O‘quv uslubiy majmua Jizzax politexnika instituti kengashining 2020 yil 20



Yüklə 414,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/77
tarix19.12.2023
ölçüsü414,5 Kb.
#185442
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   77
UMK Lak va boyoq materiallari сканер 1

Mavzuni mustaqil o’zlashtirish.
Fanning xususiyati, talabalarning bilim 
darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi o’quv dasturiga kiritilgan aloxida mavzular 
talabalarga mustaqil ravishda o’zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning 
asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar, 
mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga e’tibor qaratish, asosiy 
adabiyotlar va axborot manbalarini ko’rsatish lozim. 
Тopshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda o’quv 
adabiyotlaridan foydalanib, ushbu mavzuni konspektlashtiradilar, tayanch 
iboralarning moxiyatini anglagan xolda mavzuga taalluqli savollarga javob 
tayyorlaydilar. Mustaqil ravishda kurs ishi(loyixasi) chizmalarini va izox xatini 
bajaradilar. Zarur xollarda (o’zlashtirish qiyin bo’lsa, kurs ishini(loyixasini) 
bajarishda savollar paydo bo’lsa, adabiyotlar yetishmasa, mavzuni tizimli bayon 
eta olmasa va x.k) o’qituvchidan maslaxatlar oladilar. Mustaqil o’zlashtirilgan 
mavzu bo’yicha tayyorlangan chizma va matn o’qituvchiga ximoya qilish orqali 
topshiriladi. 
“Lok bo'yoq materiallar texnologiyasi”
fani bo’yicha mustaqil ishlar 
ko’proq kurs ishi(loyixasi) chizmalari va izox xati(referatlar) qo’rinishida bo’lib 
kelmoqda. Kurs ishi(loyixasi) va uning tushintirish xatlari talabalar ilmiy 
ishlarining birinchi shaklidir. Тalaba tadqiqot faoliyatiga jalb qilinib, ilmiy 
adabiyotlar bilan ishlash, statistik va boshqa materiallarni yig’ish, qayta ishlash va 
taxlil qilish ko’nikmalariga ega bo’ladi, nazariyani amaliyot bilan bog’laydi va x.k.
Тalaba auditoriya oldida mustaqil ishini yoki kurs ishi(loyixasi)ni ximoya 
qilishga, yoqlashga tayyorlanishi kerak, “Shisha va keramik materiallar 
texnologiyasi” fanini o’rganishda bu muxim axamiyatga ega.
Referat, kurs ish(loyixa)larini bajarish
- bu talabalar mustaqil ishlarining 
samarali shakllaridan biridir. Mazkur shakl talaba tomonidan izox xati mavzulari 
bo’yicha unda yoritiladigan masalalar mazmunini oldindan rejalashtirish, izox 
xatini tayyorlash va kurs ishi(loyixasi)ni bajarishning barcha bosqichlarida kafedra 
professor-o’qituvchilarining tashkiliy-uslubiy yordami va maslaxati asosidagina 
samarali amalga oshishi mumkin. Bu yerda o’qituvchi tomonidan talabalarning 


kurs(loyixa) ishlariga raxbarlik qilish qanchalik batafsil va malakali amalga 
oshirilganligi va ularga talablar mezoni qanchalik to’g’ri qo’yilganligi albatta, xal 
qiluvchi axamiyatga ega. Тopshiriq talabalarning referat yozish ko’nikmalarini, 
ilmiy qiziqishlari va bilim darajasini xisobga olgan xolda berilishi juda muxim.

Yüklə 414,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin