O’quv qo’llanma) (5110900 – Педагогика ва психология) Andijon-2019 ishanova m. Oila pedagogikasi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə32/41
tarix16.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#156274
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   41
OILA PEDAGOGIKASI OQUV qollanma

Liberal uslub asosida faoliyat olib boruvchi o‘qituvchi xususiyatlariga sho‘rolar zamonidan qolgan ta’lim-tarbiya tizimiga xos mafkuraviy qarashlar mujassamlashgan. O‘qituvchining pedagogik faoliyati va xarakterida quyidagi xususiyatlar mavjud:

  • tashabbussiz, eski qolipda pedagogik faoliyat olib boradi;

  • sinf jamoasining tarbiyaviy faoliyatiga aslo aralashmaydi;

  • ta’lim-tarbiyaga oid muammolarga yuzaki qarab chiqadi;

  • o‘z mustaqil fikriga ega emas, javobgarlikdan o‘zini olib qochadi;

  • o‘quvchilarga berilgan topshiriqlarning natijalari bilan qiziqmaydi;

  • o‘quvchilar kelajagiga, taqdiriga e’tiborsiz, beg‘am qaraydi;

  • o‘z pedagogik faoliyatiga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘ladi.

Biroq, yillar o‘tib, zamonlar o‘zgargan sari, XXI asrda jamiyatning ijtimoiy talablaridan kelib chiqib, o‘qituvchining xulq-atvori, pedagogik va psixologik bilimlar saviyasi, o‘z kasbiy faoliyatiga nisbatan munosabati, pedagogik va axborot informatsion texnologiyalarini puxta o‘zlashtirish saviyasi ham o‘zgarmoqda. Shu sababli, o‘qituvchilar o‘z bilim va tafakkurlari nuqtai nazaridan kelib chiqib, sinf jamoasini boshqarishning turli shakl va metodlarini amalda qo‘llamoqdalar. Sinf jamoasining har qanday boshqaruv uslubi o‘qituvchi muloqoti asosida tashkil etiladi. Muloqotdan kutilayotgan natija, tarbiya asosida o‘quvchining ongini va tafakkurini boyitish va o‘zgartirishdir.


Nazorat uchun savollar:

  1. M uloqot tushunchasi.

  2. Oilada muloqot uslublari va ularning o‘ziga xosliklari.

  3. Avtoritar uslub.

  4. Liberal uslub.

  5. Demokratik uslub.

Asosiy adabiyotlar:
1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - T., 2012-y.
2. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat engilmas kuch”. - T., 2008-y.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oila Kodeksi. - T., 1998-y.
4. Musurmonova O. Oila ma’naviyati - milliy g`urur. - T . , 1999-y.
5. Hasanboeva O. va boshqalar. Oila pedagogikasi . - T., 2007-y.
6. Kulikova T.A . Semeynaya pedagogika i domashnoe vospitaniye.
M., 2000-232 s.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin