Xakerlar
, boshqa kompyuter qaroqchilaridan farqli holda, ba’zida, oldindan.
maqtanish maqsadida kompyuter egalariga ulaming tizimiga ki-rish niyatlari borligini
bildirib qo'yadilar. Muvaffaqiyatlari xususida Internet saytlarida xabar beradilar.
Bunda xaker musobaqalashuv niyatida kirgan kompyuterlariga zarar yetkazmaydi.
Krakerlar
(cracker) — elektron "o‘g ‘rilar" manfaat maqsadida dasturlami
buzishga ixtisoslashganlar.
Buning uchun
ular Internet tarm og'i
bo‘yicha
tarqatiluvchi buzishning tayyor dasturlaridan foydalanadilar.
Kompyuter qaroqchilari
— raqobat qiluvchi firmalar va xatto ajnabiy maxsus
xizmatlari buyurtmasi bo‘yicha axborotni o ‘g ‘irlovchi firma va kompaniyalaming
yuqori malakali mutaxassislari. Undan tashqari ular begona bank schetidan pul
mablag‘larini o ‘g ‘irlash bilan ham shug‘ullanadilar.
Ba’zi "mutaxassislar" jiddiy guruh tashkil qiladilar, chunki bunday kriminal
biznes o ‘ta daromadlidir. Bu esa tez orada, "virtual" jinoyatning zarari jinoyat
biznesining an ’anaviy xilidagi zarardan bir tartibga (agar ko‘p boMmasa) oshishiga
sabab bo‘ladi. Hozircha bunday tahdidni betaraflashtirishning samarali usullari
mavjud emas.
Dostları ilə paylaş: