62
kirishadilar: qo‘shimcha qiladilar, savol beradilar, aniqlashtiradilar. Shunda «baliq
ovchisi» fikri uni qiziqtirib qolgan «baliq»ning yoniga turib olishi kerak.
6.
Bir muammoning (masalaning) muhokamasi tugaganidan so‘ng
ishtirokchilar joylari bilan almashadilar (doiradan tashqarida turganlar endi doira
bo‘ylab o‘tiradilar). Barcha ishtirokchilar doirada o‘tirishlari maqsadga
muvofiqdir.
Afzalliklari.
Ishtirokchilarga norasmiy sharoitda fikr almashishga, berilgan muammoni
(masalani) hal qilish bo’yicha o‘z nuqtai nazarlarini bayon etishga imkon yaratadi.
Muhokama jarayoniga erkin qo‘shilish va undan chiqib ketishga imkon beradi.
Tahliliy fikrlash, e’tibor jamlash va kuzatuvchanlikni rivojlantiradi. Nutqni va
teskari aloqa texnikasini rivojlantiradi.
Qiyinchiliklari.
Muammoni muhokama qilishda barcha o‘quvchilar faol ishtirok etish
jarayonida bahs-munozalar, nizolar yuzaga kelishi mumkin. Shu bois o‘qituvchi
yaxshi tayyorlanishi va kuchli qarama-qarshiliklar paydo bo‘lishiga yo‘l
bermaydigan uslublarni bilishi lozim.
Aniq nazorat bo’lishini talab qiladi. Jarayon davomida ayrim o‘quvchilar
undan chiqib qolishlari (jarayonda ishtirok etmasliklari) mumkin. O‘qituvchi
muammoni muhokama qilishga barcha o’quvchilarni jalb qilish usullarini o‘ylab
chiqishi kerak.
Dostları ilə paylaş: