O’quv qo’llanma (bakalavriat yo’nalishi uchun) Toshkent-2004


II-bob. XIZMAT YOZIShMALARI BILAN ISHLASH TEXNOLOGIYASI



Yüklə 204,81 Kb.
səhifə11/37
tarix26.12.2023
ölçüsü204,81 Kb.
#197913
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37
Instituti ish yuritish asoslari o’quv qo’llanma-fayllar.org

II-bob. XIZMAT YOZIShMALARI BILAN ISHLASH TEXNOLOGIYASI



2.1.-mavzu. Tashkiliy-farmoyish hujjatlari va ularning tarkibi

    1. Tashkiliy farmoyish hujjatlari

Davlat boshqaruv organi rahbarlarining yakka hokimligiga asoslangan huquqiy hujjat, muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida qo’llaniladi.

Mohiyat-e’tibori bilan buyruqlar ikkiga bo’linadi: asosiy faoliyatga oid va kadrlarga oid. Ular ketma-ket tartibda alohida raqamlanadi va ayrim saqlanadi.
Asosiy faoliyatga oid buyruqlar doimiy, kadrlarning shaxsiy tartibiga oid buyruqlar esa 40 yilgacha muddatda saqlanadi.
Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki uning bo’limlari faoliyatini tartibga solishda qo’llaniladi. Ular odatda, yuqori tashkilotlardan kelgan ko’rsatmaviy hujjatlar xodimlarga etkaziladi, bularning ijrochi yuzasidan tadbir-choralar belgilanadi, mas’ul shaxslar va bajarish muddati tayinlanadi.
Ichki mehnat tartibi qoidalari mukofotlash nizomi va shu kabilarni tasdiqlash bilan bog’liq normativ buyruqlar ham asosiy faoliyatga oid buyruqlarga kiradi. Bunday buyruqlar umumiy tarzda bo’lib, muayyan bir shaxsga emas, balki butun jamoaga qaratiladi.

Buyruqning zaruriy qismlari:

  1. Gerb, muassasa alomati, mukofoti (bosma ish qog’ozi qismlari).


  2. Vazirlik, boshqarma nomi.


  3. Muassasaga xos raqami (KTUT bo’yicha).


  4. Hujjat shaklining xos raqami (BXUT bo’yicha).


  5. Muassasa nomi.


  6. Hujjatning nomi (Buyruq).


  7. Sanasi.

  8. Raqami (№).

  9. Buyruq chiqqan joy nomi.


  10. Sarlavhasi (mazmunidan kelib chiqib nomlanadi).


  11. Buyruq matni (ilovalari bo’lsa qayd qilinadi).


  12. Rahbar yoki o’rinbosar imzosi.


Buyruqda adliya maslahatchisi imzosi ham bo’lishi lozim. Adliya maslahatchisi buyruqni ko’rishda quyidagilarga e’tibor beradi: masalani buyruq bilan rasmiylashtirish maqsadga qanchalik to’g’ri keladi: buyruq loyihasi amaldagi qonunlarga hukumat qarorlariga qanchalik muvofiq keladi; mazkur idoraning ilgari berilgan buyruqlari bilan ziddiyat yo’qmi yoki ularning qisman takrori bo’lib qolayaptimi?


Asosiy faoliyatga oid buyruqlarda, odatda mazmunidan kelib chiqib sarlavha qo’yiladi (ba’zi qisqa buyruqlarda qo’yilmasligi ham mumkin).
Buyruqning asosiy matni asoslovchi (kirish) va farmoyish qismlardan tarkib topadi. Asoslovchi (kirish) qismida buyruqdan maqsad, shart-sharoitlar, sabablar ko’rsatiladi, asos qilib olinayotgan buyruqqa havola qilinadi (nomi, sanasi, raqami yoziladi). Ayrim hollarda buyruqqa asos bo’lgan hujjat uning farmoyish qismi tegishli bandida ham ko’rsatiladi. Ba’zi buyruqlarni asoslashga xojat bo’lmasligi mumkin, bunday hollarda ular to’g’ridan- to’g’ri farmoyish qismi bilan ham berilaveradi.
Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan bosh harflar bilan yoziladigan “BUYuRAMAN” so’zi bilan boshlanadi. Zaruriyatga qarab farmoyishlar bandlarga bo’linib, arabcha tartib raqamlar bilan belgilanadi. Raqamdan so’ng nuqta qo’yilib, so’z
bosh harfdan boshlanadi. Farmoyishlarda odatda kim qanday vazifani, qaysi muddatda bajarish ko’rsatiladi. Harakat majhul fe’l shaklida ifodalanadi (“Amalga oshirilsin”, “ta’minlansin”, “yuklatilsin”, ”hisoblansin”,…). Bajaruvchilar-muassasa yoki tarkibiy qismlari (bo’limlari), mansabdor shaxslar (lavozimlari ko’rsatilgan holda) ko’pincha jo’natish kelishigida qayd qilinadi.
Buyruqda ishning bajarilish muddati mazmunidan kelib chiqib umumiy tarzda yoki har bir farmoyishda aniq ko’rsatilishi mumkin. Buyruq imzo chekilgandan so’ng kuchga kiradi. Lekin ayrim bandlarning farmoyishda unga tegishli kuchga kirish muddati aniq ko’rsatilgan bo’lishi kerak.
Buyruq farmoyish qismining oxirida, odatda, umuman mazkur buyruqning nazorat qilish kimga yuklatilganligi ham qayd qilib qo’yiladi: «Buyruq ijrosini nazorat qilish …ga yuklatiladi.» (lavozimi va familiyasi to’liq yoziladi). Kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid buyruq yoki individual buyruqlar biror xodim ishga qabul qilinganda yoki bo’shatilganda, boshqa bo’limga o’tkazilganda, shuningdek, muayyan xodim mukofotlanganda, mehnat ta’tiliga chiqqanda va shu kabi hollarda beriladi. Bunday buyruqlar, odatda, bo’limlar rahbarlari tavsiyanomasi, shaxsiy arizalar va shu kabilar asosida tayyorlanadi.

    1. Yüklə 204,81 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin