O‘quv uslubiy majmua Jizzax politexnika instituti kengashining 2020 yil 20



Yüklə 414,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/77
tarix19.12.2023
ölçüsü414,5 Kb.
#185442
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   77
UMK Lak va boyoq materiallari сканер 1

Ko’rgazmali vositalar tayyorlash.
Тalabaga muayyan mavzuni bayon 
qilish va yaxshiroq o’zlashtirish uchun yordam beradigan ko’rgazmali materiallar 
tayyorlash vazifasi topshiriladi. Mavzu o’qituvchi tomonidan aniqlanib, talabaga 
ma’lum ko’rsatmalar, yo’l-yo’riqlar beriladi. Ko’rgazmali vositalarning miqdori
shakli va mazmuni talaba tomonidan mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir 
mavzu bo’yicha bir necha talabaga yoki talabalar guruxiga topshirish xam 
mumkin. 
Mavzu bo’yicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash.
Тalabaga mustaqil ish sifatida muayyan mavzu bo’yicha testlar, qiyinchilik 
darajasi xar xil bo’lgan masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos bo’ladigan 
savollar tuzish vazifasi topshiriladi.
Bunda o’qituvchi tomonidan talabaga testga qo’yiladigan talablar va uni 
tuzish qonun-qoidalari, qanday maqsad ko’zda tutilayotganligi, muammoli savollar 
tuzishda mavzuning munozarali jixatlarini qanday ajratish lozimligi, topshiriqlarni 
tuzish usullari bo’yicha yo’l-yo’riq beriladi. 
Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash. 
Тalabaga biron-bir 
mavzu bo’yicha (mavzuni talabaning o’zi xam tanlashi mumkin) ilmiy maqola
tezis yoki ma’ruza tayyorlash topshirilishi mumkin. Bunda talaba o’quv 
adabiyotlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar, maqola va monografiyalar 
xamda boshqa axborot manbalaridan mavzuga tegishli materiallar to’playdi va 
bular asosida ilmiy maqola va ma’ruza tezislari tayyorlaydi.
Тalabalarning ilmiy-nazariy konferensiyalari
xam talabalar mustaqil 
ishlarining shakllaridan biridir. Kafedra professor-o’qituvchilari talabalar ilmiy-
nazariy konferensiyasini tashkil etish orqali o’z ishini guruxning kasbiy 
yo’naltirilganligini, a’zolarining yosh tarkibini, qiziqishlarini xisobga olib
tabaqalashgan xolda tashkil qilishi kerak. Faqat shu xoldagina talabalarning 
konferensiyani o’tkazishda faol ishtiroki va manfaatdorligi ta’minlanadi. 
Тalabalarning ilmiy-nazariy konferensiyalarini bosqichma-bosqich o’tkazish 
maqsadga muvofiqdir. Qurilish materiallari va buyumlari fani bo’yicha 
talabalarning ilmiy-nazariy konferensiyalarini quyidagi bosqichlarda amalga 
oshirish maqsadga muvofiqdir: 
1-bosqich – fan o’qitilayotgan barcha o’quv guruxlarida konferensiyalarni 
o’tkazish; 
2-bosqich – xar bir guruxda tanlab olingan talabalarning eng yaxshi 
ma’ruzalarini fakultet va fakultetlararo konferensiyaga taqdim etish va o’tkazish;


3-bosqich – fakultetlararo konferensiyada tanlab olingan eng yaxshi 
ma’ruzalarni umuminstitut ilmiy-nazariy konferensiyasiga taqdim etish.
Butun guruxlar uchun yagona bo’lgan konferensiya mavzusini tasdiqlab, 
talabalarning ma’ruza va chiqishlarini guruxlarning qiziqishlariga qarab 
ixtisoslashtirish mumkin.

Yüklə 414,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin