - bir-biriga hayotiy aloqador
bo‘lgan qator voqea - hodisalar yig‘indisidir.
Rol syujetli - rolli o‘yinning asosiy zanjiri hisoblanadi. O‘yin bolada
qanoatlanish, xursandchilik hissini paydo qiladi, shuning uchun bolani qiziqtirib,
unda yaxshi kayfiyat uyg‘otadi, bola organizmidagi hayotiy faoliyatni yaxshilaydi.
Bola o‘ynayotganda har xil harakatlar qiladi: yuguradi,
sakraydi, tor joydan,
ingichka taxta ustidan o‘tadi, engashadi, yuqoriga tirmashib chiqadi va hokazo. Bu
harakatlarning hammasini bola bemalol, o‘z xohishi bilan bajaradi, natijada
bolaning muskullari pishiydi, u harakatni yengilroq, chaqqonroq bajaradigan bo‘lib
qoladi. Bolaning aqliy tomondan rivojlanishi uchun ham o‘yin
katta ahamiyatga
8
ega. O‘yin natijasida bolaning bilimi kengayib boradi. Roll! o‘yinlar bola
kuzatuvchanligini, qiziquvchanligini, bilish doirasini rivojlantiradi, boyitadi.
O‘yinda bola o‘z oldiga maqsad qo'yadi, bu boladan aql, idrok ishlatishni talab
qiladi, topag‘onlikka o'rgatadi. O‘yin jarayonida juda ko‘p gaplashishga,
tortishishga, bahslashishga, aytib berishga to‘g‘ri keladi. Bolalar o‘zi yasayotgan
narsalarini yaxshiroq yasash, qurish uchun juda ko‘p o‘ylab, fikrlashishlariga to‘g‘ri
keladi. Bular hammasi bola tafakkuri va xayolining
rivojlanishida muhim
ahamiyatga egadir. Bola o‘z o‘yinida borliqni aks ettirib, olgan rolining mazmuni
bilan bog‘liq bo‘lgan u yoki bu hissiyotni boshdan kechiradi. Masalan, Dilnoza ona-
bola o‘yinida ona rolini o‘ynayotib, bolalarini ovqatlantiradi, kiyintiradi, ular bilan
yaxshi munosabatda bo‘lib erkalaydi, ular bilan gaplashadi, kitoblar o‘qib beradi.
Bu o‘yin
bolada muloy imlilik, g‘amxo‘rlik, e‘tiborlilik kabi yaxshi hislarni
uyg‘otadi.
Dostları ilə paylaş: