1.KIRISH
Mazkur uslubiy qo’llanma O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta
maxsus
ta’lim vazirligining 2009 yil 14 avgustdagi 286-sonli «Тalabalar mustaqil ishlarini
tashkil etish to’g’risida»gi buyrug’i bilan tasdiqlangan «Тalabalar mustaqil ishini
tashkil etish va nazorat qilish» bo’yicha yo’riqnoma xamda JizPI “Arxitektura va
qurilish” fakulteti Kengashining 2018 yil 28-avgustdagi 1-bayonnomasi
bilan
tasdiqlangan “Lok bo'yoq materiallar texnologiyasi” fani bo’yicha ishchi o’quv
dasturi asosida ishlab chiqilgan.
“Lok bo'yoq materiallar texnologiyasi”
fanidan talabalar mustaqil ishlarini
tashkil etish, nazorat qilish va baxolash bo’yicha
tayyorlangan ushbu uslubiy
ko’rsatma bakalavriat bosqichi “
Devorbop va pardozbop qurilish materiallar
texnologiyasi
” ta’lim mutaxassisligi talabalarining mazkur
fandan mustaqil ishini
tashkil etish va nazorat qilishda foydalanish uchun tavsiya etiladi.
Mustaqil ish talabalarning mustaqil faolligi,
xamda tegishli professor-
o’qituvchilarning nazorati asosida tashkil etilib, o’quv rejada semestr bo’yicha
belgilangan soatlar xajmiga ko’ra amalga oshiriladi. Хususan, bakalavriat bosqichi
«D va PQMT» yo’nalishi uchun “Lok bo'yoq materiallar texnologiyasi”
fani
bo’yicha mustaqil ishlarning umumiy xajmi o’quv rejada 174
soat miqdorida
belgilangan.
Mazkur uslubiy o’llanmada talabalar mustaqil ishlarining asosiy shakllari va
ularning mazmuni, mustaqil ishni amalga oshirishda talaba bajarishi lozim bo’lgan
vazifalar, mustaqil ishni bajarish bo’yicha maslaxatlarni tashkil etish,
ularni
nazorat qilish va baxolash tartibi bayon etilgan.
Dostları ilə paylaş: