O’quv qo’llanma) (5110900 – Педагогика ва психология) Andijon-2019 ishanova m. Oila pedagogikasi


Ijtimoiy moslashish tuzilishi uchinchi tashkil etuvchisi - ijtimoiy-madaniy moslashish



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə13/41
tarix16.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#156274
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41
OILA PEDAGOGIKASI OQUV qollanma

Ijtimoiy moslashish tuzilishi uchinchi tashkil etuvchisi - ijtimoiy-madaniy moslashish. Oilaning umumiy madaniyatliligini aniqlashda uning katta yoshdagi a’zolari bilim darajasini hisobga olish zarur. Kattalarning bilim darajasi bolalarni tarbiyalashda muhim omillardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari oila a’zolarining turmushi va o‘zini tutish madaniyatini ham hisobga olish kerak.
Agarda oila odatlar va an’analarni davom ettiruvchisi, saqlovchisi rolini bajara olsa, (oilaviy bayramlar saqlanib qolinsa, xalq og‘zaki ijodi saqlansa), oilaning madaniy darajasi yuqori hisoblanadi, qiziqishlari keng bo‘ladi.
Ma’naviy talablari rivojlangan bo‘lsa, oilada turmush to‘g‘ri tashkil etilgan, dam olish turli xillarda bo‘ladi, shu bilan birga dam olish va turmush faoliyati birgalikda olib boriladi; oila bolani har tomonlama (estetik, jismoniy, emotsional, mehnat) tarbiyalash bilan mashg‘ul bo‘ladi va sog‘lom turmush tarzini ta’minlaydi.
Agarda oilaning ma’naviy talablari rivojalanmagan, qiziqishlar doirasi tor bo‘lsa, turmushi to`g`ri tashkil etilmagan, uyushmagan, oilani birlashtiruvchi birgalikda madaniy hordiq chiqarish va mehnat faoliyati bo‘lmasa, oila a’zolarining odobini boshqarish bo‘sh bo‘lsa, (huququy boshqarishda majburiyat metodlari ustun bo‘ladi): oilada nosog‘lom turmush tarzi olib borilsa, uning madaniyat darajasi past bo‘ladi. Agarda oila madaniyati yuqori darajaliligining to‘la to‘plamiga ega bo‘lmasa-yu, lekin o‘zining madaniy darajasi muammolarini tushunib yetsa va uni oshirish yo‘nalishida faollik ko‘rsatsa, unda oilaning ijtimoiy-madaniy mavqei o‘rtachaligi haqida gapirish mumkin bo‘ladi.
To‘rtinchi ko‘rsatkich – vaziyatli - rolli moslashish. Bu moslashish oilada bolaga munosabat bilan bog‘liq bo‘ladi. Bolaga oqilona ijobiy munosabatda bo‘lganda bolaning muammosini hal qilishda oilaning yuksak madaniyatliligi va faolligi bo‘lgan holda uning vaziyatli - rolli mavqei yuqori bo‘ladi: agarda bolaga haddan tashqari e’tiborlilik, uning muammolariga aralashish ko‘p bo‘lsa, unda o‘rtacha bo‘ladi: agarda bolaga haddan tashqari e’tibor berilmasa va undan ham yomoni bolaga yomon munosabatlar bo‘lsa, bu oilaning past madaniyati va faolligi bilan birga vaziyatli - rolli mavqei past bo‘ladi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin