Tayanch iboralar:
|
Me’yoriy hujjatlar
Buxgalteriya hujjatlari
Kartoteka
Ekranga chiqarish
Ma’lumot bazalari
|
Muhokama uchun savollar:
Tashkilotdagi hujjatlar qaysi sifatlariga ko’ra turlarga ajratiladi?
Yaratilish o’rni va mazmuniga ko’ra hujjatlar qanday turlanadi?
Qanday hujjatlarga qolipli hujjatlar deyiladi?
Xizmat hujjatlari shaxsiy hujjatlardan qaysi tomoni bilan ajraladi?
Hujjatlarning asl nusxasi, nusxasi, ko’chirma kabi tasniflari tushuntirilsin.
Nima uchun ish yuritish uslublariga rioya qilish lozim?
Hujjatlarni tayyorlashda ularga qanday talablar qo’yiladi?
Qaerga: O’zbekiston, Toshkent U.Yusupov ko’chasi, 1 A Kimga: Bozor ko’nikmalarning rivojlantirish markaziga
700084, Toshkent sh., X.Asomov, 7 TMI
700128 (qabul qiluvchi aloqa bo’limi raqami)
ADRES
TAKLIFNOMA
DA’VO ARIZALARI
O’zR Toshkent sh. Toshkent sh. Mirobod xalq sudiga Mirobod rayoni TMI (sud adresi)
1999 y 9 sentyabr Da’vogar-TMI, X.Asomov-7.
Javobgar-Mirobod rayon Yo’l qurilish idorasi (adresi)
Etkazilgan zararni undirish haqida Da’vo summasi – 1mln. sum
Da’vo ariza
1999 y. 30 iyuldagi shartnomaga muvofiq, yo’l qurilish idorasi 50 tonna asfaltni shu yilning 10 sentyabridan kechiktirmay olib kelishga va hovliga asfalt yotqizishga va’da berdi. Lekin va’da bajarilmay qoldi. Shu yilning 15 dekabrida, asfaltni yarmini, ya’ni besh mashinada olib kelib asfalt yotqizildi, qolgan besh mashinasini to’kib ketdi. Oradan bir hafta o’tgach, asfalt qilindi deb hujjat olib keldi, ya’ni bajarilmagan ishga (komissiya dalolatnomasi ilovada keltirilgan).
Etkazilgan zararni qoplash haqida yozgan da’vo xatimizga yo’l qurilish idorasi hech qanday javob bo’lmadi.
Suddan javobgardan TMI foydasiga 1 mln. sum undirish haqida qaror chiqarishni va ish yuzasidan bo’ladigan chiqimni javobgar zimmasiga yuklatishni so’raymiz.
Dostları ilə paylaş: |